К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA OYBEKNING “ALISHERNING YOSHLIGI” ASARINI OʻRGATISH TEXNOLOGIYASI

SCIENCE SHINE · ASARINI OʻRGATISH TEXNOLOGIYASI · Tursinova Klara Nuriddinovna · Gʻafforova Zebo Rashid qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article explores effective methods and pedagogical approaches for teaching Oybek’s work "The Youth of Alisher" at the primary education level. It emphasizes the importance of developing students' artistic and aesthetic thinking, instilling respect for national values, and introducing the personality and social activities of Alisher Navoi to young learners. The article highlights the benefits of using modern lesson technologies, interactive methods, and integrated approaches in the teaching process. Key words: Oybek, Alisher Navoi, primery education, literary work, lesson technology, creative approach, interactive method. Bugungi kunda boshlangʻich taʼlimda badiiy adabiyot va badiiy asarlar orqali o‘quvchilarning maʼnaviy-axloqiy dunyoqarashi, estetik didini shakllantirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, qadriyatlarni singdirish hamda fikrlash doirisini kengaytirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda badiiy adabiyotni o‘qitish va o‘quvchilarga o‘rgatishning samarali yo‘llari hamda usullaridan foydalaniladi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda bolalar yoshiga mos badiiy asarlarni to‘g‘ti tanlash, asarning mohiyat-mazmunini tushuntirish juda muhim hisoblanadi. Xususan, 148 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 adib Oybek tomonidan yaratilgan “Alisherning yoshligi” asari o‘zbek adabiyoti tarixida asosiy o‘rin tutadi. Mazkur asarni boshlangʻich sinflarda o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yondashish zarur bo‘ladi. Asarning tarbiyaviy va estetik ahamiyati Oybekning “Navoiy” romani o‘zbek adabiyoti va tarixining yorqin na’munasi bo‘lib, unda Alisher Navoiy siymosi, uning g‘oyaviy-ma’naviy dunyosi, tarixiy davr voqealari tasvirlangan. Roman hajmi va mzmunidan kelib chiqqan holda boshlang‘ich sinfda romanning qisqartirilgan yoki bolalar uchun moslashtirilgan variantlaridan foydalanish kerak. Asarning “Alisherning yoshligi” deb nomlangan qismi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayotining dastlabki bosqichlari, uning bilimga chanqoqligi, ota- onasining unga bergan tarbiyasi, muhit va do‘stlarning ta’siri yoritilgan. Bu asar orqali o‘quvchilar milliy qahramonlarga nisbatan faxr va ehtirom hissi, ilm-fanga muhabbat va o‘z ustida ishlash motivatsiyasi va axloqiy qadriyatlar, vatanparvarlik, sadoqat, halollik kabi jihatlarga ega bo‘ladilar. O‘rgatish bosqichlari va usullari I. Tayyorlov bosqichi — O‘quvchilarga Alisher Navoiy kim bo‘lgan? degan savol bilan suhbat boshlash. — Oybek kim? Nega bu roman yozilgan? Savol-javob shaklida tanishtirish. — Tarixiy davrni tushuntirish uchun illyustratsiyalar, xaritalar, rasm va videolardan foydalanish. II. O‘qish va tahlil qilish bosqichi Matn qismini o‘qish: sodda, ravon tilda tanlangan bo‘lim. O‘qish davomida: o Qahramonlar haqida suhbat (Navoiy, Husayn Boyqaro, Gadoiy, Lutfiy) o Voqeani izohlash: “Bu yerda nima bo‘lyapti?” o So‘z boyligini oshirish: “Fazilat”, “donishmand”, “adolat” kabi tushunchalarni izohlash. III. Mustahkamlash bosqichi Rolli o‘yin: "Navoiy saroyda", "Navoiy va Boyqaro suhbati" Rasmlarga asoslangan hikoya tuzish: “Bu rasmda Navoiy nima qilmoqda?” She’r yoki maqollarni yod olish: Navoiyga oid maqollar ("Tilga e’tibor – elga e’tibor") O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar 149 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Boshlangʻich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va psixologik holatlarini inobatga olgan holda quyidagi metodlar samarali bo‘ladi: 1. Izohli o‘qish usuli. Ushbu metodning asosiymaqsadi matnni to‘g‘ri, mazmunli o‘qish va tushunishni ta’minlashdan iborat. Metod quyidagi tarzda qo‘llanadi: O‘qituvchi yoki o‘quvchi matnni o‘qib beradi. O‘qish jarayonida murakkab so‘zlar, tarixiy atamalar (masalan: “vazir”, “sulton”, “devon”) tushuntiriladi. Har bir parcha o‘qilgach, qisqacha izoh va muhokama qilinadi. Bu metod natijasida o‘quvchi asarni chuqurroq tushunadi va badiiy nutq boyligini oshiradi. 2. Suhbat usuli. Mazkur metod orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va savol-javob orqali tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirishi mumkin bo‘ladi. Bu usul quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Dars boshida savollar beriladi: — “Navoiy kim bo‘lgan?”, “Navoiy qanday inson edi?”, “Nima uchun u xalqni sevgan?” Matndan keyin tahliliy savollar: — “Bu voqea senga nima o‘rgatdi?”, “Senga bu epizodda kim yoqdi va nima uchun?” Suhbat metodi orqali o‘quvchilar tanqidiy va erkin fikr bildirishga o‘rganadilar. 3. Rolli o‘yin (dramatizatsiya) usuli Matndagi voqealarni jonli tasavvur qilish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish mazkur usulning asosiy maqsad hisoblanadi. Mazkur usuldan foydalanishning bir qancha bosqichlari mavjud. O‘quvchi obrazga kiradi, voqeani yaxshiroq tushunadi, jamoada ishlashni o‘rganadi. Asarning qisqa epizodlari sahna ko‘rinishi sifatida tanlanadi (masalan: Navoiy va Husayn Boyqaro suhbati). O‘quvchilarga roll

Доказательный фрагмент

«This article explores effective methods and pedagogical approaches for teaching Oybek’s work "The Youth of Alisher" at the primary education level.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores effective methods and pedagogical approaches for teaching Oybek’s work "The Youth of Alisher" at the primary education level. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oybek, Alisher Navoi, primery education, literary work, lesson
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники