Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIRDARYO HAVZASI KOLLEKTOR-ZOVUR SUVLARI HOLATINI BAHOLASH (O‘ZBEKISTON HUDUDI)
Gapporov Xayrillo Lutpillaevich. · Qulmatov Rashid Anorovich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Maqolada Sirdaryo havzasida hosil bo‘layotgan kollektor-zovur suv hajmi, uning minerallashuvi va umumiy tuz miqdori orqali havzadagi kollektor-zovur suvlarining holatini baholash yoritilgan. Kalit so‘zlar: Sirdaryo, kollektor-zovur suvlari, minerallashuv, sifat o‘zgarishlari. Markaziy Osiyo davlatlarining sug‘oriladigan yerlaridan yiliga 55,0-60,0 million tonna, jumladan Sirdaryo daryosi havzasidagi sug‘oriladigan yerlardan 18,25-22,10 million tonna tuzlar tushib, suv va tuproqlarning sho‘rlanish darajasi ortishiga sabab bo‘lmoqda. Tuzlar tarkibida kalsiy gidrokarbonat, kalsiy, magniy, natriy sulfat va natriy xloridning miqdori yuqoriligi aniqlangan[1]. Sirdaryo va Amudaryo daryolari suvlariga qishloq xo‘jaligi faoliyatining daryo suvi sifatiga ta’siri o‘rganilganda, qishloq xo‘jaligi faoliyati, jumladan o‘g‘itlar va pestitsidlardan foydalanish daryolar suvi sifatining o‘zgarishining asosiy sababi bo‘lib, yuqori oqimdan quyi oqimga o‘tgan sari minerallashuvi va moddalar miqdorining ortishi aniqlangan [2]. O‘zbekistonning turli hududlarida daryo suvlarining ifloslanish darajasini tahlil qilish bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Jumladan, Sirdaryo daryosi havzasi kollektor-zovur suvlarining miqdor va sifat jihatidan baholash, qishloq xo‘jaligi faoliyatining suv sifatiga ta’siri, sug‘oriladigan hududlarda tuproq sho‘rlanishi, Sirdaryo deltasining gidroekologik holatini baholash, Amudaryodagi og‘ir metallar miqdorini tahlil qilish ishlari amalga oshirilgan [2, 3-10]. R.Qulmatov va boshqalar tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari sugoriladigan yerlaridan xosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining sifat ko‘rsatkichlarini ulardan qayta foydalanish maqsadida aniqlash va baholash bo‘yicha taqiqotlar o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalari Markaziy Mirzacho‘l zovur suvlari minerallashuvi 3,5 barobar, umumiy qattiqlik 4 barobarga oshganligi aniqlangan. Sirdaryo viloyatining kollektor-zovur suvlari Sirdaryoga borib quyilishi natijasida daryoning kuyi qismida umumiy qattiqlik 2,0 barobargacha, minerallashuv 1,2 barobarga oshishiga olib kelgan [6]. R.Qulmatov va boshqalar tomonidan Sirdaryo viloyatida iqlim o‘zgarishi ta’sirida sug‘oriladigan hududlarda tuproq sho‘rlanishining fazoviy va vaqt o‘zgarishi dinamikasini baholash uchun o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlarda tuproq sho‘rlanishining vaqt va makon bo‘yicha o‘zgarishini tahlil qilish uchun masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi o‘n yillikda tadqiqot hududida tuproq sho‘rlanish darajasi oshgan, yog‘ingarchilik kam va harorat yuqori bo‘lgan joylarda yuqori sho‘rlanish darajasi kuzatilgan. Tadqiqotlar iqlim o‘zgarishining tuproq sho‘rlanish darajasiga ta’sirini yumshatish uchun sug‘oriladigan hududlarda boshqaruv usullarini takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan [7-10]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sirdaryo daryosining O‘zbekiston qismidagi suv resurslarining miqdori, sifat tarkibi o‘zgarishini, mazkur hudulda hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining 103 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL minerallashuvi va miqdorini vaqt va masofada o‘zgarishlarini baholash dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi Sirdaryo daryosi suvining miqdori, minerallashuvini aniqlash, suv resurslarining ifloslanishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillarni aniqlash, baholash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berishdan iborat. Sirdaryo havzasi suv resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun Sirdaryo daryosining O‘zbekiston qismi tadqiqot ob’ekti sifatida tanlab olingan. Tadqiqot ishlarida O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining yer usti suvlari sifati bo‘yicha ma’lumotlari, Suv xo‘jaligi vazirligining kollektor tarmoqlari haqidagi birlamchi ma’lumotlari olindi. Olingan ma’lumotlar statistik qayta ishlangan. Sirdaryo havzasidagi hududlarda hosil bo‘ladigan kollektor-zovur suvlari bo‘yicha gidrologik va gidrokimyoviy ma’lumotlar yig‘ilib, ishlov berildi. Kollektor suvlarining o‘rtacha ko‘p yillik hajmi, ularning o‘rtacha minerallashuvi, chiqariladigan tuzlar miqdori aniqlandi. Sirdaryo daryosi suvi minerallashuvining yuqoridan quyiga qarab ortib borishining sabablaridan biri kollektor-zovur suvlarining daryoga kelib tushishi bilan bog‘liq. Sirdaryo daryosi havzasida hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining aksariyat qismi Sirdaryo daryosiga tushadi. Sirdaryo daryosi havzasida hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlari hajmi va minerallashuvini baholaganimizda quyidagilar aniqlandi. Sirdaryo havzasida hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining umumiy miqdori O‘zbekiston miqyosida yiliga o‘rtacha 11,7 km3, minerallashuvi 0,7-3,4 g/l tashkil kilgan. Mazkur havzada hosil bo‘ladigan kollektor-zovur suvlarining 78% gacha (9,1-9,2 km3) Norin, Qoradaryo, Chirchiq va Sirdaryo daryolariga quyiladi. Qolgan qismi 2,4-2,5 km3 asosan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga borib quyiladi. Eng katta hajmdagi kollektor-zovur oqimi Namangan —3,2 km2, Toshkent 3,1 km2 va Farg‘ona —2,7 km2 viloyat
Доказательный фрагмент
«Maqolada Sirdaryo havzasida hosil bo‘layotgan kollektor-zovur suv hajmi, uning minerallashuvi va umumiy tuz miqdori orqali havzadagi kollektor-zovur suvlarining holatini baholash yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Sirdaryo havzasida hosil bo‘layotgan kollektor-zovur suv hajmi, uning minerallashuvi va umumiy tuz miqdori orqali havzadagi kollektor-zovur suvlarining holatini baholash yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kollektor-zovur suvlari, minerallashuv, sifat o‘zgarishlari., Sirdaryo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025