Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI FANINING O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA METODIKALARNI AHAMIYATI
SCIENCE SHINE · Masharipova Malohat Davlatboyevna · Yusupov Muzaffar Toʽxtaboyevich
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article highlights the importance of modern pedagogical technologies and methods in teaching English from scientific, theoretical, and practical perspectives. Foreign experience, the role of modern methods and information and communication tools are analyzed on the basis of examples. The article includes approaches aimed at improving the quality of education and student motivation. Kalit so‘zlar; O‘zbekistonda ta`lim tizimi, qonun ustuvorligi, internet, axborot texnologiyalari, internet saytlari, xorijiy tillarning o`rganish salmog`i, ped texnologiyalar, dars o`tish metodlar va boshqalar Ключевые слова: Система образования в Узбекистане, верховенство закона, интернет, информационные технологии, интернет-сайты, доля изучения 204 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 иностранных языков, педагогические технологии, методы преподавания и другие Key words: The education system in Uzbekistan, the rule of law, the internet, information technologies, websites, the weight of learning foreign languages, pedagogical technologies, teaching methods, etc. Bugungi globallashuv davrida ingliz tili nafaqat xorijiy til, balki xalqaro aloqa, fan, texnologiya va ta’limning asosiy vositasiga aylangan. Shu boisdan ingliz tilini o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu texnologiyalar ta’lim jarayonini samarali, interaktiv va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etishga yordam beradi. Shu o`rinda “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati”ni ochib berishga harakat qilamiz.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – bu o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, kreativ yondashuvni shakllantirish va faol ishtirokni ta’minlovchi uslub va vositalar tizimidir. UNESCO ta’rifiga ko‘ra, pedagogik texnologiyalar “ta’lim jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish va baholash tizimidir”¹. Zamonaviy texnologiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: - Blended learning (gibrid ta’lim) - Flipped classroom (ag'darilgan sinf metodikasi) - Task-based learning - Gamification (o‘yinga asoslangan ta’lim) - ICT tools (Interaktiv doska, mobil ilovalar, videodarslar) bular xozirgi kunda pedagogik jarayonlarni xorijiy tillarni o`qitish sohasiga qaratilganligi va bu ta`lim tizimini yaxshilashga, o`quvchi yoshlarda ingliz tili va boshqa chet tillarini o`rganishlariga qiziqishlarini ko`payishiga sabab bo`layotgani ayni muddao hisoblanadi. Ingliz tili o‘qitishda innovatsion metodikalarning ham o`rni beqiyos bo`lib, ingliz tilini o‘qitishda interaktiv, kommunikativ yondashuvlar, kompetensiyaga asoslangan metodlarning asosiy o`rin tutishi, bu jarayonlarning qanchalik ahamiyatli ekanligini anglatadi. Masalan: - Communicative Language Teaching (CLT) – bu metod o‘quvchilarning og‘zaki va yozma muloqotga bo‘lgan layoqatini oshirishga qaratilgan. Larsen- 205 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Freeman ta’kidlashicha, “CLT asosida o‘rgatish talabalarning real hayotiy vaziyatlarda tilni faol qo‘llashlariga asoslangan”². - Task-Based Learning (TBL) – bu metodda dars markazida muayyan topshiriq bo‘ladi va o‘quvchilar til vositalarini shu topshiriqni bajarish orqali o‘zlashtiradilar. - Content and Language Integrated Learning (CLIL) – bu metod orqali o‘quvchilar tilni boshqa fanlar bilan integratsiyalangan holda o‘rganadilar. Coyle, Hood va Marsh (2010) bu metod haqida shunday deydi: “CLIL orqali o‘rganilgan til chuqurroq o‘zlashtiriladi, chunki u real mazmun bilan boyitilgan”³. Yuqorida keltirib o`tilgan barcha metodikalar zamonaviy ingliz tili fanini o`qitish jarayonidagi eng muhim omillar desak, mubolag`a bo`lmaydi. Ta`lim tizimini zamonaviylashtirish ham hozirgi davrdagi eng dolzarb masalalardan desak bo`ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni beqiyos bo`lib, zamonaviy AKT vositalari, ayniqsa, onlayn platformalar (Zoom, Google Classroom, Moodle), interaktiv ilovalar (Kahoot, Quizlet, Duolingo), sun’iy intellekt tizimlari (ChatGPT, Grammarly) o‘quv jarayonini yangicha bosqichga olib chiqmoqda. Shu bilan birga ba`zi muammolarni yuzaga kelayotganini ham unutmaslik kerakki, ularni bartaraf qilish uchun ko`plab tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Amerikalik olim Marc Prensky “Digital Natives, Digital Immigrants” maqolasida shunday deydi: “Bugungi o‘quvchilar raqamli texnologiyalarni nafas olgandek qabul qiladilar. Biz ularga o‘z tilida – raqamli vositalar orqali ta’lim berishimiz kerak”⁴. Ta’lim sifati va o‘quvchining motivatsiyasini ko`tarinki ruxda bo`lishi ham juda muhim, zamonaviy metodikalar o‘quvchining motivatsiyasini oshiradi. Dars interaktiv bo‘lsa, o‘quvchi o‘zini faol ishtirokchi sifatida his qiladi. Shuningdek, o‘quv materiallarini vizual va audial vositalar orqali berish ularning diqqatini jalb etadi va bilimlarni samarali
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of modern pedagogical technologies and methods in teaching English from scientific, theoretical, and practical perspectives.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of modern pedagogical technologies and methods in teaching English from scientific, theoretical, and practical perspectives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The education system in Uzbekistan, the rule of law, the internet
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025