К содержанию
РецензированоRU2026

OʻZBEKISTONNING TOGʻLI VA TOGʻOLDI HUDUDLARIDA SEL OQIMINING VUJUDGA KELISHI, UNING OQIBATLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Elyor Fayziyev · Jonibek Hasanov

Современная наука и исследования · 590 · 2026

Аннотация

Sel oqimi tog‘ vodiylari va soylardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqa-tosh aralash kuchli suv oqimi hisoblanib, sеl soylarning quyi tomoniga qum, shag`al, xarsang va loyqa aralashgan hosilalarni olib borib tashlaydi. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, aholi sonining keskin oshishi, yerlardan va tog‘ yonbag‘ridagi yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish kabi antropogen omillar sel xavfini yildan-yilga kuchayishiga olib kelmoqda. Shu sababli, sel xavf mavjud bo‘lgan tog‘li hududlarni chuqur tadqiq qilish, uning yuzaga kelish sabablari, oqibatlarini aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Kalit so‘zlar: melioratsiya, suffoziya, jarlanish, sel, jala, tog‘, dara, sel yotqiziqlari, elyuviy, delyuviy, evakuatsiya, toshqin, to‘g‘on, oqim. Kirish. Sеl oqimi to‘satdan paydo bo‘lib tog‘, dara va soylardan juda katta tеzlik (20-25 m/sеk) bilan pastga tomon harakatlanib va yo‘lida uchragan to‘siqlarni yemirib, oqizib kеtadigan tabiiy geografik jarayon bo‘lib, Sel oqimi sodir bo‘gan vaqtda o‘zandagi suvning loyqa oqimi 5-20 m gacha ko‘tarilishi mumkin. Sel oqimi bilan kelgan tog‘ jinslari odatda tog‘ etaklariga yoyilib prolyuviy yotqiziqlarni hosil qiladi. Tog‘ yonbag‘irlardagi hosil bo‘lgan elyuviy, delyuviy yotqiziqlar yomg‘ir suviga to‘yingandan so‘ng harakatga kelgan mahsulotlarni pastga oqizib tushadi. Sel faqat gil va katta-katta toshlarnigina emas, balki ildizi bo‘shroq o‘simlik va daraxtlarni ham oqizib keladi. Shuning uchun ham qadimdan selga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan bo‘lib, eng samarali chora-tadbirlardan biri tog‘ yonbag‘irlarida daraxtzorlar tashkil etish va selning tezligini kamaytiradigan sun’iy g‘ovlar qurishdan iboratdir. Sel oqimini vujudga keltiruvchi omillar. O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida Sel oqimi birinchidan, tabiiy-geografik omillar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bunday hududlarda relyefning tikligi, tog‘ etaklaridagi jarlik va soylar tarmog‘ining zichligi sel suvlarining tez oqib tushishini ta’minlaydi. Ayniqsa, Respublikamizda bahor oylarida tog‘lardagi qorlarning erishi va yomg‘irli kunlarning ketma-ket davom etishi sel xavfining yanada kuchayishiga olib kelasa, ikkinchidan so‘nggi o‘n yilliklarda global miqyosda sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari ham sel xavfining kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqlimshunos olimlar fikriga ko‘ra, global haroratning ko‘tarilishi natijasida yog‘ingarchiliklarning soni kamayayotgan bo‘lsa-da, ularning intensivligi ortib bormoqda. Bu esa qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik to‘planishiga sabab bo‘ladi, natijada yer sirti suvga to‘yinadi va Sel oqimi yuzaga keladi. Bundan tashqari, bahor mavsumida havo haroratidagi keskin o‘zgarishlari ham Sel oqimi vujudga kelish xafini kuchayishiga olib kelmoqda. Sel xavfini oshiruvchi yana bir muhim omil bu inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib tog‘li va tog‘ oldi hududlarda aholi sonining ortishi, tog‘ yaylovlarida chorva- 93 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL mollarining me’yoridan ortiq boqilishi, tog‘ yonbag‘irlarining insonlar tomonidan haydalib asosan lalmi ekinlarning ekilishi natijasida yerning tabiiy suvni yutish qobiliyati pasayib bormoqda. Bundan tashqari, daryo va soy yo‘llarini toraytirish, tabiiy o‘zanlarning to‘silishi, qurilish ishlarining noto‘g‘ri olib borilishi ham sel xavfini kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Sel oqimi halokatli tabiiy geografik jarayonlardan biri bo‘lib uning oqibatlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan aholi punktlarining qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Bundan tashqari, eng avvalo aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi. Uy-joylar, maktablar, kasalxonalar, infratuzilmalar, yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘ladi. Bu esa vaqtincha yashash joylariga ehtiyojni kuchaytiradi, migratsion oqimlarni yuzaga keltiradi va iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, 2019 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yuz bergan kuchli sel oqibatida yuzlab aholi uylari zarar ko‘rgan, mahalliy infratuzilma izdan chiqqan va qishloq xo‘jaligi yerlari yuvilib ketgan. Sel nafaqat moddiy zarar, balki ekologik muvozanatga ham katta tahdid soladi. Tog‘li hududlarda yuzaga kelgan sel oqibatida o‘simlik qoplami yo‘qoladi, tuproq eroziyasi kuchayadi, hayvonot dunyosiga zarar yetadi. Qor va muzliklar zonasi pastga siljiydi, natijada iqlim barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar o‘zgaradi. Shuningdek, suv resurslarining ifloslanishi ekologik barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi. Bugungi kunda sel xavf mavjud bo‘lgan tog‘li hududlarni chuqur tadqiq qilish va sel oqibatlarini oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Birinchi navbatda, qurilish me’yorlariga amal qilish ya’ni tog‘li hududlardagi xavfli zonalarda doimiy yashash yoki qurilish olib borishni taqiqlovchi bandlar

Доказательный фрагмент

«Sel oqimi tog‘ vodiylari va soylardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqa-tosh aralash kuchli suv oqimi hisoblanib, sеl soylarning quyi tomoniga qum, shag`al, xars…»

Образец извлечения

Демо-превью

Sel oqimi tog‘ vodiylari va soylardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqa-tosh aralash kuchli suv oqimi hisoblanib, sеl soylarning quyi tomoniga qum, shag`al, xars… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oqim., sel, delyuviy, evakuatsiya, toshqin, elyuviy, to‘g‘on, dara, sel yotqiziqlari, melioratsiya, jala, tog‘, suffoziya, jarlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники