Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IX-XII ASRLARDA ILM-FAN VA MADANIYATNING YUKSALISHI
SCIENCE SHINE · Jahongir Usmanov Xujaqulovich
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Alilarning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar beriladi. Buyuk matematik, astronom va geograf olim Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Xivada (783–850) tug‘ilgan. U algebra fanining asoschisi sifatida ilm-fan tarixida yuksak nom qozondi. «Algebra» so‘zining o‘zi uning «Al-jabr val-muqobala» nomli risolasidan olingan. Uning arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa, «algoritm» shaklida fanda abadiy o‘rnashib qoldi. Xorazmiyning aytishicha, algebrada uch xil son bilan ish ko‘riladi: ildiz (jizr) yoki narsa (shay), kvadrat (mol) va oddiy son yoki dirham (pul birligi). Yana uning aytishicha, ildiz — o‘z-o‘ziga ko‘paytiriladigan miqdor, kvadrat esa ildizni o‘ziga ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan kattalikdir. Xorazmiy ish ko‘radigan tenglamalar mana shu uch miqdor orasidagi munosabatlardir. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarning 10 tasi bizgacha yetib kelgan. «Al-jabr val-muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Qo‘shish va ayirish haqida kitob» (arifmetik asarlar), «Kitob surat-al-arz» (geografiyaga oid asar) shular jumlasidandir. Shuningdek, allomaning «Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida», «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix» kabi asarlari ilm-fan rivojida katta ahamiyat kasb etadi. Alloma qadimiy Bobildan ma’lum bo‘lgan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni yechish usullarini bayon qilgan. Xorazmiy har bir holda tenglamani yechish qoidalari hamda ularning qat’iy isbotlarini keltiradi. Isbot garchi tashqi ko‘rinishda geometrik tilda bayon qilinsa-da, mohiyatan hozirgi algebraik isbot bilan mos tushadi. «Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi 190 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 «Al-jabr val-muqobala hisob haqida qisqacha kitob»ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma yozishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va harqanday bilimlarda va shuningdek, yer o‘lchashda, ariqlar o‘tkazishda, muhandislikda va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir», – deb yozgan Al-Xorazmiy. «Al-jabr val-muqobala» algebra asoslari hamda algebrani amalda tatbiq etishga bag‘ishlangan mukammal darslik bo‘lgan. Alloma Xorazmiy ko‘plab hind qo‘lyozma asarlarini o‘rganib chiqdi. 1 dan 9 gacha sanoq tizimini tuzgan va 0 g‘oyasi ustida bosh qotirgan hind matematigi izlanishlari ulug‘ alloma Xorazmiyga yaxshigina turtki bo‘ldi. Lekin 0 sonini son sifatida e’tirof etgan va hind sanoq tizimidan foydalanib, arab sanoq tizimiga asos solgan shaxs aynan ulug‘ alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy edi. Xorazmiy matematikaga oid asarlaridan tashqari, geografiyada ham muhim qadamlar qo‘ygan. U xalifa Ma’mun (813–833) uchun jahon xaritasini yaratishga yordam berdi va Yer atrofini topish uchun loyihada ishtirok etdi, Suriyadagi Sinjor tekisligida yer meridiani darajasini o‘lchadi. Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al- Farg‘oniydir. Uning hayoti va ilmiy faoliyati haqida juda oz ma’lumotlar saqlangan. Ahmad Farg‘oniy (797-865- yillar) Farg‘ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog‘ida tug‘ilgan. U avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha «Zij» yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Farg‘oniy yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning «Yulduzlar jadvali» asarida berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning geografik koordinatalarini yangidan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Ahmad Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asari o‘rta asr musulmon - Sharqi mamlakatlarida, so‘ng Ispaniya orqali Yevropa mamla katlarida astronomiya ilmining - rivojini boshlab berdi. Farg‘oniyning «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum» deb atalgan asari «Astronomiya asoslari haqidagi kitob» nomi bilan mashhurdir. Asar XII asrda ikki marta lotin tiliga tarjima qilingan. XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima qilinganidan so‘ng, al-Farg‘oniyning nomi «Alfraganus» tarzida dunyoga tanildi. Farg‘oniyning yuqorida nomi keltirilgan asaridan tashqari «Usturlob yasash haqida kitob», «Al-Farg‘oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» kabi asarlari, «Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» qo‘lyozmasi turli mamlakatlar kutubxonalarida saqlanmoqda. Al-Farg‘oniy 861- yilda Qohira 191 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 yaqinidagi Ravzo orolida «nilom
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Alilarning i…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Alilarning i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muhammad ibn, haqida kitob, al-jabr val-muqobala, ibn muso, muso al-xorazmiy, al-farg oniy, farg oniyning
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025