К содержанию
РецензированоUZ2022

MIRZACHO‘L IQTISODIY RAYONI SHAHARLARI TO‘RI VA TARKIBINING PROGNOZI

Musayev Bekzod Murodovich · Xaydarova Xolnisa Isroilovna · Oʻrozqulov Zovqiddin Sherzod oʻgʻli

Современная наука и исследования · 590 · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlardagi demografik jarayonlarning holati, aholi soni va dinamikasidagi o‘zgarishlar, aholi tarkibi, tabiiy va mexanik harakati va uning istiqboldagi ko‘rinishlari prognoz qilingan. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlaridagi prognozlash shaharlarning kelajakda rivojlanishi, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy – iqtisodiy hamda ekologik muammolarning oldini olish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: Shahar, shaharcha, shahar aholi manzilgohi, prognoz, prognozlashtirish, demografik jaryonlar, ekstrapolyatsiya usuli, o‘rta shahar, katta shahar. Shaharlardagi demografik jarayonlarning holati, aholi soni va dinamikasidagi o‘zgarishlar, aholi tarkibi, tabiiy va mexanik harakati va uning istiqboldagi ko‘rinishlarini, shaharlar aholisini prognoz qilish orqali ko‘rsatib berish mumkin. Prognozlash shaharlarning kelajakda rivojlanishi, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy – iqtisodiy hamda ekologik muammolarning oldini olish imkonini beradi. Shuningdek shaharlar uchun eng dolzarb bo‘lgan ish o‘rinlarini yaratish, uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim maskanlarini hamda shifoxonalar qurish kabi ishlarni oldindan rejalashtirishda, shaharlar aholisini prognozlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili hududlarning muammolari va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda taraqqiyot dasturlarini ishlab chiqish» vazifasi belgilab qo‘yilgan [1]. Mazkur taraqqiyot dasturlari asosini hududlar, xususan, shaharlar aholisining soni, yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlarni prognoz qilish ishlari tashkil etadi. Prognozlashtirish ishlari hukumat tomonidan shaharlarning rivojlantirish istiqbollarini ko‘rish bilan birga ularning kelajakdagi rivojlanish dasturlarini ham ishlab chiqishga turtki beradi. Hukumat tomonidan prognozlashtirish ishlarida shaharlarni prognoz qilish boshqa prognozlar ichida alohida ajralib turadi, chunki shaharlar har bir davlatning suyanchi va tayanchi hisoblanadi. O‘zbekistonda shahar aholisini prognoz qilish ishlari bilan respublikada prof. A.S.Soliyev, E.A.Axmedov, Z.Rayimjonov, X.Tursunov. ohirgi yillarda A.M.Mavlonov, P.R.Qurbonov, S.S.Zokirov, M.M.Egamberdiyeva, S.K.Tashtayeva kabi olimlar tamonidan turli shahar aholi manzilgohlari doirasida, turli variantlar, metodlar yordamida amalga oshirilgan. Xususan, bu olimlardan P.R.Qurbonov Janubiy O‘zbekiston shaharlar to‘ri va tarkibini prognoz qilgan bo‘lsa, S.S.Zokirov O‘rta muddatli istiqbol davrida O‘zbekiston shaharlari aholisi sonining o‘sish prognozlarini amalga oshirgan. S.K.Tashtayeva esa O‘zbekiston Respublikasi shahar aglomeratsiyalari rivojlanishining prognozlari bilan shug‘ullangan. Ma’lumki, shaharlar aholisi sonini prognoz qilishda juda ko‘plab metodlardan foydalanish mumkin. Jumladan, P.R.Qurbonov hamda S.K.Tashtayeva ilmiy tadqiqot ishining prognozida ekstrapolyatsiya usulidan foydalangan bo‘lsa, S.S.Zokirov yosh surish usulini ishlatgan. So‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida, Mirzacho‘l 129 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL iqtisodiy rayonida ham ko‘plab ishlab chiqarish va infratuzilma ob’ektlari, masalan, Jizzax maxsus industrial iqtisodiy zonasining tashkil etilishi tufayli, ko‘plab sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. Mazkur ob’ektlarning qurilishi, nafaqat, iqtisodiy rayon iqtisodiyotining yuksalishiga, shuningdek, urbanizatsiya va shahar hosil bo‘lish jaryonlarining rivojlanib borishiga ham ijobiy ta’sir qildi va qilmoqda. Biroq Mirzacho‘l iqtisodiy rayonida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan mutanosib holda aholi soni ham ko‘payib bormoqda, 2010-2021 yillarda ushbu hududda aholining o‘rtacha yillik ko‘payishi 1,60 foiz bo‘lgan bo‘lsa, shundan qishloq joylarida 1,70 foizga, shaharlarida esa 1,55 foizga teng bo‘ldi. Shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kelajak dasturlarini tuzish, rejalashtirish ishlarida ushbu hududlarda yashovchi aholi soni, tarkibi, joylanishi, demografik jarayonlardagi o‘zgarishlarning hisobini oldindan bilish muhim hisoblanadi. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari miqyosida 2020 – 2050 yillarga ekstrapolyatsiya usulida prognoz ishlari amalga oshirildi. Bunda 2010-2020 yillardagi shahar aholi soni tug‘ilish va o‘lim dinamikasidagi ko‘rsatkichlar manba sifatida olingan. Prognoz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilga kelib shaharlar aholisi soni 564,4 ming kishiga oshib, jami shahar aholi manzilgohlaridagi ulushi esa 49,8 foizga o‘sishi kutiladi. Shuningdek, ushbu prognoz yillarida Guliston shahri «o‘rta shahar» maqomidan «katta shahar» maqomini olishi mumkin. Gagarin va Do‘stlik shaharlarining aholisi soni 20 ming kishidan ortishi munosabati bilan, bu shaharlar, aholi soni jihatidan «kichik shahar» maqomidan «yarim o‘rta shahar» maqomiga o‘tadi. Mazkur davrda shaharlarda aholi soni 2020 yilga nisbatan 2025 yilda 111,5 foizga o‘sadi, o‘rtacha yillik ko‘payish sur

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlardagi demografik jarayonlarning holati, aholi soni va dinamikasidagi o‘zgarishlar, aholi tarkibi, tabiiy va mexanik harakati va uning istiqboldagi ko‘rinishlari progn…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlardagi demografik jarayonlarning holati, aholi soni va dinamikasidagi o‘zgarishlar, aholi tarkibi, tabiiy va mexanik harakati va uning istiqboldagi ko‘rinishlari progn… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shahar, prognozlashtirish, prognoz, shaharcha, o‘rta shahar, shahar aholi manzilgohi, demografik jaryonlar, ekstrapolyatsiya usuli, katta shahar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники