К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILI O’RGANAYOTGAN O’QUVCHILARDA LEKSIK BOYLIKNI OSHIRISHDA METODIK YONDASHUVLAR VA TUSHUNCHALAR

Namangan Davlat Chet tillari · Azimova Mohinur Murodjon qizi (Instituti magistr talabasi) · Saydaliyeva M.A. Namangan Davlat (Instituti magistr talabasi)

Образовательные инновации и интеграция · 68-73 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada asosan Ingliz tilini o’rganayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilari va maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarda til ko’nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik tahlil ko’rsatmalar berilgan. Til o’rganayotgan o’quvchilarning o’rganish darajasi leksik, didaktik, metodik, psixologik jihatdan ham o’rganish ko’nikmasi o’rganib chiqilgan. Maktabgacha va boshlang’ich sinf o’quvchilarini leksik til ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ko’rsatilgan. Kalit so’zlar: leksika, til ko’nikmalari, didaktik yondashuv, pedagogik strategiyalar, til ko’nikmasi, pedagogik mahorat, kommunikativ yondashuv. Bolalarda til ko’nikmalarini rivojlantirish ularning shunchaki biror tilni o’rgatishga yoki qaytarib yod oldirishga emas balki ularning fikrlashi va dunyo qarashidagi o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Til o’rganish jarayoni sababli bolalarning aqliy intelluktual jihatdan ham o’quvchilar bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi. O’quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish ularga til o’rganishga bo’lgan ishtiyoqlarini oshirishlari davomida o’z samarasini beradi. “ Insonninng har qanday faoliyati, jumladan nutqiy faoliyat ham, tuzilishiga ko’ra undovchi (motivatsion), yo’llovchi va ijro qismlardan iboratdir[1]. Masalan: biror narsani o’rganib bo’lib uni qo’llashga va yana yangisini o’rganishga qaratilgan faoliyatni Undovchi (mativatsion) deb olsak, uni amalda qo’llab suhbat davomida qo’llashga urunishimiz, qo’llashimiz ijrochi qismlar hisobladi. Jarayonning amaldagi isboti esa nutqiy faoliyatda ko’rinadi. Bu uchun avvalambor nutqiy faoliyatni rivojlantirishimiz eng asosiy jihatlardan biri bo’ladi. Nutqiy faoliyatni rivojlantirish 1 Saydaliyeva M. A. Namangan Davlat Universiteti Respublika Ilmiy-Texnik Anjumani. Chet til ta’limiga innovatsion yondashuv tamoyillari va ilmiy-amaliy tarjima muammolari. “Ingliz tilini o’qitishda o’gzaki nutq kompetensiyasini shakllantirish jarayonining amaldagi holati tahlil”.2023.p.68-73 https://scientific-jl.com 1 6 9 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi o’quvchilarga o’z ona tillarida ham o’rganayotgan xorijiy ikkinchi yoki undan ortiq boshqa tillarida ham samararali hisoblanadi. O’quvchilarning nutqiy qobiliyatlarini shakllantirish uchun avvalambor ularning yosh xususiyati jihatdan psixologik tomonlama o’ylab tahlil qilish kerak. O’quvchilarni o’rganishi uchun jalb qilish maqsadida rasmli flashkardlardan, zanjir o’yinlardan foydalanishimiz mumkin yoki bolalarning o’z qiziqishlariga bog’lagan holda ham dars jarayonlari tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilarning yoshga doir psixik xususiyatlarini tahlil etish orqaligina ularning til o’rganish qobiliyatlarini bilib olish ehtimolimiz oshadi. Bu borada o’rganishlarga nazar tashlasak, O’quvchilarning til o’rganish jarayonida yoshga doir bahs va munozaralar juda ham ko’plab topiladi. Ko’pchilik xorijiy mutaxasislar chet tilga doir ko’nikma va malakalarni 6-8 yoshdan keyin, ona tili va ikkinchi til to’liq shakllandan so’ng o’rgatish kerak, deb hisoblaydilar, aks holda ularning fikricha birinchi til, ya’ni ona tilining rivojlanishi sekinlashadi yoki o’z joyida qotib qolishi mumkin[2]. Yosh jihatini hisobga olgan holda til o’rganish jarayonida o’quvchilardan va o’qituvchilardan ham alohida e’tibor talab qilinadi. O’quvchilarning o’rganish jarayoni o’qituvchisining pedagogik mahoratiga bilan uzviy bog’liq holda yaxlit bir jarayonni tashkil etadi. Jarayon mobaynida o’quvchidan talab qilinadigan asosiy omillardan hisobga olsak ular psixologik, didaktik va kommunikativ yondashuvlardir. Psixologik yondashuvda o’qituvchining ichki holati, uning o’rganishga bo’lgan ishtiyoqi, eslab qolish darajasi, diqqatni jamlay olish ko’nikmalariga mos holda bo’lishi maqsadga mos bo’ladi. Didaktik ya’ni o’rgatish va o’qitish jarayoni. Didaktika o’qitish nazariyasi hisoblandi. Uning asosi esa soddadan murakkablik tomon bosqichma-bosqich davom etishi hisobida til materiali mazmuniy bo’limlarga ajratiladi. Har bir bosqich bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish esa didaktikaning asosiy talabidir. Kommunikativ yondashuvda o’quvchilar nutq faoliyatining ishtirokchisi bo’lib, uni grammatik qoidalarni va ko’nikmalarni yodlabgina qolmay uni amalda qo’llay olish real vaziatlarda muloqot qilishni o’rganadilar. O’rgatish mobaynida o’quvchilarning bilimlarini shakllantirish uchun o’qituvchidan talab qilinadigan asosiy jihatlarni hisobga oladigan bo’lsak u o’qituvchining fan dasturi undagi maqsad va vazifalarining belgilaganlik darajasi aks etgan holda o’quvchilar guruhining yoshi, o’rganish salaohiyatiga qarab har biriga ishlab chiqilgan metodikasi bo’lishi kerak. Ayniqsa maktab o’quvchilari o’rtasida dars jarayonini tashkil etish davomida o’qituvchidan alohida ehtiyoji bo’lgan bolalar ishtirok etishi mumkin bo’lgan darslarda yanada qo’shimcha mahorat talab qilinadi. Bu kabi bolalarda tengdoshlariga qaraganda ba’zan davolanishlari sabili yoki shu kabi muammolari natijasida dars

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada asosan Ingliz tilini o’rganayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilari va maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarda til ko’nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik tahlil ko’rsatmalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada asosan Ingliz tilini o’rganayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilari va maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarda til ko’nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik tahlil ko’rsatmalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunikativ yondashuv., pedagogik mahorat, Kalit so’zlar: leksika, pedagogik strategiyalar, til ko’nikmasi, didaktik yondashuv, til ko’nikmalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники