Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY PEDAGOGIKADA TARBIYANING AHAMIYATI
SCIENCE SHINE · Mayliyeva Nasiba Axmedovna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
In this article, you can learn about the positive qualities that are being formed in preschool children, efforts to develop them, prevention of negative qualities, and guidelines for upbringing. In this regard, children require great responsibility from their parents, and educators during preschool age. Keywords: education, upbringing, labor education, physical education, Zoroastrianism, social phenomena, cultural and spiritual heritage, written sources. Ma’lumki, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi harakatlar bola dunyoga kelmasdanoq boshlanadi. Bunda farzand tarbiyasida avvalo bo‘lajak ota-onaning o‘zi tarbiyalanganlik darajasi yuqori bo‘lishi muhimdir. Bu borada xonadonning kattalari doim xizmatga shaydirlar. “Qari bilganni – pari bilmas” iborasi bejiz aytilmaydi. Tarbiya haqida ma’noli fikrlarni Xorazmning qadimgi dini bo‘lmish Zardushtiylik dinida ham keltirilgan. Milliy va diniy an’analarimizga ko‘ra, oilaning mulk va mablag‘i farzandlar yoshiga qarab taqsimlanishi, oilada 155 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yoshi kattalarning og‘ir-vazmin bo‘lishi farz sanaladi. Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” hisoblanadi [1]. Zardushtiylik ta’limotida ta’lim-tarbiya quyidagi bo‘limlar: 1) ma’naviy va diniy tarbiya; 2) jismoniy va mehnat tarbiyasi; 3) aqliy va axloqiy tarbiyadan iborat bo‘lgan. “Avesto” bo‘yicha bolalarga 5 yoshdan savod o‘rgata boshlaydilar; o‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi. Zardusht ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. Bu yoshda ularga davlat qonunlari, axloqiy qoidalar o‘rgatilgan. Zardushtiylikning axloqiy qoidalariga binoan insonning o‘z burchini his etishining eng birinchi belgisi ma’naviy poklik hisoblangan. “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib etishishida ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda juda qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo‘lgan. Bu xislatlar o‘z- o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik- qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikkita katta kuch – yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan [2]. Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko‘rib yashash uchun yaratgan ta’lim- tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma’no va o‘rin egallagan. Turkiy xalqlarning yozma manbalarida ham tarbiyaga doir bitiklarni uchratish mumkin. Bundan anglashiladiki, tarbiya masalasi bugun dolzarb bo‘lmagan. Tarbiya asrlar mobaynida ajdodlarimiz, yetuk allomalar tomonidan o‘rganilgan, kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilganlar. Ajdodlarimiz yaratgan boy madaniy va ma’rifiy xazina nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat taraqqiyoti uchun ulkan mayoq bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa, ulug‘ vatandoshlarimizning shaxs kamoloti uchun muhim sanalgan ta’lim va tarbiya sohasida yaratgan boy ilmiy va badiiy merosi hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ana shunday siymolardan biri, insoniyat tarixining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy sohalarida salmoqli o‘rin tutgan allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Zahriddin Muhammad Boburdir. 156 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Zahiriddin Muhammad Bobur ulug‘ shoir va nosir, qomusiy bilimlar egasi bo‘lishi bilan birga, yirik davlat arbobi va mohir sarkarda ham edi. Uning mashhur asarlaridan bo‘lmish “Boburnoma” asarida farzand tarbiyasiga doir qimmatli fikrlarni uchratish mumkin. Bu asar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, unda muallifning pedagogik qarashlari ham o‘z ifodasini topgan. Azaldan o‘zbek oilasida farzand tarbiyasi eng muhim vazifalardan sanalgan. Albatta, Bobur mirzo ham yetti nafar – 4 o‘g‘il va 3 qiz farzandning otasi sifatida ularning tarbiyasiga ham bee’tibor bo‘lmaydi. Milliy va diniy an’analarimizga ko‘ra, oilaning mulk va mablag‘i farzandlar yoshiga qarab taqsimlanishi, oilada farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yoshi kattalarning og‘ir-vazmin bo‘lishi farz sanaladi [3]. Tarbiya-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Tarbiya insonlarning faoliyati jarayonida ularning ongi va irodasini o‘stirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tarbiya ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos mazmun va amalga oshirish shakliga egadir. Yoshlarga berilayotgan ta’lim tarbiya jarayonlarida biz pedagoglar har jihatdan bilvosita va bevosita ishtirok etmas ekanmiz o‘zimiz ko‘zlagan asosiy maqsadga va natijaga erisha olamiz.
Доказательный фрагмент
«In this article, you can learn about the positive qualities that are being formed in preschool children, efforts to develop them, prevention of negative qualities, and guidelines for upbringing.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, you can learn about the positive qualities that are being formed in preschool children, efforts to develop them, prevention of negative qualities, and guidelines for upbringing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, upbringing, labor education, physical education
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025