Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARIDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA JAMIYAT BOSIMI
SCIENCE SHINE · Mamatqobulova Diyora Ravshanbek qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются вопросы семейных отношений и общественного давления в рассказах известной представительницы литературы XXI века — Зулфии Куролбой кизи. Через образы героев её произведений проводится анализ отражения социальной жизни. Рассказы Зулфии Куролбой кизи выделяются среди произведений узбекской литературы своей увлекательностью, эмоциональностью, достоверным воплощением жизненной правды и человеческих характеров, а также смелым поднятием сложных проблем повседневной жизни. Значимость настоящей статьи определяется тем, что произведения З. Куролбой кизи стали важным явлением в литературе. Ключевые слова: литература, Зулфия, проза, реализм, семья, общество, рассказ, социальная жизнь, образ. Annotation: This article discusses the issues of family relationships and social pressure in the stories of Zulfiya Qurolboy qizi, a prominent representative of 21st- century literature. Through the portrayal of characters in her works, the reflection of social life is analyzed. Zulfiya Qurolboy qizi’s stories stand out among Uzbek literary works for their engaging content, emotional depth, realistic depiction of life and human nature, as well as their courageous approach to complex issues of everyday 41 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 life. The relevance of this article is underscored by the fact that Z. Qurolboy qizi’s works have become a significant phenomenon in literature. Keywords: literature, Zulfiya, prose, realism, family, society, short story, social life, character Muallifning nuqtai nazari badiiy yaratiqning sirtida turmaydi, balki asarning ichki to‘qimasiga singdirib yuborilgan bo‘ladi. Tarbiyaviy-axloqiy funksiya ham adabiyotning muhim vazifalaridan sanaladi. Badiiy adabiyot inson ruhiyati, tafakkuri, sezimlari, irodasi va tasavvur olamiga hech qanday zo‘rlovlarsiz mutlaqo erkin tarzda juda kuchli ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham u insondagi dunyoqarash, axloq, e’tiqod, siyosiy va badiiy qarashlar tizimi singari shaxslikka doir xususiyatlarni shakllantirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Adabiyotning yuksak namunalari o‘z davrining buyuk ruhiy yilnomalarigina bo‘lib qolmay, eskirmas va nuramas tarbiya vositasi ham sanaladi. Bu hol, ayniqsa, islomiy e’tiqoddagi xalqlarning adabiyotida alohida bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Zero, islomiy uluslarda “adabiyot” atamasi ‘odob” so‘zidan olingani masalaning mohiyatini teranroq anglash imkonini beradi. Lekin alohida ta’kidlash kerakki, adabiyotning bu vazifasini oddiy nasihatbozlik, ochiq o‘gitchilik tarzidagina tushunish hodisa mohiyatini jo‘nlashtirishning belgisidir.6 Mavjud badiiy asar nafaqat ma’naviy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi uning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, tarbiyaviy ozuqani asosan oiladagi jarayonlar va oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari orqali olishimiz mumkin. Aynan ana shunday oilaviy munosabatlar aks etgan tasvirlarni Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida uchratishimiz mumkin. Yozuvchining “Tafakkur” hikoyasida ham mana shunday tasvirlar ota-ona munosabatlari, farzandlarning bir-biriga nisbatan muomilasidan, ularning hayot tarzidan jamiyat hayotining qiyofasini ko‘rishimiz mumkin.Dovul tegirmonchi ota sifatida oilada o‘zining ustunligiga ega inson sifatida gavdalangan. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, u farzandini istaklariga qarshi borib uni o‘zi xohlagandek inson bo‘lishini xohlaydi va majburan bo‘lsada bu maqsadiga erishadi. O‘g‘li Tangriberdining shaxmat musobaqalariga borishi va bu bilan hech qanday foyda bo‘lmasligi uchun ota norozi edi. Buning sababi, Dovul tegirmonchi bir safar o‘g‘li musobaqaga borganida “nima berdi”, “pul berdimi” degan xitob so‘zlar qilgandi.Chunki ota uchun pul, har ishdan bir manfaat bo‘lishi muhim rol o‘ynardi. 6 Бадиий асар таҳлили [Матн] / Қ. Йўлдош, М. Йўлдош. - Тошкент: «KAMALAK» нашриёти 2016. - 464 б 42 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 “Tegirmonchining maqsadi tegirmon talash-tortish bo‘lib qolmasdan uni o‘g‘lining qo‘liga topshirish edi. Vaqt-vujud libosini eskirtiryapti. Soch-soqoli gard qo‘nmasa ham oppoq bo‘lib boryapti. Bugun bo‘lmasa ertaga “tish qayrab” yurganlar otilib chiqishi yo imi-jimida Eshboyev bilan til biriktirib jilovini qo‘lidan olib qo‘yishi mumkin. Lekin tegirmonchi bungacha kutib turmaydi. O‘g‘li maktabni tamomlashi bilan barcha rasm-rusumlarni ado etib, “meros”ni egasiga topshiradi- qo‘yadi! Ana shunda, tish qayraganlar (ularning borligiga tegirmonchi shubha qilmasdi, birov kelib yoqasiga yopishmagan bo‘lsada kimlardir, qayerdadir unga qarshi fitna tayyorlayotgani aniq) tishlarini qayragancha qolaverishadi. Tegirmonchilik ulug‘ martaba. Shuning ortidan sakkiz jon kavshanib turibdi axir!..” 7( “Tafakkur” 13-bet). Bu parchadan aniq bo‘ladiki, ota farzandini o‘zidan keyin kasbini, ishini davom ettirishini xohlaydi. Darhaqiqat, jamiyat hayotimizda ham har qanday ota mana shu orzu-u
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются вопросы семейных отношений и общественного давления в рассказах известной представительницы литературы XXI века — Зулфии Куролбой кизи.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются вопросы семейных отношений и общественного давления в рассказах известной представительницы литературы XXI века — Зулфии Куролбой кизи. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- literature, Zulfiya, prose, realism, family, society, short story, social
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014