Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI TARBIYACHINING NUTQIY KOMPETENSIYASI
SCIENCE SHINE · TARBIYACHINING NUTQIY KOMPETENSIYASI · O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “-
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib boruvchi tarbiyachining pedagogik faoliyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, tarbiyachining bolalar bilan faoliyat olib borishdagi kasbiy kompetensiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ta’lim-tarbiya, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, pedagog, nutqning sofligi, nutqning aniqligi, nutqning irodaviyligi, kanselyarizm, varvarizm, vulgarizm. Maktabgacha ta’lim boshlang‘ich ta’limning birlamchi bo‘g‘ini sifatida davlatimiz e’tirofidagi asosiy masal bo‘lib kelmoqda. Prezidentimiz M. Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining qoidasi bo‘lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzasida maktabgacha ta’lim sohasida bolalarni qamrab olish atigi 27 foizni tashkil etishi va bu sohadagi ishlar e’tibordan chetda qolganligi ta’kidlab o‘tildi. Ana shu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilmoqda [1]. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “2017- 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu fikrlarning isbotidir. Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak [2]. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai 152 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Jumladan, bolani rivojlanishi uchun yuqori bilimli tarbiyachi, har bir vazifalarga mas’uliyat bilan yondashuvchi pedagoglarni takomillashtirish, davlat va jamiyatni rivojlanishiga ulkan zamin yaratadi. Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan 1- oktabr xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizning o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rnini naqadar yuksak baholashidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun pedagogik ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar “Metodist o‘qituvchi”, “Katta o‘qituvchi”, “Xalq maorif a’lochisi” va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat – ehtiromni bildiradi [3]. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tarbiyachining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda asosiy rolni uning kasbiy faoliyati va o‘zini takomillashtirish istagi egallaydi. Qobiliyatlarning rivojlanishi har bir tarbiyachichi egallashi kerak bo‘lgan pedagogik mahorat va qobiliyatlarga bevosita bog'liqdir. Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil qilish uchun quyidagi jihatlarga ega bo‘lishi lozim; • Yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori bilimga ega bo‘lishi, kerakli adabiyotlarni tanlay olishi, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z oshiga tatbiq eta oladigan kishi bo‘lishi; • Bolalarni kuzata oladigan ularning xulqi, xatti – harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib unga ijodiy ta’sir ko‘rsatuvchi vositalardan foydalana olishi lozim; • Bolalarning ruhiy va jismoniy holatlarini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim – tarbiyaviy ishlarda e’tiborga olishi lozim [4]. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak • Nutqning aniqligi • Nutqning irodaviyligi. • Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm 153 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak [5]. Xulo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib boruvchi tarbiyachining pedagogik faoliyati haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib boruvchi tarbiyachining pedagogik faoliyati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maktabgacha lim, yosh avlodni, ega lishi, faoliyat olib, nutqning sofligi, nutqning aniqligi, aniqligi nutqning
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026