К содержанию
РецензированоUZ2023

XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO‘JALIGINING TARMOQLARI VA HUDUDLAR BO‘YICHA IXTISOSLASHUVI

BO‘YICHA IXTISOSLASHUVI

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

Mazkur maqolada Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, ularning rivojlanish holati hamda hududlar bo‘yicha ixtisoslashuvi o‘rganilgan. Statistika ma'lumotlari asosida viloyat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni tahlil qilinib, tarmoqlararo va hududlararo farqlar ilmiy asosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Xorazm viloyati, qishloq xo‘jaligi, ixtisoslashuv, tarmoq, agroiqtisodiyot, hududiy farq. Xorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Viloyatning iqlimiy sharoiti, suv resurslari va unumdor yerlar mavjudligi qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishga qulay zamin yaratgan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida hududlar bo‘yicha ixtisoslashuv kuzatiladi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yakunlariga qadar Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 13,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Uning 58,2 foizi dehqonchilikka, 41,8 foizi chorvachilikka to‘g‘ri keladi. Hududdagi dehqonchilik tarmoqlari ichida paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik va bog‘dorchilik asosiy o‘rin tutadi. 1-jadval Xorazm viloyatida qishloq xoʻjaligining asosiy koʻrsatkichlari 2010 yil 2015 yil 2020 yil 2024 Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni, 228,5 232,5 216,8 253,2 ming gektar Qishloq xo‘jaligi mahsuloti, mlrd. so‘m 1932,2 6215,7 16258,9 28490,6 shu jumladan: dehqonchilik 995,4 3134,5 7306,7 12750,4 chorvachilik 936,8 3081,2 8952,2 15740,2 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur'ati, o‘tgan yilga 102,5 105,5 101,7 102,9 nisbatan foizda shu jumladan: dehqonchilik 101,0 104,7 101,0 102,7 chorvachilik 104,4 106,2 102,3 103,1 Mazkur jadval Xorazm viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlari asosida tuzilgan. Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibtiki, 2010-yildan 2024-yilgacha ekin maydoni 10,8% ga o‘sib, 253,2 ming gektarga yetgan. 2020-yilga kelib biroz qisqarish kuzatilgan bo‘lsa-da, keyingi yillarda dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlari ko‘paygani, sug‘oriladigan yerlar 123 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL yaxshilanganini anglatadi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi 2010-yildan 2024-yilgacha 14,75 baravarga oshgan. Bu o‘sish qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining rivojlanishi, subsidiyalar hajmining ortishi va qishloq infratuzilmasining yaxshilanishi bilan izohlanadi. Yillik o‘sish sur’atlari qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa 2015-yilda yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan — bu yilda umumiy o‘sish 105,5%, chorvachilik esa 106,2% ni tashkil qilgan. 2020-yil pandemiya ta’siri ostida o‘sish biroz pasaygan bo‘lsa-da, 2024-yilga kelib yana tiklangan. Chorvachilik mahsuloti 2010–2024-yillarda 16,8 baravarga ko‘paygan bo‘lsa, dehqonchilik mahsulotlari 12,8 baravarga oshgan. Bu esa chorvachilikning nisbatan jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Shuni ham aytish kerakki, viloyatdagi tumanlar turli qishloq xo‘jalik tarmoqlariga ixtisoslashgan. Ulardan, Urganch tumani paxtachilik va bog‘dorchilik yetakchi tarmoqlardan. Ushbu hududda zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilmoqda. Xiva tumani esa sabzavotchilik va uzumchilik bo‘yicha ixtisoslashgan. Xivada mahalliy sortlar yetishtirilishi keng yo‘lga qo‘yilgan. Hazorasp tumanida chorvachilik, ayniqsa qoramolchilik va parrandachilik rivojlangan. Bu yerda zamonaviy mini-fermalar faoliyat yuritmoqda. Gurlan tumanida g‘allachilik, kartoshkachilik va uzumchilik yo‘nalishlari ustunlik qilsa, Bog‘ot tumanida bog‘dorchilik, asalarichilik va sabzavotchilik tarmoqlari rivojlangan. Tarmoqlar bo‘yicha tahliliga qaraydigan boʻlsak, paxtachilik 2023-yilda viloyatda 105 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi, bu O‘zbekiston bo‘yicha umumiy hajmning 8,3 foizini tashkil etdi. G‘allachilik esa 92 ming tonna bug‘doy hosili olingan, shundan 60% Gurlan va Yangibozor tumanlariga to‘g‘ri keladi. Chorvachilikda 2023-yilda qoramol soni 660 ming boshni, parrandalar esa 8,1 million boshni tashkil etdi. Meva-sabzavotchilik esa 2023-yilda 175 ming tonna sabzavot, 25 ming tonna meva yetishtirildi. 2-jadval Tumanlar kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning oʻsish surʼatlari. (oʻtgan yilga nisbatan foizda) Hududlar 2010 yil 2015 yil 2020 yil 2024 yil Xorazm viloyati 102,5 105,5 101,7 102,9 Urganch sh 104,8 104,6 100,8 101,1 Xiva sh. 101,3 100,7 tumanlar: Bog‘ot 106,1 104,9 101,7 105,3 Gurlan 94,5 105,3 103,7 99,5 Qo‘shko‘pir 108,2 105,4 101,0 101,4 Urganch 102,1 106,0 102,6 104,5 Xazorasp 100,3 105,8 101,7 102,7 Tuproqqal'a 99,7 106,2 Xonqa 104,9 105,0 101,9 103,0 Xiva 102,5 101,5 99,7 105,0 Shovot 102,4 106,3 102,1 103,6 Yangiariq 104,8 105,3 100,5 102,9 Yangibozor 101,7 105,3 102,4 100,9 Mazkur jadval Xorazm viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlari asosida tuzilgan. 124 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Xorazm

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, ularning rivojlanish holati hamda hududlar bo‘yicha ixtisoslashuvi o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, ularning rivojlanish holati hamda hududlar bo‘yicha ixtisoslashuvi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Xorazm viloyati, tarmoq, hududiy farq., qishloq xo‘jaligi, agroiqtisodiyot, ixtisoslashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники