Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADID MATBUOTINING MILLIY MATBUOT SIFATIDA SHAKLLANISHI
Ziyodov Husniddin Isomiddin oʻgʻli
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada jadidchilar tashkil etgan maktablarning Yangi Oʻzbekistonning madaniy-maʼrifiy hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Ushbu maktablarning o‘z davridagi innovatsion pedagogik yondashuvlari, milliy uyg‘onish g‘oyalarini rivojlantirishdagi roli hamda zamonaviy taʼlim tizimi uchun ilhom manbai sifatida xizmat qilishi ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: jadidchilik, yangi maktab, madaniy-maʼrifiy rivojlanish, milliy uyg‘onish, O‘zbekiston, ta’lim tizimi, innovatsion pedagogika. Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘zbekiston ijtimoiy- madaniy hayotida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi xalqning savodxonligini oshirish, ma’rifat va zamonaviy fanlarni keng joriy qilish orqali jamiyatni qoloqlikdan olib chiqish edi. O‘sha davrda anʼanaviy madrasalar ko‘proq diniy ta’lim berishga qaratilgan bo‘lib, dunyoviy bilimlarga kam eʼtibor qaratilar edi. Natijada jadidlar yangi maktablar orqali taʼlim tizimini modernizatsiya qilishni asosiy vazifa sifatida belgilab oldilar. Bu maktablar nafaqat o‘quv jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llagan, balki milliy uyg‘onish g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi ilmiy-maʼrifiy markazlar sifatida xizmat qilgan. Ular milliy til va madaniyatni rivojlantirishni o‘z faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb bilganlar. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning taʼlim https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 89 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tizimida jadid maktablarining innovatsion yondashuvlari, ilg‘or pedagogik qarashlari va milliy-maʼnaviy merosi chuqur o‘rin egallamoqda. Shu sababli jadidlar asos solgan taʼlim tizimini o‘rganish va qadrlash nafaqat tarixiy ahamiyatga, balki zamonaviy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega.[1] Jadidchilik harakati doirasida tashkil etilgan maktablar o‘z davri uchun mutlaqo yangi ta’lim tizimini ifoda etgan bo‘lib, ularning asosiy xususiyati anʼanaviy va zamonaviy taʼlim o‘rtasidagi integratsiyani amalga oshirish edi. Bu maktablar pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni joriy qilib, o‘quvchilarni nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar bilan ham qurollantirishga qaratilgan edi. Yangi usul maktablarining eng muhim jihatlaridan biri ta’lim jarayoniga o‘zgarishlarni kiritish edi. Anʼanaviy madrasalardan farqli o‘laroq, bu maktablarda matematika, geografiya, tarix, biologiya kabi dunyoviy fanlarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, matematika va geografiya fanlarini o‘qitish orqali o‘quvchilarda dunyoqarashni kengaytirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga katta eʼtibor berilgan. Shu bilan birga, jadidlar yangi alifbo joriy qilish orqali savodxonlikni oshirishga erishganlar. Bu o‘zgarishlar o‘quv jarayonini yanada qulay va samarali qilib, zamonaviy bilimlarni tezroq o‘zlashtirishga imkon yaratgan.[2] Bundan tashqari, jadid maktablarining yana bir muhim xususiyati ularning tarbiyaviy vazifalarida namoyon bo‘ldi. Ushbu maktablarda milliy uyg‘onish g‘oyalari, vatanparvarlik tuyg‘ulari va ijtimoiy adolatga intilish targ‘ib qilindi. O‘quvchilar nafaqat ilm-fan sohasida, balki ijtimoiy jihatdan ham faol bo‘lishga da’vat etilgan. Jadidlarning fikricha, xalqni qoloqlikdan olib chiqish va jamiyatni rivojlantirish uchun milliy o‘zlikni anglash hamda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish juda muhim edi. Jadid maktablarida zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanilganligi tufayli o‘quvchilar o‘quv jarayonida faol qatnashib, o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga o‘rgatilgan. Bu esa yosh avlodning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirgan va ularni kelajakda jamiyat uchun foydali shaxslar sifatida https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 90 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 shakllantirgan. Shu jihatdan, jadid maktablari nafaqat o‘quvchilar uchun, balki butun jamiyat uchun ma’naviy-maʼrifiy islohotlar o‘chog‘i sifatida xizmat qilgan.[3] Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida jadidlar qoldirgan merosning izlari yaqqol seziladi. Zamonaviy maktablarda foydalanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, o‘qitishning interaktiv usullari va milliy qadriyatlarga asoslangan yondashuv jadidchilik g‘oyalari davomidir. Ayni paytda jadidlarning ta’limni universallashtirish va har bir kishiga teng imkoniyat yaratish g‘oyalari ham zamonaviy ta’lim siyosatining asosini tashkil etmoqda. Bu esa jadid maktablarining Yangi O‘zbekistonning madaniy- maʼrifiy hayotidagi o‘rni naqadar muhim ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Jadidchilik harakatining taʼlim tizimiga kiritgan o‘zgarishlari nafaqat o‘quv dasturlarida, balki maktablar tashkiliy tuzilmasida ham o‘z aksini topdi. Jadidlar o‘z maktablarini faqat ilm olish maskanlari deb emas, balki ijtimoiy yangilanishning markazlari sifatida ko‘rishgan. Ular taʼlim jarayonini o‘zgarishlarga uchratish orqali milliy taraqqiyotning boshlanishini ko‘rganlar. Bunda alohida ahamiyat berilgan jihatlardan biri o‘quvchilarda o‘z shaxsini anglash va dunyoqarashni shakllantirishga yo‘nal
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada jadidchilar tashkil etgan maktablarning Yangi Oʻzbekistonning madaniy-maʼrifiy hayotiga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada jadidchilar tashkil etgan maktablarning Yangi Oʻzbekistonning madaniy-maʼrifiy hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkiston, ma’rifat., milliy ong, Kalit so‘zlar: Jadid matbuoti, islohotlar, milliy matbuot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024