К содержанию
РецензированоUZ2025

MIRZACHO‘L IQTISODIY RAYONI SHAHARLARINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI

RIVOJLANISH TARIXI · Musayev Bekzod Murodovich · Saidova Ozoda Bobosherovna · Boltaboyeva Maysara Rashid qizi

Современная наука и исследования · 590 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy royoni shahar aholi manzilgohlari tarixi va hozirgi holati tahlil qilingan, shahar aholi manzilgohlarining rivojlanish davrlari bosqichlarga ajratilib, ularning o‘tmishi va bugungi holati hamda rivojlanish muammolari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Qo‘riq yerlar, qadimiy shahar, yangi shahar, urbanizatsiya, yirik shahar, shaharcha, aholi manzilgohlari, urbanizatsiya darajasi. XX asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari asosida Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni tashkil etildi. XX asrning oxirgi o‘ttiz yili Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni uchun o‘ziga xos rivojlanish davri hisoblanadi. Aynan ana shu davrda, qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi, munosabati bilan iqtisodiy rayonga qo‘shni viloyatlardan aholi ko‘chirilib keltirila boshlandi, natijada, yangi ko‘plab aholi manzilgohlari, shaharchalar hamda shaharlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Mirzacho‘lda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish natijasida shahar va qishloq aholi manzilgohlarining shakllanishini ko‘proq Sobiq ittifoq davri bilan bog‘lab kelinadi, biroq Mirzacho‘l atrofida antik davrlardan o‘troq hayot shakllanib, urbanistik jarayonlar paydo bo‘lganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Iqtisodiy rayon respublika hududining 5,7 foizini tashkil qiladi. Unda respublika aholisining 6,5 foizi istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida mintaqa aholi manzilgohlari son jihatdan emas aksincha sifat jihatdan o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi vaqtda bu yerda 78 ta shahar va shaharchalar mavjud bo‘lib, shahar aholi manzilgohlarida iqtisodiy rayon aholisining 45,4 foizi istiqomat qiladi. Eramizdan avvalgi II asrlarda Mirzacho‘lda urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishida Buyuk Ipak yo‘li muhim ahamiyat kasb etgan. Yunon-Makedon mustamlakasi ta’sirining kamayishi tufayli, Xitoyni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi savdo yo‘li Mirzacho‘lning janubiy qismidan o‘tib, Samarqand shahriga borgan. “Mirzacho‘l hududida qadimgi shaharlar uning janubida savdo-aloqa yo‘llari tufayli paydo bo‘lgan. Buni biz Xo‘jand – Jizzax yo‘nalishida ilk o‘rta asrlarda yirik savdo markazlari bo‘lgan Savat, Jizzax, Xovos, Kurkat, Bunjikat kabi shaharlar misolida ko‘rishimiz mumkin”[1, 7-s.]. Mirzacho‘lning Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan hududlarida yangi yerlar o‘zlashtirilib aholi o‘troqlasha boshlagan, karvonsaroy, qal’a-qo‘rg‘onlar bunyod etishgan hamda shaharsozlik rivojlanib borgan. Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining Sirdaryo viloyati hududi o‘rta asrlarda shimoliy Ustrushona tarkibiga kirgan va hududning katta qismi cho‘l bo‘lishiga qaramasdan, bu yerlarda robotlar, karvonsaroylar, tog‘ oldi hududlarida esa o‘rta asrlarda bir qator qal’a – qo‘rg‘onlar, shaharlar qad rostlagan. Arab sayyoh olimlari Istaxriy va ibn Havqallarning ma’lumotlariga ko‘ra, Ustrushonaning poytaxti Bunjikat shahri hisoblangan. Shahar maydoni 6 - 8 km atrofida bo‘lgan, uylar va boshqa imoratlar paxsa va yog‘ochdan qurilgan bo‘lgan, shahar ikki qator devor bilan o‘ralgan. Shaharda saroylar, uy joylar, bog‘lar, uzumzorlar, masjid va qamoxona bo‘lgan. Shahar 134 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” devorida to‘rtta darvoza Zomin, Marsmanda, Nujket va Kaxlobod yo‘nalishida bo‘lgan. Ustrushonaning ikkinchi yirik shahri Zomin bo‘lib, Farg‘onadan So‘g‘dga olib boradigan katta yo‘l bo‘yida joylashgandir. O‘rta asr manbalarida Zomindan keyin Dizak tilga olinadi. O‘rta asrlarda Dizak rabotlari va jundan tayyorlangan kiyimlari bilan mashhur bo‘lgan. Arxeolog olimlarimizning ilmiy izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, Mirzacho‘lda ayrim bir shaharlar miloddan avvalgi VII va VI asrlardayoq mavjud bo‘lgan bo‘lib, bular Xovos, Jizzax shaharlaridir. A.A.Gritsinaning ta’rificha qadimiy “Xovos va Jizzax shaharlari miloddan oldingi asrlardayoq, hattoki Aleksandr zamonasigacha, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib antik va ilk o‘rta asrlarda ham o‘z faoliyatini davom ettirgan”[1, 5s]. Mirzacho‘ldagi Jizzax, Zomin kabi shaharlarning qadimdan to hozirgi kungacha taraqqiyoti davom etayotganligiga sabab bunga ularning iqtisodiy geografik o‘rnining (IGO‘) nisbatan qulayligi ham sabab bo‘lgan. Jizzax shahrining IGO‘ni qulayligi iqtisodiy rayondagi eng yirik shaharlardan biri bo‘lishiga olib keldi. Mirzacho‘l iqtisodiy rayonidagi shahar aholi manzilgohlarining tarixi ming yilliklarni o‘z ichiga olsada, biroq zamonaviy urbanizatsiyaning rivojlanishi XX asrda sodir bo‘ldi. Shuningdek qadimda iqtisodiy rayon shaharlari Respublikaning boshqa shaharlari singari an’anaviy savdo va hunarmandchilik asosida rivojlanib kelgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, shaharlarning transport, sanoat, tabiiy resurs, kabi omillar asosida shakllanishi kuzatildi. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni aholi manzilgohlari, shahar va shaharchalarning rivojlanishi va joylanishini 4 davrga bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular: 1. Sobiq Ittifoq tashkil etilguncha bo‘lgan davr (1917 yilgacha.); 2. Sobiq Ittifoq davri (1917 y-1991 y.); 3. Mustaqillik davri (1991-2009 y.); 4. 2009 yilda aholi soni 2000 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq aholi manzilgo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy royoni shahar aholi manzilgohlari tarixi va hozirgi holati tahlil qilingan, shahar aholi manzilgohlarining rivojlanish davrlari bosqichlarga ajratilib, ularning o‘tmishi va bugungi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy royoni shahar aholi manzilgohlari tarixi va hozirgi holati tahlil qilingan, shahar aholi manzilgohlarining rivojlanish davrlari bosqichlarga ajratilib, ularning o‘tmishi va bugungi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yangi shahar, shaharcha, qadimiy shahar, urbanizatsiya darajasi., urbanizatsiya, yirik shahar, aholi manzilgohlari, Qo‘riq yerlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники