К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEKISTONDA NOMODDIY MADANIY MEROS NAMUNALARINING MILLIY VA MAHALLIY ROʻYXATLARINI YURITISH MASALALARI

SCIENCE SHINE · Ulug‘bek Mirshayev · Ruxshona Muhammadjonova · Ulugbek Mirshayev · Rukhshona Muhammadjonova (Bukhara State University)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlarini yuritish masalalari haqida bayon etilgan. Kalit soʻzlar: milliy san’at, hunarmandchilik, urf-odatlar. ISSUES OF MAINTAINING NATIONAL AND LOCAL REGISTERS OF TANGIBLE CULTURAL HERITAGE SAMPLES IN UZBEKISTAN Ulugbek Mirshayev Senior lecturer, Department of Music Performance and Culture, Bukhara State University Rukhshona Muhammadjonova Student of the Department of Music Performance and Culture, Bukhara State University Annotation: This article describes the process of preservation and promotion of intangible cultural heritage in Uzbekistan not only for the preservation of cultural values, but also for the development of national identity. Key words: national art, crafts, traditions. Oʻzbekiston, oʻzining boy tarixiy va madaniy merosi bilan dunyoga mashhur. Respublikamizda nafaqat moddiy, balki nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish ham katta ahamiyatga ega. Keling avvalambor nomoddiy madaniy meros nimaligini bilaylik. Nomoddiy madaniy meros bu-jamiyatning tarixiy, madaniy va ruhiy merosi boʻlib, u material shaklda mavjud boʻlmagan, ammo insonlarning hayotini, urf- 78 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 odatlari, tilini, diniy e'tiqodlari va san'atlarini ifodalaydigan an'analar va amaliyotlar yig'indisidir. Masalan, xalq musiqasi, raqslar, afsonalar, qoʻshiqlar, qahramonlik va qobiliyatlar, yodgorliklar, rasm-rusmlar kabi elementlar nomoddiy madaniy merosga kiradi. Bu turdagi meros, koʻpincha avloddan-avlodga oʻtib, jamiyatning oʻziga xosligini saqlashga yordam beradi. Nomoddiy madaniy meros, birinchidan, xalqning oʻziga xosligini va madaniy identifikatsiyasini saqlab qolishga yordam beradi. Ikkinchidan, u avlodlar orasidagi aloqani mustahkamlash, madaniy oʻzaro bog'liqlikni ta'minlashda katta rol oʻynaydi. Oʻzbek xalqining noyob an'analari, qadoqlash san'ati, kuy va qoʻshiqlari, teatr san'ati, tasviriy san'at va boshqa koʻplab madaniy elementlar butun dunyoga tanitilishi kerak. Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlarini yuritish masalalari juda muhim ahamiyatga ega, chunki bu jarayon milliy madaniy boyliklarni saqlash va rivojlantirishda asosiy rol oʻynaydi. Quyidagi masalalar asosida ushbu roʻyxatlarni yuritish boʻyicha muhim jihatlar koʻrib chiqilishi mumkin. Roʻyxatlarni yuritish tizimining shakllanishi: ✓ Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlarini yuritish tizimi yaratish zarur; ✓ Bu tizimni yaratishda quyidagi omillarni inobatga olish kerak; ✓ Madaniy merosning turli shakllari (til, musiqa, urf-odatlar, an'analar, rasm-rusumlar) roʻyxatga olinishi kerak; ✓ Roʻyxatga olishda ilmiy tadqiqotlar, ekspertlarning fikrlari, madaniy meros ob'ektlari boʻyicha tahlillar asosida aniqlik kiritish zarur; ✓ Madaniy merosning oʻziga xosligini, ahamiyatini va zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olish. Nomoddiy madaniy merosning mahalliy roʻyxatlari, mahalliy jamoalar, hududlar va millatlar tomonidan saqlanadigan va ifodalanuvchi an'analardir. Milliy roʻyxatlar esa mamlakatning umumiy madaniy merosini aks ettiradi. Har ikkala roʻyxatning bir-biri bilan uyg'un boʻlishi va muvofiqlashtirilgan tarzda yuritilishi zarur. Roʻyxatlarni yangilash va monitoring qilishda nomoddiy madaniy merosning oʻzgaruvchan tabiati sababli, roʻyxatlarni muntazam ravishda yangilab turish zarur. Bu jarayon oʻz ichiga: ✓ Madaniy elementlarning oʻzgarishini va zamonaviylashtirishini kuzatish: ✓ Madaniy ob'ektlar va elementlarning ahamiyatini qayta baholash: ✓ Mahalliy va global miqyosda kelib chiqqan yangi tendentsiyalarni hisobga olishni qamrab oladi. 79 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 Milliy va mahalliy roʻyxatlarni yuritish uchun qoidalar va normativ-huquqiy asoslar zarur. Bunga davlat siyosati, madaniy merosni saqlash va rivojlantirishga doir qonunlar, xalqaro konvensiyalar (masalan, UNESCOning Nomoddiy madaniy merosni saqlash konvensiyasi) kiradi. Mahalliy aholi va jamoatni roʻyxatga olish jarayoniga jalb etish, ularni madaniy merosning ahamiyati va uni saqlashning muhimligi haqida xabardor qilish muhimdir. Jamoat ishtiroki orqali koʻplab noyob madaniy elementlar roʻyxatga olinishi mumkin. Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlash borasida xalqaro tajriba almashish hamda boshqa mamlakatlarning tajribasidan foydalanish muhimdir. Xalqaro tashkilotlar, masalan, UNESCO, madaniy merosni saqlash va roʻyxatga olish boʻyicha metodologiyalar va standartlarni ishlab chiqadi. Nomoddiy madaniy merosni roʻyxatga olish va saqlash, ularning kelajak avlodlarga yetib borishini ta'minlashda, madaniy va milliy oʻzlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon nafaqat ilmiy va huquqiy, balki madaniy va ijtimoiy jihatlarni ham oʻz ichiga oladi. Xulosa: Oʻzbekistonda nomoddiy madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilish jarayoni nafaqat madaniy qadriyatlarni saqlash, balki milliy kimlik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oʻzbekistonda nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlarini yuritish masalalari haqida bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlarini yuritish masalalari haqida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
national art, crafts, traditions
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники