Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KAM TA’MINLANGAN OILALARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI
Nishanova Zamira Abdurashidovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kam ta’minlangan oilalarning psixologik salomatligi va ijtimoiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Ijtimoiy tengsizlik sharoitida yashayotgan oilalarning psixologik muammolariga e’tibor qaratilib, ularni bartaraf etishda psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, amaliy tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar misolida xizmat ko‘rsatishning samarali usullari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: psixologik xizmat, kam ta’minlangan oilalar, stress, emotsional barqarorlik, ijtimoiy yordam, oilaviy muhit. Bugungi kunda jamiyatda mavjud iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklar natijasida kam ta’minlangan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning moddiy qiyinchiliklari ularning psixologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Stress, xavotir, tushkunlik va umidsizlik hissi bunday oilalar a’zolari, ayniqsa bolalar va onalarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, psixologik xizmatlar aynan mana shu qatlam uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlar ichida oila eng qadimiy va eng barqaror tizimlardan biri sanaladi. Insoniyat tarixida sodir bo‘lgan turli davrlar, ijtimoiy inqiloblar, madaniy va siyosiy o‘zgarishlar, xususan XIX va XX asrlarda yuz bergan global o‘zgarishlar va islohotlarga qaramay, oila o‘z mohiyatini, ichki tuzilmasini hamda jamiyat oldidagi mas’uliyatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan noyob tuzilmadir. Oilaning barqarorligi, eng avvalo, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, tuyg‘ular, hissiyotlar va o‘zaro hurmatga asoslanadi. Shu boisdan ham oilani faqat ijtimoiy institut sifatida emas, balki psixologik jarayonlar mujassamlashgan muhit sifatida ham baholash mumkin. Oila har bir jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, u millat va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va axloqiy rivojida beqiyos rol o‘ynaydi. Hech bir xalq yoki davlat topilmaydiki, u o‘z taraqqiyot yo‘lida oilaviy qadriyatlarni inobatga olmagan bo‘lsa. Taraqqiyot, barqarorlik va istiqbol haqida fikr yuritishda oilaning tutgan o‘rni, uning manfaatlari va ehtiyojlari alohida e’tibor talab qiladi. Chunki har bir jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy munosabatlar, mustahkam axloqiy me’yorlar va barqaror rivojlanish aynan oiladan boshlanadi. https://scientific-jl.com 8 5 66-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Oila har bir inson hayotining boshlang‘ich nuqtasidir. U inson hayotida eng muhim qadriyatlarni shakllantiruvchi birinchi ijtimoiy maktabdir. Aynan oilada inson mehr-muhabbat, hurmat, sabr-toqat, fidoyilik kabi hislatlarni o‘zlashtiradi va o‘zining jamiyatdagi tutgan o‘rniga yo‘l oladi. Har bir insonning baxti, ruhiy barqarorligi va ijtimoiy faolligi ko‘p jihatdan uning oilaviy muhiti, o‘z uyidagi osoyishtalik va mehrga bog‘liq. O‘z uyida tinchlik, muhabbat va baxtni his etgan shaxs jamiyatda ham faol, ijodkor va baxtli bo‘la oladi. Ya’ni, oila – bu nafaqat ijtimoiy institut, balki insoniyat madaniyati va ma’naviyatining asosi, jamiyat barqarorligining kafolati hamdir. Har qanday sog‘lom va taraqqiy topgan jamiyatning zamirida mustahkam oilalar, o‘zaro hurmat va mehrga asoslangan munosabatlar mujassam bo‘ladi. Kam ta’minlanganlik nafaqat moddiy ehtiyojlar bilan bog‘liq, balki u insonning ichki holati — o‘ziga ishonch, kelajakka bo‘lgan umid, ijtimoiy maqom kabi ko‘plab ruhiy jihatlarga ham taalluqlidir. Bunday oilalarda: Ruhiy zo‘riqish holatlari yuqori bo‘ladi; Bolalarda o‘ziga past baho, uyatchanlik va tajovuzkorlik ko‘zga tashlanadi; Ota-onalar o‘z muammolari bilan band bo‘lgani sababli bolalarning hissiy ehtiyojlari ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Kam ta'minlangan oilalarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: Individual psixologik maslahatlar (ota-onalar va bolalar uchun); Guruhli terapiyalar (ayollar, yoshlar yoki ota-onalar uchun); Emotsional qo‘llab-quvvatlash markazlari; Ijtimoiy xizmatlar bilan integratsiyalashgan psixologik dasturlar. Psixologik xizmatlar orqali oilalarga stress bilan kurashish, muammolarni hal qilish ko‘nikmalari, bolalarni tarbiyalashda sog‘lom yondashuvlar singdiriladi. Bu esa ijtimoiy moslashuvni yengillashtiradi. Bundan tashqari, psixologlarning yordami bu oilalarning ijtimoiy farovonligini tiklash va mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. 1. Emotsional tayanch va ruhiy qo‘llab-quvvatlash. Psixologlar kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga o‘z his-tuyg‘ularini to‘g‘ri anglash va sog‘lom yo‘llar bilan ifoda etishni o‘rgatadilar. Ular insonlarning ichki dunyosini eshitish, tushunish va ularni qabul qilish orqali ruhiy yengillik hosil qilishlariga ko‘maklashadilar. Bu esa depressiya, xavotir, umidsizlik kabi salbiy holatlarni kamaytiradi va ijobiy fikrlashni shakllantiradi. 2. Muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqish. Har bir oila turlicha muammolarga duch keladi: o‘zaro tushunmovchilik, farzandlar tarbiyasi, moliyaviy inqirozlar. Psixologlar oilalarga b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kam ta’minlangan oilalarning psixologik salomatligi va ijtimoiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kam ta’minlangan oilalarning psixologik salomatligi va ijtimoiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsional barqarorlik, stress, Kalit so‘zlar: psixologik xizmat, ijtimoiy yordam, oilaviy muhit., kam ta’minlangan oilalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024