К содержанию
РецензированоUZ2026

AN’ANAVIY TA’LIM VA SINERGETIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TALABI

YONDASHUVLAR TALABI · Ibrohimova Feruza

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada an’anaviy ta’lim tizimi bilan sinergetik yondashuvning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqolada an’anaviy ta’limning afzalliklari va cheklovlari, sinergetika nazariyasining asosiy g‘oyalari hamda ularning ta’lim jarayoniga qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Ta’limdagi murakkablik, o‘zgaruvchanlik va tizimli yondashuv masalalari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: An’anaviy ta’lim, sinergetika, o‘zaro ta’sir, murakkab tizim, innovatsion metodlar, ta’lim transformatsiyasi. Ta’lim insoniyat taraqqiyotining tayanchi, jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantiruvchi muhim omillardandir. Bugungi kunda global o‘zgarishlar fonida ta’lim tizimi ham izchil rivojlanmoqda, bu esa an’anaviy ta’lim modellari va yondashuvlariga yangicha nazar bilan qarashni taqozo etmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda sinergetik yondashuv konsepsiyasi ta’lim tizimini transformatsiya qilishda muhim nazariy va amaliy asos sifatida ko‘rilmoqda. An’anaviy ta’lim tizimining eng asosiy yutuqlaridan biri – bu bilimlarni puxta, aniq va sifatli tarzda o‘quvchiga yetkazib berish imkoniyatidir. Ayniqsa, ta’lim jarayonida bevosita o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi jonli muloqot hamda yuzma- yuz o‘zaro aloqa ta’lim samaradorligini oshiradi. Bu esa o‘rganilayotgan mavzuning chuqurroq esda qolishiga, tushunchalarning ongda mustahkam o‘rnashishiga olib keladi. Bundan tashqari, an’anaviy ta’lim muhitida o‘quvchilar o‘zaro fikr almashish, bahs-munozaralarda faol ishtirok etish, auditoriya oldida o‘z fikrlarini ochiq va ravon ifoda etishni o‘rganadilar. Bu esa ularning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish, guruhiy ishlarda faol bo‘lish, loyihaviy faoliyatda qatnashish va yangi bilimlarni hayotiy muloqot jarayonida o‘zlashtirish imkonini beradi. Shunga qaramay, an’anaviy ta’lim tizimi ham ayrim kamchiliklarga ega. Jumladan, bu tizim ko‘pincha “xotira maktabi” kabi ishlaydi – ya’ni, o‘quvchilar berilgan ma’lumotlarni yodlab olishga intiladilar, ammo bu bilimni chuqur anglash, tahlil qilish yoki mustaqil tarzda izlanish orqali o‘zlashtirishga yetarlicha e’tibor qaratilmaydi. Natijada o‘quvchining mustaqil fikrlash va tadqiqot olib borish salohiyati yetarlicha rivojlanmay qoladi. https://scientific-jl.com 1 9 7 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bundan tashqari, an’anaviy ta’lim jarayoni moddiy va moliyaviy jihatdan ham ma’lum darajada talabchan hisoblanadi. Auditoriya, jihozlar, darsliklar, o‘qituvchilarning ish haqi va boshqa tashkiliy xarajatlar ko‘plab resurslarni talab qiladi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun o‘quv to‘lovidan tashqari yo‘l xarajatlari, yashash va ovqatlanish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar ham mavjud. Bu holat, ayniqsa, masofaviy ta’lim bilan solishtirilganda, vaqt va mablag‘ nuqtai nazaridan an’anaviy tizimning murakkabroq ekanligini ko‘rsatadi. Ya’ni, an’anaviy ta’lim — o‘qituvchi markazida tashkil etilgan, rejalashtirilgan va qat’iy tartibga solingan o‘quv jarayonidir. Ushbu tizimda:  Bilimlar tayyor shaklda beriladi;  O‘quvchi passiv ishtirokchidir;  Dars jarayonlari avvaldan belgilangan ssenariy asosida olib boriladi;  Baholash standart asosida amalga oshiriladi. Talaba-yoshlar o‘z-o‘zini boshqaruvchi va o‘z faoliyatini ongli tarzda yo‘naltiruvchi subyekt sifatida shakllanishi uchun o‘quv jarayonida yangi, zamonaviy va samarali uslublarni ishlab chiqish zarur. Bu esa o‘z navbatida, sinergetik tamoyillar – ochiqlik, chiziqli bo‘lmaslik, murakkablik, tasodifiylik kabi xususiyatlarga asoslangan yondashuvlarni amaliyotga tatbiq qilishni talab etadi. Ushbu mexanizmlar nafaqat ta’lim mazmunini boyitadi, balki talaba-yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini jonli, o‘zgaruvchan, interaktiv va hayotga yaqinlashtirilgan tizimga aylantiradi. Sinergetika — bu murakkab, o‘zaro bog‘langan, o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizimlarni o‘rganishga asoslangan ilmiy yo‘nalish bo‘lib, uning yondashuvi ta’lim sohasida, xususan, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida keng imkoniyatlar ochadi. Talabalarni o‘rgatishda va tarbiyalashda sinergetik yondashuv qo‘llanilishi ularning kasbiy shakllanishini tizimli ravishda olib borish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga undash, murakkab holatlarga moslashuvchanlikni rivojlantirish, tanqidiy va refleksiv fikrlashga yo‘naltirish imkonini beradi. Sinergetik model doirasida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida doimiy o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lib, bu ta’lim jarayonining ochiq tizim sifatida shakllanishini ta’minlaydi. Bunday tizimlar ko‘p o‘lchovli, murakkab va oldindan prognoz qilish qiyin bo‘lgan sharoitlarda faoliyat yuritadi. Ayniqsa, bo‘lajak yosh mutaxassislar zamonaviy amaliy va ilmiy faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarga tezkor moslashish, kasbiy harakatchanlik, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbus ko‘rsatish kabi kompetensiyalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, sinergetik yondashuvni oliy ta’lim tizimida qo‘llash nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki talabalar shaxsining r

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada an’anaviy ta’lim tizimi bilan sinergetik yondashuvning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada an’anaviy ta’lim tizimi bilan sinergetik yondashuvning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
murakkab tizim, innovatsion metodlar, o‘zaro ta’sir, ta’lim transformatsiyasi., sinergetika, Kalit so‘zlar: An’anaviy ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники