К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA ORIPOV – SHE’RIYAT VA TARJIMANING USTUNI

SCIENCE SHINE · Dadajonova Durdonaxon Botirjon qizi · Karimov Obidjon Yakubjonovich

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripovning tarjimonlik mahorati buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin she’rlari tarjimasi asosida ochib beriladi. Kalit so‘zlar: tarjimon, tarjima, aktant, detotativ, milliy kolorit, ibora, pari, sha’n, tumor, idrok va hissiyot sintezi, tabiiylik, tasviriylik, transformatsiya, tilmoch. Dunyoda o‘z she’rlari bilan xalqning ko‘nglidan chuqur joy olgan, asarlari bilan jahonni lol qoldirgan adabiyot namoyandalari ko‘p. Lekin shular bilangina cheklanib qolmay, mashhurlarning mashhur satrlarini mohirona tarjima qilishdek og‘ir vazifani zimmasiga yuklagan serqirra iste’dod sohiblari ham bor. Shulardan biri O‘zbekiston Qahramoni, o‘zbek adabiyotining taniqli vakili, jamoat arbobi va tarjimon – Abdulla Oripov. Ustoz tarjimonning xazinasi yetarlicha ulkan va saboqqa boydir. Jumladan, Dante Aligyeri, Aleksandr Pushkin, Taras Shevchenko, Sergey Baruzdin va yana bir qancha adiblarning asarlarini she’riy yo‘lda tarjima qilganlar. Adabiyot ahliga ma’lumki, tarjima – bu nafaqat so‘zlarni, balki ruh va ma’noni ham ko‘chirish san’atidir. Ruh va ma’no uyg‘un, chambarchas bog‘liq bo‘lishi uchun esa tarjimondan so‘z ustasi bo‘lish, undan tog‘ri foydalana olish, uni mos va xos holatda tanlash talab etiladi. Birgina rus xalqi buyuk shoiri Pushkin tomonidan yozilgan «Все кончено: меж нами связи нет…» she’rining Abdulla Oripov talqinidagi “Hammasi tugadi, oramiz ochiq”19 deb tarjima qilinishiga nazar tashlasak, sarlavhaning o‘ziyoq e’tiborimizni tortmay qolmaydi. Rus tilidan tog‘ridan tog‘ri o‘girilganda «связи нет» aloqa, ulanish, bog‘lanish yo‘q degan ma’nolarni bildirsa, shoir muhabbatga limmo-lim ikki qalb ayrilig‘ini “oramiz ochiq” iborasini keltirish orqali she’r ruhiyatini o‘quvchiga yetkazib beradi. Ya’ni o‘sha so‘zga sinonim bo‘lgan frazadan foydalanib, tabdil qiladi. Bu yerda tarjima transformatsiyasining 19 Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar” III jild – G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti – Toshkent – 2001: 356-357-betlar. Keltirilgan barcha she’rlar shu kitobdan olingan. 73 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 denotativ xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. She’rning davomida esa yana qator tarjimachilik yutuqlarini kashf etamiz: Все кончено: меж нами связи нет. В последний раз обняв твои колени, Произносил я горестные пени. Все кончено — я слышу твой ответ. Обманывать себя не стану вновь, Тебя тоской преследовать не буду, Прошедшее, быть может, позабуду — Не для меня сотворена любовь. Ты молода: душа твоя прекрасна, И многими любима будешь ты. Hammasi tugadi, oramiz ochiq… So‘ng bor qo‘llaringni o‘parkan, pari, Sha’ningga to‘qiyman mungli bir qo‘shiq, Tinglayman javobing : “Tugadi bari…” Endi aldovlarni qilmasman rasm Va seni alam-la axtarmoq nechun?! O‘tdi… O‘tganlarning unut hammasin, Sevgi yaralmagan faqat men uchun. Sen yoshsan, qalbingning go‘zal mahali, Sevimli bo‘larsan ko‘plarga hali… Umuman, tarjimaga ijodiy jarayon, boshqa tilda asarni qayta yaratish san’ati sifatida qaralishi tabiiy. Ushbu fikrimiz she’rning keyingi misralarida o‘z isbotini topadi. «В последний раз обняв твои колени, Произносил я горестные пени» aslida bu yerda oxirgi marta yorning oyoqlarni quchib g‘amgin qo‘shiq kuylayotgan oshiq holati tasvirlangan, bu esa g‘arb odamlari sevgi sarguzashtlarida ularga xos bo‘lgan odatiy holatdir. Biroq sharqda erkaklar tog‘day savlatli, viqorli, g‘ururli qilib ta’riflanadi. Va shoir millat kitobxoniga she’r mazmunini quyidagicha yetkazib berishni afzal ko‘radi: “So‘ng bor qo‘llaringni o‘parkan, pari, Sha’ningga to‘qiyman mungli bir qo‘shiq”. Natijada, tarjima transformatsiyasida milliylik, an’anaviy ruh she’rga o‘zgacha mazmun baxsh etadi. Bundan tashqari tarjimon mahbuba – yorga murojaat tarzida “pari” so‘zini qo‘llab, yangi (asliyat matnida keltirilmagan) aktant kiritish orqali badiiy tarjimada shoirlik mahoratini ham namoyon etgan. Bu o‘rinda Vasiliy Jukovskiyning “Tarjimon - nasrda qul, nazmda esa raqibdur” degan so‘zlari 74 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 beixtiyor yodimizga tushadi. Biror-bir hikoya, roman, umuman olganda, epik asar tarjima qilinar ekan undagi jumlalar garchand so‘zma-so‘z o‘girilmasa-da, tarjimon undagi sujetni burib yuborishga, o‘zgartirishga haqqi yo‘q va shu nuqtayi nazardan olib qaralsa, tarjimon nasrda yozuvchi ko‘rsatgan yo‘ldan yurishga majbur hisoblanadi. Lekin lirikada vazn, qofiya, ichki kechinma va ruhiyatni yetkazib bera olish talabidan kelib chiqqan holda tarjimon o‘z mahoratini ishga solishi va shoir bilan raqobatga kirishishga majbur. Buni yuqorida keltirilgan she’r hajmining aynan tengligida va unda saqlanib qolgan qofiyada ko‘rishimiz mumkin. Tarjima qilish badiiy va ilmiy ijodga oʻxshab tilmochdan tafakkur va fantaziyani talab qiladi. Xususan, muhabbatning nozik jilvalari aks etgan ushbu she’rga yorni ta’kidlab koʻrsatish uchun "pari" soʻzini olib kirilishi tarjimonning fantaziyasidan,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripovning tarjimonlik mahorati buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin she’rlari tarjimasi asosida ochib beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripovning tarjimonlik mahorati buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin she’rlari tarjimasi asosida ochib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pari sha, abdulla oripov, oramiz ochiq, aleksandr pushkin, she rlari, кончено меж, меж нами
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники