Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TUPROQLARDA UCHRAYDIGAN AYRIM KIMYOVIY ELEMENTLARNING INSON SALOMATLIGIGA TAʼSIRI URGUT TUMANI MISOLIDA
Mirzaliyev Sindor Rajabovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Maqolada Urgut tumani 6 ta hududining tuproqlari tarkibida uchraydigan radioaktiv elementlar miqdorining miqdori, va uni tuman aholisi salomatligiga taʼsiri yoritilgan. Kalit soʻzlar: radioaktiv elementlar, tuproq ning kimyoviy tarkibi, inson salomatligi, atrof- muhit, kimyoviy elementlar. Kirish. Togʻli hududlarni geografik jihatdan oʻrganishda bir qancha olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Bu borada ayniqsa, Oʻzbekiston tabiiy-geograf olimlaridan A.A.Abulqosimov, L.A.Alibekov, L. N. Babushkin, B.A.Baxritdinov, X.Vaxobov, P.Gʻulomov, N.D.Dolimov, Sh.S.Zokirov, M.Qoriev, N.A.Kogay, N.Korjenevskiy, M.Mamatkulov, A.M.Nigʻmatov, S.Nishonov, O.Yu.Poslavskaya, A.A.Rafikov, va boshqalarning ishlari muhim ahamiyat kasb etadi [Mirzaliyev, S. R. 2024]. Ma’lumki, tadqiqot ob’ekti hisoblangan Urgut tumani hududi togʻ, togʻoldi va tekislik hududlaridan iborat. Taniqli iqtisodiy geograf olim T.Jumayev togʻ tumanlarini guruhlarga ajratgandi mazkur tumanni baland togʻ tumani deb ataydi [Mirzaliyev, S. R, Karimov, Y. T, & Juraxujayev, D. D. 2023]. Bunga sabab tumananing hududi Zarafshon tog‘ tizmalarining davomi bo‘lgan Chaqilikalon va Qoratepa tog‘larining yon bag‘irlarida, o‘rtacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, janub va g‘arbiy qismlari past-baland tekislik bo‘lib joylashgan bo‘lib, bir qancha soyliklar mavjud. Tog‘ yonbag‘irlari esa slanes va ohaktosh qoyalaridan iborat. Adirlar g‘ovak va bo‘sh cho‘kindi jinslardan tashkil topgan. Adirlardagi soylarning vodiylari keng [Mirzaliyev, S. R, Ochilova, M. S. va Sobirova, M. A. (2024]. Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda g‘orlar (Kiev tri va b.) bor. Chaqilqalon, Qoratepa oʻrtacha balandlikdagi togʻlar sinfiga kiradi. Bu togʻlar gersin burmalanishida shakllangan boʻlib, ularning balandligi bir-biridan farq qilsa ham geologik tarixi boʻyicha bir-birlariga oʻxshash [Эшқувватов Б.Б. 2020]. Togʻlarning geologik tuzilishida slaneslar ustunlik qiladi, shu jihatdan bu togʻlar Qoratepa togʻlaridan birmuncha farq qiladi. Togʻning mutlaq balandligi 2350 m dan, baʼzan 2590 m gacha yetadi, faqat togʻ massivining gʻarbiy qismida suvayirgʻich chizigʻi 1700 m gacha tushadi [Nuray Dag, Omer Kagan Arici. 2021]. Tuman hududida Chaqilkalon-Qoratepa togʻlar va ularning adir, togʻoldi tekislik va yoyilma landshaftlarni oʻz ichiga oladi. Hudud relyefi kuchli parchalangan, togʻoldi hududlari toʻlqinsimon boʻlib, quruq va doimiy oqar soylar bilan kuchli parchalangan, yer yuzasining qiyaligi 1-50, yoyilmalarda qiyalig 1-120 ni tashkil etadi. Hududning dengiz sathidan balandligi 700-1000 m. Tuprogʻi asosan toʻq tusli va tipik boʻz tuproq [Hinojosa M.B., Carreira J.A., Ruız R.G., and Dick R.P. 2004]. Urgut tumani tuproqlari asosan tog‘oldi va tog‘ tizmalarida joylashgan bo‘lib, ularning tarkibi va unumdorligi tabiiy-geografik sharoitga bog‘liq. Tuman hududi tog‘lar, vodiylar va tekisliklardan iborat bo‘lib, tuproq zonalligi ham shunga mos keladi. Tuproqning ogʻir metallar bilan ifloslanishiga turli metallar, xususan Cu, Ni, Cd, Zn, Cr, Pb sabab boʻladi [6]. Radioaktiv 126 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” elementlar asosiy biologik jarayonlarga taʼsir qilish orqali tuproq biotasiga toksik taʼsir koʻrsatadi va tuproq mikroorganizmlarining soni va faolligini kamaytiradi. [Yao H., Xu J., Huang C. 2003]. Tadqiqot davomida Urgut tumani tuproqlari bilan bogʻliq tahlillar olib borilganda quyidagi natijalar koʻzga tashlandi (1-jadval). 1-jadval Urgut tumani tuproqlarida aniqlangan radioaktiv elementlarning nomlanishi natijalar (tarkibi) % Radioaktiv Jartepa Saygʻus Qorabuloq Omonquton Beshkapa Muminobod elementlar (Choʻbot) Dy* 0,0003 0,0002 0,0003 0,0002 0,0003 0,0003 Er* 0,0002 0,0001 0,0002 0,0001 0,0002 0,0002 Nd* 0,0021 0,0015 0,0017 0,0015 0,0022 0,0018 Sr 0,0154 0,0235 0,0157 0,0123 0,0141 0,0201 Izoh: jadval Samarqand viloyat Regionalgeologiya DM Analitik labaratoriya majmuasi tahlillari (2024) asosida muallif tomonidan tuzilgan. 1. Tadqiqot davomida tuproqlardan olingan naʼmunalarida radioaktiv minerallar aniqlandi. Ulardan disproziy boʻlib tabiatda eng koʻp tarqalgan lantanid elementlaridan biri hisoblanib, qalaydan ikki baravar koʻproqdir. Bilamizki, disproziy hech qachon erkin element sifatida uchramaydi, lekin koʻplab minerallarda mavjud. Shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, disproziyning biologik roli yoʻq. Eriydigan disproziy tuzlari ogʻiz orqali qabul qilinganda yengil zaharli, erimaydigan tuzlar esa toksik emas. Sichqonlarda oʻtkazilgan zaharlilik testlaridan maʼlum boʻlishicha, inson hayotini xavf ostiga qoʻyish uchun 500 gramm yoki undan ortiq doza kerak boʻladi. [J. P. Riley and Skirrow G. 1965]. Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibtiki, tadqiqot olib borilgan hududlar tuproqlarida bu radioaktiv element geografik oʻrni togʻoldi va tekislik boʻlgan Jartepa, Qorabuloq, Beshkapa va Muminobodda bir hil yaʼni, tuproqning 0,0003 % ini 0,03 mg/kg ni tashkil qildi. Togʻ hududlarida, Saygʻus va Omonqutonda bu koʻrsatkich pastroq 0,0002% ni yoki 0,02 mg/kg ni tash
Доказательный фрагмент
«Maqolada Urgut tumani 6 ta hududining tuproqlari tarkibida uchraydigan radioaktiv elementlar miqdorining miqdori, va uni tuman aholisi salomatligiga taʼsiri yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Urgut tumani 6 ta hududining tuproqlari tarkibida uchraydigan radioaktiv elementlar miqdorining miqdori, va uni tuman aholisi salomatligiga taʼsiri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tuproq ning kimyoviy tarkibi, v elementlar, radioaktiv elementlar, kimyoviy elementlar., atrofmuhit, inson salomatligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025