Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EEF2 NING SARATON RIVOJLANISHIDAGI ROLINI TAVSIFLASH
Mirzayeva Nilufar Farhod qizi · Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada eEF2 oqsilining translyatsiya jarayonidagi ahamiyati va saraton rivojlanishiga ta’siri bayon etildi. eEF2 ning haddan tashqari faolligi hujayra sikli buzilishiga olib kelib, o‘sma hujayralarining proliferatsiyasi va invaziyasini kuchaytiradi. Turli saraton turlaridagi ilmiy tadqiqotlar asosida eEF2 omili saraton terapiyasida yangi nishon sifatida baholandi. Bu maqola eEF2 ning oqsil sintezidagi asosiy funksiyasini tahlil qilish va uning saraton rivojlanishidagi o‘rnini aniqlash mexanizmlarini ko‘rib chiqadi. Kalit so‘zlar: eEF2, Translyatsiya, elongatsiya, saraton, oqsil sintezi, GTPaz, hujayra sikli. Translyatsiya— bu hujayralarning o‘z hayot faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan oqsillarni sintezlash jarayoni. Oqsil sintezining bu bosqichi ribosomalarda amalga oshadi va uchta bosqichni qamrab oladi. Translyatsiyaning dastlabki bosqichi- initsiatsiya deb ataladi. Bu bosqichda ribosoma, i-RNK va metioninni bog‘lagan t-RNK dan iborat kompleks shakllanishi lozim. Ikkinchi bosqich - elongatsiyada esa ribosoma i-RNK molekulasidagi triplet kodlarni birin ketin taniydi va har bir kodon uchun mos aminokislotalar sintezlanayotgan polipeptid zanjirga peptid bog’ orqali bog’lanishi ta’minlanadi. Ya’ni polipeptid zanjirning cho’zilish jarayoni sodir bo’ladi. Oqsil biosintezining so’nggi bosqichi - terminatsiya jarayonida esa polipeptid zanjir sintezi yakunlanadi va yangi polipeptid zanjir molekulasi postranslatsion jarayonlarga yo’naltiriladi. Translyatsiyaning elongatsiya bosqichida ishtirok etuvchi muhim omillardan bir bu - eukaryotik elongatsiya omili 2 (eEF2 – eukaryotic elongation factor 2) hisoblanadi [3]. eEF2 guanozin trifosfataza (GTPaz) oilasiga kiruvchi oqsil hisoblanib, uning GTP (guanozin trifosfat) bilan bog’lanishi elongatsiya jarayoni faollashtiradi. Oqsil sintezi davomida, eEF2 aminotsil-tRNKni ribosomaning A (aminoatsil) saytidan P (peptidil) saytiga translokatsiya qilishini katalizlaydi. Ya’ni, ribosoma oqsil sintezini olib borayotgan vaqtda har bir yangi aminokislotani bog’lash uchun mRNK ustida harakat qiladi. Har safar yangi peptt-RNK A saytga kelganida ilgari kelgan peptidil-tRNK ni P joyiga surish kerak bo’ladi. Bu translokatsiya harakatini aynan https://scientific-jl.com 5 9 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi eEF2 boshqaradi. Bu harakatni boshqarish jarayonida u GTP ni GDP ga aylantiradi. (GDPaz aktivligiga ega) Elongatsiya jarayonida eEF2 dan tashqari, ko’plab ribosomal oqsillar, transport RNK (tRNK) sintetazalari va boshqa bir qancha omillar ishtirok etadi. Ushbu omillar faoliyatining buzilishi oqsil sinteziga ta’sir ko‘rsatib, saraton kasalligining rivojlanishiga va tarqalishiga turtki bo‘ladi. Noto‘g‘ri tarjima qilingan oqsillar esa onkogen signallarni uzluksiz faollashtiradi, bu jarayon onkogen genlar va saraton rivojlantiruvchi genlar faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi. Ushbu buzilgan muvozanat natijasida saratonning rivojlanishi, metastazlar va dori-darmonlarga chidamlilik xususiyati kuchayadi. Uzoq yillar davomida saraton kasalligining rivojlanishida oqsillar sintezi muhim omil sifatida yetarlicha e’tiborga olinmagan edi. So‘nggi yillarda esa eksperimental texnologiyalarning rivojlanishi tufayli translyatsiya jarayonining amalga oshishi va tartibga solinishi tobora aniqroq o‘rganilib, bu jaryonda ishtirok etuvchi bir qator omillar va ularning funksiyalariga oydinlik kiritildi [3]. Shunday omillardan biri hisoblangan eEF2 ning hujayrada ortiqcha miqdorda sintezlanishi bir qator saraton turlarining, masalan, oshqozon-ichak saratoni, jigar gepatotsellyulyar karsinomasi va o‘pka adenokarsinomasi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. eEF2 ning ortiqcha ekspressiyasi rak hujayralarining tez ko‘payishiga va bemor holatining yomonlashuviga olib keladi [2]. Oshqozon saratoni - oshqozon epitelial hujayralaridan kelib chiqadigan xavfli o‘sma bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab saraton bilan bog‘liq o‘lim holatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning rivojlanishiga genetik mutatsiyalar, atrof- muhit omillari hamda turmush tarziga oid omillar sabab bo‘ladi[4]. So‘nggi bioinformatik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, eEF2 geni oshqozon saratoni to‘qimalarida va hujayralarida normal to‘qimalarga nisbatan yuqori darajada ifodalanadi. Tadqiqotlar eEF2 ning PI3K/Akt/mTOR yo‘li orqali autofagiya (hujayralarni tozalash jarayoni), hujayra migratsiyasi va invaziyasini tartibga solishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatgan. Shuningdek, eEF2 o‘simta immunitetiga ham ta’sir ko‘rsatadi. CIBERSORTx tahlili asosida aniqlanishicha, eEF2 ifodasi o‘simtaga infiltratsiya qiluvchi immun hujayralar bilan bog‘liq. Bu esa eEF2 ni immun tizim bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan, muhim saraton omili sifatida ko‘rsatadi. O‘pka saratoni — umr ko‘rish davomiyligi eng past bo‘lgan, juda agressiv o‘smalardan biri hisoblanadi. NSCLC (kichik hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratoni) uning eng keng tarqalgan shakllaridan bo‘lib, hujayralarning nazoratsiz o‘sish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada eEF2 oqsilining translyatsiya jarayonidagi ahamiyati va saraton rivojlanishiga ta’siri bayon etildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada eEF2 oqsilining translyatsiya jarayonidagi ahamiyati va saraton rivojlanishiga ta’siri bayon etildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: eEF2, hujayra sikli., GTPaz, oqsil sintezi, saraton, elongatsiya, Translyatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014