Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA «YASHIL IQTISODIYOT»NING ROLI
SCIENCE SHINE · IQTISODIYOT»NING ROLI · Do‘stov Bahodir Tashpo‘latovich
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Maqolada Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari, O‘zbekiston ham iqlim o‘zgarishi ta’siriga qarshi himoyasiz ekanligi bayon etilib, ushbu tadqiqotning maqsadi "yashil" iqtisodiyot konsepsiyasiga bag‘ishlangan ishlarni tahlil qilish, konsepsiyaning rivojlanish evolyutsiyasining qisqacha sharhi, "yashil" iqtisodiyot, "yashil " o‘sish va barqaror rivojlanish tushunchalari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash orqali rivojlanishni belgilaydi. O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tishning muhim vazifalari hamda uning samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan yanada oqilona foydalanish muhim masala sifatida qaraladi. Dunyoning turli hududlarida atrof-muhit haqida qayg‘urish natijasida bir nechta barqaror rivojlanish, yashil o‘sish kabi konsepsiyalar yuzaga kelmoqda. Bu jamiyatimizning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari o‘rtasidagi muvozanatni turli sohalar tomonidan turlicha talqin qilishni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘lar: yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy barqarorlik, ekologik barqarorlik, konsepsiya, barqaror raqobatbardoshlik, resurs samaradorligi, resurs samaradorligi indeksi, resurs sarfi. Kirish. Iqtisodiyotning umumbashariylashuvi sharoitida atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish zaruriyati haqida gap ketganda mamlakatlarning ishlab chiqarish salohiyati, va samaradorligini, raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning zamonaviy va sifatli texnik bazasini yangilanish bilan bir qatorda hayot sifati va yashash muhiti ko‘rsatkichlarini yaxshilovchi yangi texnologik tuzilmaga va modernizatsiya qilingan iqtisodiyotga o‘tishni talab etmoqda. Xorijiy mamlakatlarda bunga o‘tishni amalga oshiruvchi 2021-2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi 10 yillik harakati”, " Barqaror va “yashil iqtisodiy o‘zgarishni tezlashtirish” nomli strategiya, Birlashgan Millatlar Tashkilotining besh tashkiloti – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), BMT taraqqiyot (UNDP), BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) va BMTning Ta’lim va Tadqiqot Instituti (UNITAR) tomonidan qabul qilingan[1]. Bundan tashqari, 2015-yilda butun dunyo mamlakatlari barqaror 4 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025 rivojlanish bo‘yicha 2030- yilgacha bo‘lgan strategiyasi va uning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qildilar.[7] Bu maqsadlar dunyoda qashshoqlikka barham berish bo‘yicha iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi strategiyalar bilan birga olib borilishi, shu bilan birga ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va ish o‘rinlarini yaratish kabi turli ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashish va iqlim o‘zgarishlarga qaratilgan. Shunday qilib, barqaror rivojlanish1 maqsadlari ekologik va iqtisodiy tizimlar o‘rtasida haqiqiy aloqani o‘rnatadi. Ular, shuningdek, yashil iqtisodiyotga o‘tish, ya’ni yanada barqaror ishlab chiqarish va iste’mol usullaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mamlakatimizda " yashil " iqtisodiyot asosida barqaror rivojlanishni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019- yil 4-oktyabrda tasdiqlangan 2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish strategiyasi muhim dasturiy amal bo‘lib hisoblanadi[1]. Yashil iqtisodiyotga o‘tishning muhim vazifalari qatoriga iqtisodiyotning quvvat samaradorligini oshirish va tabiiy resurslarni oqilona iste’mol qilish kiradi. Ushbu belgilangan maqsadli indikatorlarga texnologiyalarni modernizatsiya qilish va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali erishiladi. 2030- yilgacha bo‘lgan davrda mazkur strategiyani amalga oshirish jarayonida ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlarining solishtirma chiqindilari 2010- yil darajasidan o‘n foizga kamayadi, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining zamonaviy, arzon va ishonchli elektr ta’minotidan foydalanishlari 100 foizga qadar ta’minlanadi. Ekologik jihatdan yaxshilangan motorli yoqilg‘i va avtomobil ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish kengaytiriladi, elektr transporti rivojlanadi[2]. Ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab olimlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqotlari o‘rganilgan. Xususan, Soderholm P. o‘zining “The Green Economy Transition: The Challenges of Technological Change for Sustainability” nomli maqolasida yashil iqtisodiyotning o‘sish va rivojlanishning alternativ modeli ekanligini ta’kidlab, “Yashil iqtisodiyot strategiyasining muhim komponentlaridan biri yashil texnologiyalarni rivojlantirish va ularni joriy etishni rag‘batlantirishdir” deya e’tirof etadi. Bu esa barqaror texnologik rivojlanishni amalga oshirish uchun texnologiyaga oid siyosatlarni ishlab chiqish va raqamlashtirish jarayonida siyosiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy omillarni inobatga olish muhimligini anglatadi[3]. Shuningdek, Ernest, Valery va A Bismark kabi olimlarning “Green Economy Implementation in Ghana as a Road Map for a Sustainable Developm
Доказательный фрагмент
«Maqolada Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari, O‘zbekiston ham iqlim o‘zgarishi ta’siriga qarshi himoyasiz ekanligi bayon etilib, ushbu tadqiqotning maqsadi "yashil" iqtisodiyot konsepsiyasiga bag‘ishlangan is…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari, O‘zbekiston ham iqlim o‘zgarishi ta’siriga qarshi himoyasiz ekanligi bayon etilib, ushbu tadqiqotning maqsadi "yashil" iqtisodiyot konsepsiyasiga bag‘ishlangan is… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yashil iqtisodiyot, yashil iqtisodiyotga, ishlab chiqarish, yashil sish, iqtisodiyotga tishning, tishning muhim, muhim vazifalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025