К содержанию
РецензированоUZ2025

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR UCHUN RAQAMLI KOMPETENSIYALARNING AHAMIYATI

SCIENCE SHINE · KOMPETENSIYALARNING AHAMIYATI · Gilishtaganova Ogultagan Meretbayevna

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun raqamli kompetensiyalarning ahamiyati yoritib berilgan. Unda raqamli texnologiyalarni o‘qituvchilik faoliyatiga integratsiya qilish, pedagogik jarayonda zamonaviy vositalardan foydalanish, raqamli xavfsizlik va axborot madaniyatiga rioya qilish masalalari keng muhokama qilingan. Muallif raqamli kompetensiyalarni shakllantirishda pedagogik ta’lim muassasalarining roli, amaliy mashg‘ulotlar va onlayn platformalarning o‘rni haqida fikr bildiradi. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va pedagoglarning kasbiy o‘sishiga xizmat qiluvchi omillar yoritilgan. Maqola raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga oid tavsiyalar bilan yakunlanadi. Ключевой слово: zamonaviy ta’lim, raqamli kompetensiya, raqamli xavfsizlik, kiberxavfsizlik, gamifikatsiya. Аннотация: В данной статье освещается значение цифровых компетенций для будущих учителей в контексте современного образовательного процесса. Рассматриваются вопросы интеграции цифровых технологий в педагогическую деятельность, использования современных инструментов в учебном процессе, 215 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 соблюдения принципов цифровой безопасности и информационной культуры. Автор высказывает мнение о роли педагогических вузов в формировании цифровых компетенций, а также о значении практических занятий и онлайн- платформ. Кроме того, в статье раскрываются аспекты повышения эффективности образования с помощью цифровых технологий, усиления мотивации учащихся и содействия профессиональному росту педагогов. Статья завершается рекомендациями по развитию цифровых компетенций. Ключевые слова: современное образование, цифровая компетенция, цифровая безопасность, кибербезопасность, геймификация. Zamonaviy ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ta’lim sohasidagi innovatsiyalar pedagoglardan nafaqat an’anaviy bilim va ko‘nikmalarni, balki zamonaviy raqamli kompetensiyalarni ham egallashni talab qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun raqamli kompetensiyalar nafaqat o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish, balki o‘quvchilarning individual rivojlanishiga moslashgan ta’lim muhitini yaratish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Raqamli kompetensiyalarning asosiy jihatlari: 1. Pedagogik jarayonda raqamli texnologiyalarni qo‘llash. Bo‘lajak o‘qituvchilar turli raqamli vositalar, masalan, interaktiv taxta, onlayn platformalar, virtual laboratoriyalar va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni bilishlari zarur. Bu texnologiyalar darslarni qiziqarli, interaktiv va samarali tashkil etishga yordam beradi. 2. Raqamli resurslardan foydalana olish. O‘qituvchilar onlayn ma’lumotlar bazalari, elektron darsliklar va ta’lim dasturlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Bu esa o‘quvchilarga eng yangi ma’lumotlarni taqdim etish va ta’lim sifatini oshirish imkonini beradi. 3. Ta’limni individuallashtirish va differensiallashtirish. Raqamli vositalar yordamida har bir o‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos ta’lim metodlarini qo‘llash mumkin. Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan tizimlar o‘quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda ularga mos topshiriqlar berish imkonini yaratadi. 4. Raqamli xavfsizlik va axborot madaniyati. Raqamli muhitda ishlash jarayonida bo‘lajak pedagoglar kiberxavfsizlik tamoyillariga rioya qilishlari va o‘quvchilarni ham ushbu qoidalarga o‘rgatishlari kerak. Shu bilan birga, internetda axborot bilan ishlash madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 216 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 5. Onlayn va gibrid ta’lim muhitini yaratish. Raqamli ta’lim texnologiyalari yordamida masofaviy ta’limni tashkil qilish o‘qituvchidan maxsus kompetensiyalarni talab qiladi. Onlayn darslarni samarali tashkil etish, virtual muhitda o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish pedagoglarning raqamli malakalarini rivojlantirishni talab qiladi. Raqamli kompetensiyalarning asosiy tarkibiy qismlariga to‘qtalib o‘tadigan bo‘lsak: Axborot bilan ishlash ko‘nikmalari – ma’lumotlarni izlash, tahlil qilish va saralash; Raqamli kommunikatsiya – o‘quvchilar bilan virtual muhitda samarali muloqot qilish; Innovatsion dars metodlari – interaktiv ta’lim platformalaridan foydalanish; Kiberxavfsizlik – shaxsiy va ta’lim resurslarini himoya qilish; Media savodxonlik – soxta ma’lumotlarni ajratish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish. Raqamli kompetensiya – bu raqamli texnologiyalardan samarali va xavfsiz foydalanish qobiliyatidir. O‘qituvchi internet va raqamli resurslardan samarali foydalanishi, axborotni tekshirish va baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Keraksiz va yolg‘on ma’lumotlarni aniqlash, ishonchli manbalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilar o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa hamkasb

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun raqamli kompetensiyalarning ahamiyati yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun raqamli kompetensiyalarning ahamiyati yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
современное образование, цифровая компетенция
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники