Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“GO’RO’G’LINING TUG’ILISHI” DOSTONIDA MUBOLAG’A SAN’ATI
O’rinova Gulsanam Husan qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Это статя посвящена исполь зованию искусства преволичения в эпоса “Рождения о Герогли” Ключевые слова: преувеличение, образ героев, чувсево патриотизма, алып, xарактер, люди преувеличивать. DOSTON so’zi qissa, hikoya, sarguzasht, tarif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida u xalq og’izaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epic asarlarni anglatadi. M.Saidovning ta’kidlashicha doston murakkab san’at asar bo’lib uning doston bo’lishi uchun adabiy matn musiqa bo’lishi kuylovchi hofizlik san’atini puxta egallagan va soz cherta bilishi kerak. Xalqimiz nechi asrlardan beri dostonlarni sevib eshitib va kuylab keladilar. Asli dostonlar qadimgi xalqimiz xonlardan zulm ko’rib qiynalib yashayotganlarida ularni shu zulmlardan qutqaruvchi bir qahramonni orzu qilishgan va uni kuyga solib qahramonlik sifatlari bilan boyitib aytib kelishgan. Va shu bilan qahramonlik dostonlari paydo bo’lgan. Bu dostonlarda vatanparvarlik, mardlik, sodiqlik ulug’langan. Yaxshilar yomonlar ustidan doim g’alaba qilishi, yurtni yovuz insonlardan qutqaruvchi bir qahramon borligi kuylangan. Bunday dostonlar xalqimiz merosida talaygina. Masalan: “Alpomish” “Go’ro’g’li” “Rustamxon” “Kuntug’mish”. Dostonlar qiziqarli bo’lishi uchun ko’pgina san’atlardan foydalaniladi va bu san’at ichida eng unumli foydalaniladigani mubolag’a san’atidir. Bu san’at bir narsani bo’rttirish haddan ziyod qilib tasvirlashdir. Bu san’at hamma dostonlarda qo’llaniladi. Shuningdek Alpomish dostonida ham bu san’atdan unumli foydalaniladi. Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, Ichida sichqonlar bolalab yotgan, Izidan tushgan pishak olti oyda yetgan. Odam tushmas uning aytgan tiliga Besh yuz quloch arqon yetmas beliga Bu qalmoqdir qalmoqlarning ravishi Oh ursa olamni buzar tovushi To’qson molning terisidan kovushi Qahrlansa toshni yorar qahari To’qson qorning go’shti bo’lmas nahori Har iziga ketar ancha bahori 4 31 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oltmish qari olachadan qalpog’i To’qson qo’yning terisidan qalpog’i To’rt yuz to’qson quloch qo’lda hassasi Shuni bilan o’n sakkizta nashasi To’qson qari bo’zdan bo’lgan kissasi. Dostonda “Bir kam to’qson” alplar mubolag’a bilan tasvirlangan. Hammasining “kallasi tepaday” “tanasi tepaday” birining shomurti yoqalab har yoqqa ketgan ichida sichqonlar bolalab yotgan, izidan tushgan pishak olti oyda yetgan” “besh yuz quloch quloch yetmas beliga” “to’qson molning terisidan kavushi” va qalmoq alplarini yuqoridagiday hayotiy bo’lmagan bo’rttirishlardan maqsad barcha tasvirlanayotgan alplarni kuch-qudratini badiiy tasdiqlashdan iboratdir. Huddi shu san’atning yorqin namunalarini “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida ham ko’rishimiz mumkin. Go’ro’g’lining go’rda tug’ilishi va 3 yilgacha sut kelib turishi bolaning ulg’ayib go’rdan chiqishi undan keyin esa Rustam bilib qolib uyiga olib kelishi mubolag’ali tasvirlangan. Go’ro’g’li hali 3-4 yosh bo’lishiga qaramay o’zi tenggilarni hatto kattalarni urib o’ldirib qo’yishi ham bo’rttirib ko’rsatilgan. “har kim oq kiyim kiyib kelsa indamayman, qora kiyim kiyganini so’yaman. Lekin bir kuni Shohdorxon podshoning ustiga olovlar qo’yaman, oq kiyganlarga ko’p g’avg’olar solaman”. Go’ro’g’lidan qo’rqqan oq kiyim kiyib chiqadi, qo’rqmagani buni eshitmaganlar qora kiyim kiyib chiqsa urib so’kib quvib yetganining qo’llarini burab, shol qiladi, yetolmaganlarini uyiga besh-oltib tosh otib, qaytib keladi/. Ayniqsa Go’sfand degan bola bilan oshiq o’ynab yutqizib qo’yib oshig’imni qaytarib ber deganda yo’q bermayman desa Go’ro’g’li bir tarsaki tushirganda Go’sfandni ikki ko’zi irg’ib chiqib ketishi ham mubolag’a qilingan. Keyin shu Go’sfandning otasi Badgirni qo’lidan ushlab bir zo’r bilan yulib oldi. Qaytarib o’z kaltagi bilan o’zini yelkasiga bir oshirib soldi. Badgirni suyaklari yerga naqsh badanlar ayron slogan tulupday mayda mayda bo’ldi serrayib uppa-uzun bo’lib o’lib qoldi deb aytishlariga nima deysiz? Qahramonlarning harakatlari ham mubolag’a qilinadi masalan, Zaydinoyni Go’ro’g’libek o’g’irlab ketmoqchi bo’lib Ko’kbuloq ko’liga keladi Zaydinoy Xoljuvonning qistovibilan nochor o’rnidan turib mis kosani olib Ko’kbuloqning suvidan surimi yarim qilib Go’ro’g’libekka uzatdi Go’ro’g’libek qo’lidagi mis kosani urib yuborib ikki qo’li bilan ikki qo’lidan ushlab silkib ilgariga tortdi Zaydinoy buni ko’rib labini tishlab achchig’i kelib og’irini solib yerga qarab bir tortdi G’irotning tizzasidan pasti yerga kirib ketti. Bunday bo’lishi qiz bir og’ir tashlaganda G’irot oti tizzasigacha yerga kirib ketishiga albatta ishonish qiyin. Dostonlarda ayollar obrazini tasvirlashda ham mubolag’adan ko’p foydalaniladi. Masalan, “Alpomish” dostonida Barchinoyni tasvirlashda Yuzining go’zalligi: “Oy ko’rmayin qizarar, kun ko’rmayin o’chardi Yuziga boqib kim ko’rsa, hayratda qolardi Qaddi-qomadi: “qaddi niholdan nozik, oy jamolidan o’tardi, Bir qadam bosib yurishi butun olamni yayratdi Deya tasvirlaydi. 4 32 In
Доказательный фрагмент
«Это статя посвящена исполь зованию искусства преволичения в эпоса “Рождения о Герогли” Ключевые слова: преувеличение, образ героев, чувсево патриотизма, алып, xарактер, люди преувеличивать.»
Образец извлечения
Демо-превьюЭто статя посвящена исполь зованию искусства преволичения в эпоса “Рождения о Герогли” Ключевые слова: преувеличение, образ героев, чувсево патриотизма, алып, xарактер, люди преувеличивать. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- exaggeration, image of heroes, sense of patriotism, alp, character, people, mubolag’a, xarakter, qahramonlar tasviri, xalq, vatanparvarlik tuyg’usi, bo’rttirish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014