ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavfxatarlarni bartarf etish mehanizmlarini takomillashtirish masalalari
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI · Orazbayev Alibek Muxtor o‘g‘li · Ilmiy rahbari: Omarova Gavhar Sadikovna.
Вопросы совершенствования механизмов противодействия коррупционным рискам в сфере государственного управления · 2026
Аннотация
Hayotda albatta, har birimiz ertami-kechmi nohaqlikka, adolatsizlikka to‘qnash kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Aytaylik, puxta bilimga ega o‘quvchining institutga kirolmasligi yoki sudyaning pora evaziga gunohkorni oqlab, begunohni qoralashi kabi nohaqliklaru bedodliklar hayotda juda uchraydigan hodisalardir hisoblanadi. Ushbu maqolani yozishimdan maqsad korrupsiya tushunchasi, mazkur tizimdagi jinoyatlarning ob’yektiv va sub’yektiv belgilari, xalqaro miqyosdagi huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaviy normalarning standartlari hamda mazkur turdagi jinoyatlarga oid xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada korrupsiyaviy jinoyatlarga oid amaldagi milliy qonunchilik muammolari va ularni takomillashtirish masalalari ko‘rsatilgan. Bundan tashqari mazkur maqolada xalqaro huquqiy hujjatlar, xorijiy davlatlardagi korrupsiyaviy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish istiqbollari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: davlat boshqaruv organlari, korrupsiya, komplaens- nazorat, mansabdor shaxs, davlat ishtirokidagi tashkilot, jinoyatlar haqidagi ma’lumotlar bazasi. Hammamizga ma’lumki, ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri bu davlat boshqaruvi sanaladi. Davlat boshqaruvi faoliyati davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirirladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat. * O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlagani. 149 Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mehanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Davlat boshqaruv organlari – qonun bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funksiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta’minlangan va belgilangan tartibda ish ko’ruvchi fuqarolar guruhidir. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirishda. 1. Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi. 2. Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin: – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda ro‘yobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini ta’minlash; – tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta’minlash; – mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish; – insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish; – tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; – soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish; asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat edi. Bu vazifalarni amalga oshirish jaryonida mansabdor shaxslar o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonundan xilof ravishda foydalanishi xolatlari yo’q emas, shunday xolatlarnig oldin olish, uni bartarf uchun mamlakatimizda keng miqyosda kurash olib borilmoqda. Shu o’rinda korrupsiya tushinchasiga va uning tarixiy ildizga to’xtalib o’tadishimiz kerak. 150 Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mehanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Korrupsiya (lot. Corrumpere – buzmoq) termini odatda mansabdor shaхslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaхsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravis
Доказательный фрагмент
«Hayotda albatta, har birimiz ertami-kechmi nohaqlikka, adolatsizlikka to‘qnash kelishimiz ehtimoldan xoli emas.»
Образец извлечения
Демо-превьюHayotda albatta, har birimiz ertami-kechmi nohaqlikka, adolatsizlikka to‘qnash kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- komplaensnazorat, davlat ishtirokidagi tashkilot, об органах государственного управления, должностное лицо, комплаенс-контроль, korrupsiya, mansabdor shaxs, compliance control, organization with state participation, crimes database, about state management bodies, corruption, коррупция, организация с государственным участием, official, jinoyatlar haqidagi ma’lumotlar bazasi, преступления база данных, davlat boshqaruv organlari
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
The American Journal of Political Science Law and CriminologyPAGE NO. -, Atajanov Azizbek Abdimalikovich +12025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙХожаярова Нилуфар Немат кизи,2025