К содержанию
РецензированоUZ2025

ISPANIYA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMLARINING SOLISHTIRILGAN TAHLILI: O‘QITISH METODLARI VA BOSHQARUV TIZIMI KONTEKSTIDA

SCIENCE SHINE · TIZIMI KONTEKSTIDA · Temirov Ilyosbek

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Mazkur maqola Ispaniya va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘qitish metodlari hamda boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan solishtiradi, ikkala mamlakatdagi ta’lim tizimining tarixiy rivojlanishi, metodologik yondashuvlari, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash darajasi va ta’limni boshqarish modellari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida har ikki mamlakat uchun samarali tajriba almashinuvi imkoniyatlari aniqlanadi. Maqola ta’lim sohasidagi islohotlarga ilmiy asoslangan yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Ispaniya, O‘zbekiston, ta’lim tizimi, o‘qitish metodlari, boshqaruv, solishtirma tahlil, innovatsiya. Kirish. Bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimining sifatini oshirish, uning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash har bir davlat oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Ispaniya va O‘zbekiston o‘ziga xos tarixiy, ijtimoiy va siyosiy sharoitda shakllangan ta’lim tizimlariga ega. Ushbu maqola ushbu ikki davlatning o‘qitish metodlari va boshqaruv tizimi doirasidagi asosiy farq va o‘xshashliklarini aniqlash orqali tajriba almashinuvi imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Ispaniya Yevropa Ittifoqi a’zosi sifatida integratsiyalashgan va raqamlashtirilgan ta’lim modelini rivojlantirayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston mustaqillik yillaridan buyon o‘zining milliy ta’lim tizimini yangilash va modernizatsiya qilish yo‘lidan bormoqda. Shu nuqtai nazardan, ikki mamlakatdagi o‘qitish metodlari va boshqaruv tizimlarini tahlil qilish dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Metod. Ushbu maqolada sifatli solishtirma tahlil metodidan foydalanildi. Ma’lumotlar asosan quyidagi manbalar orqali jamlandi: • Ispaniya va O‘zbekistonning rasmiy ta’lim siyosatiga oid hujjatlar (milliy ta’lim dasturlari, qonunlar, islohot konsepsiyalari). • Yevropa Ittifoqining Erasmus+, OECD va UNESCO ta’lim hisobotlari. • Akademik maqolalar, ta’lim bo‘yicha ekspert intervyulari va statistik ma’lumotlar. 171 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Tadqiqotda ta’lim tizimining quyidagi komponentlari qiyosiy tahlil qilindi: 1. O‘qitish metodlari (an’anaviy, interaktiv, raqamli). 2. Ta’limni boshqarish tizimi (markazlashtirilganlik darajasi, avtonomiya, moliyalashtirish). Natijalar O‘qitish metodlari. O‘zbekistonda o‘qitishning asosiy usuli hanuzgacha an’anaviy – ma’ruzaviy va izohli-tushuntiruvchi yondashuvga asoslanadi. So‘nggi yillarda interaktiv va zamonaviy metodlarga, masalan, CLIL (Content and Language Integrated Learning), PBL (Project-Based Learning), va CASE (Contextualized Approach to Science Education) kabi metodlarga o'tishga harakat qilinmoqda (Abdurahmonova, 2021). Ispaniyada esa o‘qitish jarayoni o‘quvchi markaziga yo‘naltirilgan bo‘lib, konstruktivistik yondashuv asosida qurilgan. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tanqidiy tahlili va hamkorlikda ishlashi ustuvor hisoblanadi. Ispan o‘qituvchilari interaktiv texnologiyalar (Google Classroom, Moodle, Edmodo) va faol metodlar (ko‘rgazmali ta’lim, munozara, loyihaviy ishlar)ni faol qo‘llaydi (Delgado et al., 2020). Boshqaruv tizimi. O‘zbekistonda ta’lim tizimi asosan markazlashtirilgan bo‘lib, barcha muhim qarorlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi orqali qabul qilinadi. Bu, bir tomondan, ta’limda yagona standartlarni ta’minlasa, boshqa tomondan, muassasalarning avtonomligini cheklaydi. Ispaniyada esa ta’lim boshqaruvi markaz va mintaqalar (avtonom jamoalar) o‘rtasida taqsimlangan. Maktablar muayyan darajada moliyaviy va akademik avtonomiyaga ega. Bu esa ularni o‘z sharoitlariga moslashgan innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishiga imkon beradi (Eurydice, 2022). Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Ispaniya ta’lim tizimi innovatsion yondashuvlar va o‘quvchilarning faolligini oshirishga asoslangan konstruktivistik metodologiyani amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etmoqda. Bunday yondashuv o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi, bu esa zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga javob beradi. O‘zbekistonda esa interaktiv metodlar joriy etilayotgan bo‘lsa-da, amaliyotda ularning to‘laqonli ishlatilishi hali ham muammolidir. O‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi, texnik vositalarning yetishmasligi va yuqori yuklama bunga to‘sqinlik qilmoqda (Nazarov, 2023). Boshqaruv tizimidagi markazlashuv esa innovatsion qarorlar qabul qilishda maktablarning mustaqilligini cheklaydi. 172 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Shu bilan birga, O‘zbekiston Ispaniyaning mintaqaviy avtonomiya va maktab avtonomiyasiga asoslangan tajribasini o‘rganish orqali ta’lim muassasalarini yanada mustaqil va innovatsion qilish imkoniyatiga ega. Masalan, maktablar o‘z hududidagi ehtiyojlarga asoslangan dars dasturlarini ishlab chiqishga ruxsat berilishi mumkin. Xulosa. Ushbu maqola asosida xulosalar quyidagicha: Ispaniya o‘quvchi markazli va interaktiv o‘qitish metodlarini samarali qo‘llab, zamonaviy ta’lim talablari asosida rivojla

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola Ispaniya va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘qitish metodlari hamda boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan solishtiradi, ikkala mamlakatdagi ta’lim tizimining tarixiy rivojlanishi, metodologik yondashuvlari,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola Ispaniya va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘qitish metodlari hamda boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan solishtiradi, ikkala mamlakatdagi ta’lim tizimining tarixiy rivojlanishi, metodologik yondashuvlari,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qitish metodlari, ispaniya zbekiston, boshqaruv tizimi, lim tizimining, lim tizimi, metodlari boshqaruv, zbekiston lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники