К содержанию
РецензированоUZ2026

TOG‘OLDI TEKISLIKLARI LANDSHAFTLARINING SHAKLLANISHI HAMDA GEOGRAFIK TARQALISHI

GEOGRAFIK TARQALISHI · Ikromova Azizaxon Ikromjon qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tog‘oldi tekisliklarining shakllanishi, ularning xillari va kelib chiqishi, tog‘oldi tekisliklari landshaftlarining geografik tarqalishi va unga tas’ir etuvchi omillar, ularning hozirgi kundagi geoekologik holati va ularni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: tog‘oldi tekisliklari, tog‘ sistemalari, prollyuvial yonbag‘irlar, allyuvial tekisliklar, landshaftlar, geoekologiya, gorizontal defferensiyalanish, vertikal differensiyalanish Tog ‘oldi tekisliklari-murakkab tabiiy jarayonlar natijasida shakllangan, arid va yarim arid iqlim sharoitida tog‘oldi hududlarda tub jinslarning nurashidan hosil bo ‘lgan mahsulotlarni yomg‘ir va qor suvlari tog‘ yonbag‘irlaridan oqizib tushib, tog‘ etagida to‘planishdan paydo bo‘lgan relef shakli. Ular o‘zining relyefi, tuprog‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlim sharoitlariga ko‘ra turlicha bo‘lib, tabiiy va antropogen omillar tas’irida doimiy o‘zgarib boradi.Bu yerda shakllangan landshaftlar turli xil ekotizimlarni shakllantirib, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va suv resurslari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Togʻoldi tekisligi – togʻlarga tutash qiya tekislikdir. Ular akkumulyativ va denudasion xillarga ajratiladi. Akkumulyativ togʻoldi tekisliklari konus yoyilmalarining allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari usti shakllanadi. Denudasion togʻoldi tekisliklari esa togʻlar va platolarning qiyaligi kichik (3-5 0) boʻlgan, tub jinslardan tuzilgan yonbagʻirlarida shakllanadi[2;31-32.b]. O ‘zbekiston tog‘li qismi relyefining asosiy xususiyati bu-tog ‘ tizmalari bilan tog‘ oraliq botiqlari g‘arbga ochiq va shu tomonga balandligi pasayib boradigan tog‘ oldi tekisliklarining yonma-yon joylashganligidir. Yirik togʻoraligʻi botiqlarining tevarak-atrofini va togʻoldi zonalarini arid va yarimarid, shuningdek kontinental iqlim sharoitida vujudga kelgan, shakllangan va barqaror rivojlanib kelayotgan togʻoldi prolyuvial, allyuvial-prolyuvial qiya tekisliklar oʻrab olgan. Prolyuvial tekisliklar arid va yarimarid iqlim sharoitida togʻoldi hududlarda tub jinslarning nurashidan hosil boʻlgan mahsulotlarni yomgʻir va qor suvlari togʻ yonbagʻirlaridan oqizib tushib, togʻ etagida toʻplanishidan paydo boʻlgan relef shaklidir. Tog‘li hududda orografik tuzilishga ko‘ra: 1) tog‘ sistemalari, 2) tog‘ oralig‘i va tog‘ oldi botiqlari ajratiladi. O‘zbekistonda Tyanshan tarkibiga kiruvchi Chotqol-Qurama, Nurota-Turkiston, Hisor-Zarafshon tog‘ sistemalari ajratiladi. O‘zbekiston tekisliklaridan tog‘lar yonbag‘rib o‘ylab ko‘tarilib brogan sari umumiy iqlim sharoitlarining o‘zgarib borishi kuzatiladi. Yani yuqoriga ko ‘tarilgan sari issiq iqlim iliq iqlim bilan, keyin tog‘larning yuqori qismida esa sovuq iqlim bilan almashinadi. O‘zbekistonning cho‘l zonasining janubida, janubi-sharqida va sharqida tog‘ oldi balandliklari va tog‘lar joylashgan. Bular G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmalari, Hisor, Zarafshon, Turkiston, Nurota tog‘lari va tog‘ oralig‘i botiqlaridan iborat bo‘lib, ularning mutloq balandligi 300 metrdan 4648 metrgacha boradi [5.10- 15]. 113 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Tog‘oldi tekisliklari uzoq muddatli geologik jarayonlar, iqlimiy o‘zgarishlar va daryo faoliyati natijasida shakllangan. Geologik omillar ta ‘sirida tog‘larning asta-sekin yemirilishi va tog‘ jinslarining parchalanishi natijasida pastlik hududlarga tuproq va cho‘kindilar tushadi. Seysmik faollik tufayli ba’zi hududlarda tektonik ko ‘tarilish va cho‘kish jarayonlari kuzatiladi. Magmatik va metamorfik jinslar eroziya natijasida tog‘ oldi tekisliklarida o‘rtacha mayda jinslarga aylanishi mumkin. Iqlimiy omillar ta’sirida yog‘inlar va shamollar tog‘ oldi tekisliklarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Qurg‘oqchil hududlarda shamol eroziyasi tuproq qatlamini shakllantirishda katta ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan hududlarda esa daryo va sel oqimlari tog‘ jinslarini yuvib, unumdor tekisliklarni hosil qiladi. Tog‘oldi tekisliklari relyefi tekis, yassi yoki biroz qiya bo‘lishi mumkin. Biz hozir ularning bir nechta shakllarini ko‘rib o‘tamiz. Prolyuvial yonbag‘irlar-tog‘ etaklaridan tushgan shag‘al, qum va tuproqning yotqizilishi natijasida hosil bo‘lgan tekislik. Alluvial vodiy tekisliklari-daryolar tomonidan olib kelingan cho‘kindilar tufayli hosil bo‘lgan, unumdor yerlarga ega pasttekisliklar. O‘zbekiston hududi asosan tekislikdan iborat bo‘lsada, sharqiy va janubi-sharqiy qismlari tog‘ va tog‘oldi tekisliklari bilan ajralib turadi. Ular asosan Tyanshan, Pomir-Oloy, Hisor tog‘ tizmalari va Zarafshon vodiysi atrofida keng tarqalgan. O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘lik qismlari orografik, geologik, geomorfologik, iqlimiy, gidrografik xususiyatlari, o‘simlik va tuproq qoplamining rang-barangligi bilan ajiralib turadi. Shunga qarab O‘zbekiston landshaftlari ham relefga bog‘liq ravishda morfotektonik belgilariga ko‘ra tekislik va tog‘ landshaftlariga bo‘linadi. O‘zbekiston tog‘oldi tekislik landshaftlarining bir mechta asosiy turlari mavjud bo‘l

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tog‘oldi tekisliklarining shakllanishi, ularning xillari va kelib chiqishi, tog‘oldi tekisliklari landshaftlarining geografik tarqalishi va unga tas’ir etuvchi omillar, ularning hozirgi kundagi geoekolo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tog‘oldi tekisliklarining shakllanishi, ularning xillari va kelib chiqishi, tog‘oldi tekisliklari landshaftlarining geografik tarqalishi va unga tas’ir etuvchi omillar, ularning hozirgi kundagi geoekolo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prollyuvial yonbag‘irlar, gorizontal defferensiyalanish, vertikal differensiyalanish, landshaftlar, tog‘ sistemalari, tog‘oldi tekisliklari, allyuvial tekisliklar, geoekologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники