К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON HUDUDIDA SAKLAR MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA ARXEOLOGIK MANBALARI

Kenjayev Bektash Davronbek o'g'li · Abu Rayhon Beruniy nomidagi · Surxondaryo viloyatidagi Dalverzintepa · Shor-tepa kabi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida qadimgi davrlarda yashagan sak qabilalarining moddiy va nomoddiy madaniyati har tomonlama tahlil etiladi. Saklar miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda shakllangan va o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan etnoslardan biri sanaladi. Tadqiqotda saklar yashagan hududlar, ularning ijtimoiy tuzilmasi, urf-odatlari, diniy qarashlari, harbiy san’ati va arxeologik topilmalarga asoslangan madaniy yodgorliklari o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida topilgan saklarga oid muhim arxeologik manbalar – qabristonlar, ko‘chmanchi xarobalari, bronza buyumlari, tosh va metall qurollar tahlil qilinadi. Ushbu maqola saklarning tarixiy merosi va uning o‘zbek xalqi madaniy shakllanishidagi o‘rnini ilmiy nuqtai nazardan yoritadi. Kalit so‘zlar: Saklar, qadimgi turkiy qabilalar, O‘zbekiston tarixi, arxeologik yodgorliklar, ko‘chmanchi madaniyat, miloddan avvalgi davr, etnogenetik jarayonlar, skif-sak madaniyati O‘zbekiston hududi qadimdan ko‘plab sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lib kelgan. Ushbu hududda miloddan avvalgi davrlarda yashab, boy moddiy va madaniy meros qoldirgan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi xalqlardan biri — saklar hisoblanadi. Saklar (antik manbalarda “skiflar” deb ataladi) miloddan avvalgi VII–III asrlarda Markaziy Osiyo, ayniqsa, Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida faol yashab, o‘ziga xos harbiy-siyosiy tuzum, diniy e’tiqod va ijtimoiy hayot tarziga ega bo‘lgan. Saklar madaniyati turli arxeologik yodgorliklar orqali bizgacha yetib kelgan. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi Dalverzintepa, Qoratepa, Shor-tepa kabi yodgorliklarda olib borilgan qazilmalar natijasida saklarga oid qurollar, tangalar, bezak buyumlari, ko‘chmanchilarga xos uy-joy qoliplari aniqlangan. Shuningdek, ularning diniy qarashlari, san’atga munosabati, dafn marosimlari va ijtimoiy tabaqalanish tizimi arxeologik topilmalar asosida o‘rganilgan. Antik mualliflar — Gerodot, Strabon, Arrian kabi tarixchilarning yozuvlarida saklarning hayoti, urf-odatlari va jangovar salohiyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston arxeologik maktabi olimlari tomonidan so‘nggi yillarda o‘tkazilgan qazilmalar natijalari saklar madaniy merosini yanada chuqurroq https://scientific-jl.com 6 3 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi tahlil qilish imkonini bermoqda. Ushbu maqolada saklar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning O‘zbekiston hududida tutgan o‘rni, boshqa qadimgi xalqlar bilan aloqalari va ularning bugungi o‘zbek xalqi etnogenezidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqotda tarixiy-comparativ tahlil, arxeologik ma’lumotlarni solishtirish va manbashunoslik uslublari asosiy metod sifatida qo‘llanildi. Avvalo, O‘zbekiston hududida topilgan arxeologik topilmalar (qabristonlar, sopol buyumlar, metall qurollar, tangalar va bezaklar) tizimli tarzda o‘rganilib, ular saklar davriga oid boshqa hududlardagi yodgorliklar bilan qiyoslandi. Dalverzintepa, Qoratepa, Shor-tepa kabi yirik arxeologik ob’ektlarda olib borilgan qazilma ishlari, ayniqsa, Surxondaryo viloyatidagi topilmalar asos qilib olindi. Mazkur joylardan topilgan moddi madaniyat unsurlari, masalan, nayza uchlari, bronza qilichlar, hayvon tasvirli bezaklar, marosim idishlari va zardushtiylik izlari bo‘lgan qabrtoshlar orqali saklar hayoti tahlil qilindi. Shuningdek, antik davr mualliflarining (Gerodot, Strabon, Arrian) yozma manbalari, hamda o‘zbek olimlari – Ya.Gulyamov, T.Djabarov, R.Masaliev, A.Hodjayev va boshqalarning ilmiy ishlari o‘rganilib, mavjud tarixiy dalillar bilan solishtirildi. Manba tahlili orqali saklar madaniyatining shakllanish jarayoni, ular yashagan hududlar va ijtimoiy tuzilmalari chuqur o‘rganildi. Shuningdek, arxeologik yodgorliklar joylashgan hududlar kartografik uslubda tahlil qilinib, ularning davriy xronologiyasi aniqlashtirildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston hududi, xususan, Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalaridan boshlab sak qabilalari faoliyat yuritgan asosiy etnomadaniy hududlardan biri bo‘lgan. Arxeologik topilmalar ushbu hududlarda saklarning uzoq muddat yashaganini, ularning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy tizimi, harbiy tashkiloti va diniy e’tiqodlari mavjud bo‘lganini isbotlaydi. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi qazilmalarda topilgan ot tasvirli tangalar, hayvon uslubidagi bezaklar, bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, marosim idishlari va dafn qilish uslublari saklar madaniyatining boyligi va murakkabligidan dalolat beradi. Bu topilmalar saklar jamiyatida harbiy tabaqaning alohida o‘ringa ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayollarning ko‘milgan qabristonlarida qurollar bilan birga bezak buyumlarining topilishi esa sak jamiyatida ayollarning ham ijtimoiy-siyosiy mavqei yuqori bo‘lganini bildiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston arxeologik maktabi olimlari tomoni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida qadimgi davrlarda yashagan sak qabilalarining moddiy va nomoddiy madaniyati har tomonlama tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida qadimgi davrlarda yashagan sak qabilalarining moddiy va nomoddiy madaniyati har tomonlama tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
miloddan avvalgi davr, qadimgi turkiy qabilalar, etnogenetik jarayonlar, ko‘chmanchi madaniyat, Kalit so‘zlar: Saklar, O‘zbekiston tarixi, arxeologik yodgorliklar, skif-sak madaniyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники