К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ YOLG‘IZ YASHOVCHI HAMDA YOLG‘IZ KEKSALARNING PSIXOLOGIK HOLATI VA ULARNI PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH

PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH · Tursunova Nargiza Muxsinovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yolg‘iz yashovchi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalarning psixologik holati, ularning ehtiyojlari va ularni qo‘llab- quvvatlash mexanizmlari yoritilgan. Maqolada keksa yoshdagi insonlarning ruhiy salomatligi, yolg‘izlik hissi, ijtimoiy izolyatsiya, xavotir va depressiya kabi holatlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, ularni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali yondashuvlar va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: yolg‘iz keksalar, psixologik holat, ruhiy salomatlik, psixologik yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash Zamonaviy jamiyatda demografik o‘zgarishlar va urbanizatsiya natijasida yolg‘iz yashovchi keksalar soni ortib bormoqda. Ayrim keksalar o‘z farzandlaridan uzoqda yashaydilar yoki butunlay qarindosh-urug‘siz qoladilar. Bunday sharoitda ularning psixologik holati, ya’ni ruhiy barqarorligi, ijtimoiy ehtiyojlari va hissiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan zarurati keskin ortadi. Yolg‘izlik, beparvolik va beqarorlik keksalar ruhiyatida salbiy iz qoldiradi. Shunday ekan, ushbu ijtimoiy qatlamni psixologik qo‘llab-quvvatlash dolzarb masala sanaladi. Bu toifadagi insonlarga oid asosiy muammolardan biri – ular to‘g‘risida aniq va tizimli ma’lumotlarning yetarli emasligidir. Bu holat esa ularga ko‘rsatiladigan yordam va xizmatlarni samarali tashkil etishda sezilarli to‘siq bo‘lib qolmoqda. Yolg‘iz keksalar asosan quyidagi muammolar girdobida qolishadi: jismoniy va emotsional yolg‘izlik, salomatlikning yomonlashuvi, xavfsizlikning ta’minlanmasligi, harakat cheklovlari, kundalik uy yumushlarini bajarishda qiyinchiliklar, to‘g‘ri ovqatlanmaslik, xotira zaiflashuvi, firibgarlik va suiste’molliklarga qarshi zaiflik, o‘zini parvarish qilishdagi muammolar hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi mutasaddilar tomonidan parvarish jadvalining noto‘g‘ri shakllantirilishi. O‘z-o‘zini ta’minlashga qodir bo‘lmagan, yolg‘iz yashovchi va o‘zgalar yordamiga muhtoj shaxslar jumlasiga quyidagilar kiradi: yolg‘iz yashovchi pensiya yoshiga yetgan (erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh) fuqarolar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda har qanday sabablarga ko‘ra yaqin qarindoshlarining g‘amxo‘rligisiz qolgan yoshi katta insonlar. https://scientific-jl.com 9 0 66-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Ijtimoiy yordam xizmati bu toifadagi fuqarolarga bir qator xizmat turlarini ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Zaruriy mahsulotlarni yetkazib berish: oziq-ovqat, tibbiy vositalar, sanoat mahsulotlari va boshqa hayotiy zarur mahsulotlarni ularning yashash manziliga yetkazib berish. Uy-ro‘zg‘or ishlarida yordam: kiyim-kechak va uy anjomlarini yuvish, tozalash, ta’mirlash, hamda ularga kimyoviy tozalash xizmatlarini tashkil etish. Tibbiy va texnik yordam: kerakli tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda, xonadonni tozalash va santexnik uskunalarni ta’mirlashda ko‘maklashish. Ijtimoiy aloqa imkoniyatlarini ta’minlash: yaqin qarindoshlar yoki do‘stlar bilan yozishmalar olib borish, zarur bo‘lsa, bir martalik topshiriqlarni bajarishda yordam ko‘rsatish. Bundan tashqari, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish organlari fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ushbu keksalarni aniqlash va ularni rasmiy ro‘yxatga olish, ular uchun zarur hollarda homiylik asosida yordam ko‘rsatish hamda ularni internat uylari yoki ijtimoiy muassasalarga joylashtirishga ko‘maklashish vazifasini ham bajaradilar. Yolg‘iz keksalar ko‘pincha ijtimoiy izolyatsiya, stress, tashvish, depressiya, umidsizlik va yolg‘izlik hissi bilan yuzma-yuz kelishadi. Bu esa ularning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixologlar bu borada muhim rol o‘ynaydi. Ular nafaqat dardini tinglovchi, balki keksalarning ichki dunyosini anglash, ruhiy bosimni yengillashtirish va hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatni qayta shakllantirishda yordam beruvchi mutaxassislar sifatida faoliyat yuritadilar. Psixologik yondashuvda quyidagi terapevtik metodlar keng qo‘llaniladi: Kognitiv-behavioral terapiya: yolg‘iz kishilarning salbiy fikrlarini aniqlab, ularni ijobiy fikrlashga yo‘naltirish orqali ruhiy salomatlikni tiklash; Muloqot terapiyasi: tinglash, suhbat va his-tuyg‘ularni ifoda etish orqali ruhiy bo‘shashuvga erishish; Stressni boshqarish usullari: nafas mashqlari, meditatsiya, vizualizatsiya va psixologik tayanch texnikalari yordamida tashvish va ruhiy bosimni kamaytirish. Bundan tashqari, psixologlar yolg‘iz yashovchi keksalarga ijtimoiy hayotga qaytishda yordam berishi, ularning jamiyat bilan aloqalarini tiklashi, madaniy va ijtimoiy tadbirlarga jalb etilishi orqali ularning o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishlariga ko‘maklashishi lozim. Yolg‘iz keksalar ijtimoiy tizimning eng zaif qatlamlaridan biri bo‘lib, ularning jismoniy va ruhiy salomatligi jamiyat e’tiborining markazida bo‘lishi lozim. Ularning ehtiyojlariga mos ijtimoiy va psixologik xizmatlarni samarali tashkil etish, h

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yolg‘iz yashovchi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalarning psixologik holati, ularning ehtiyojlari va ularni qo‘llab- quvvatlash mexanizmlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yolg‘iz yashovchi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalarning psixologik holati, ularning ehtiyojlari va ularni qo‘llab- quvvatlash mexanizmlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik yordam, psixologik holat, ruhiy salomatlik, Kalit so‘zlar: yolg‘iz keksalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники