Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB DARSLARIDA XARITA TUSHUNCHASI VA ULARNING TASNIFLANISHI
Anvar Ergashev · Dilnoza Tuxtamuratova
Современная наука и исследования · 1995
Аннотация
Ushbu maqolada umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 7-sinf geografiya fanidagi xaritalar mavzusini yoritish, xaritalarning xususiyati haqida ma’lumotlar berish va xaritalarning tasniflanishi haqida ma’lumotlar berilib, klaster usulida tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: xarita, geografik xarita, xaritalarning xususiyati, legenda, daraja toʻri, koordinata, masshtab, xaritaning turlari va tasniflanishi. Geografik xarita va atlaslar bugun bizning hayotimizdan mustahkam oʻrin olgan. Chunonchi, xorij va haftaning muhim voqealari, ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi holatlar haqidagi xabarlar, dala ishlari va ulkan qurilishlarning borishi haqidagi yangiliklar, dam olish kunlariga moʻljallangan turistik safarlar haqidagi maslahatlar va boshqa shu kabi ma’lumotlarni geografik xaritalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bunday xabarlarni geografik kartadan boshqa joyda toʻlaqonli berib boʻlmaydi [1]. Xarita termini yunoncha xartes (hartes - papirus qogʻozi) soʻzidan olingan lotincha "сharta" (qogʻoz, varaq) atamasidan kelib chiqqan. Yunonchada xarita, lotinchada charta, turkchada xarita shaklida qoʻllaniladi. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi oʻzbek tilida ham xarita boʻlsa etimologik jihatdan toʻgʻri boʻladi. Oʻzbek tilining imlo lugʻatida (Toshkent, "Oʻqituvchi" - 1995) ham "xarita" deb berilgan [2]. Xarita - Yer yuzasining, boshqa osmon jismlarining yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri boʻlib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan ob’ektlarni koʻrsatadi. Geografik xarita – Yerni yoki uni biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma’lum matematik qoidalar asosida biroz oʻzgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qogʻozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proyeksiyasi) boʻlib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarni geografik oʻrnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida oʻzgarishini, shuningdek ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni koʻrsatadi. Geografiya fanini oʻqitishda xaritaning ahamiyati oʻquvchilarga ijodiy tasavvur qilishni, yodda saqlashni, mantiqan fikrlashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganishni, xulosa qilish yoʻllarini oʻrgatadi. Kartografik asarlardan umumta’lim maktablarida oʻquvchilarning faolligini oshirishda, geografiyani kundalik hayot bilan bogʻlashda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy qurol sifatida foydalanish mumkin. Har qanday geografik tadqiqot karta bilan boshlanib, karta bilan tugallanadi. Kartalar sayyoramiz Yer haqidagi juda boy ma’lumotlarni qamrab oladi. Ular asosida quruqlik va okeanlarning oʻzaro joylashishi, hududiy uygʻunligi, katta-kichikligi, balandligi, mamlakatlar orasidagi transport-iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni, qushlarning bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtishini va shuningdek, boshqa shu kabi voqea va hodisalarni oʻrganish, tahlil qilish va bilish imkoniyati mavjud. 89 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Binobarin, kartalardan dunyo okeanining tubi, Yer qobigʻining tuzilishini, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan hududlarni koʻrish mumkin va hatto kelajakka ham nazar tashlash, fanni yanada rivojlantirish mumkin boʻladi. Geografik xaritalarni tasniflashda ularda tasvirlangan hududning maydoni, xaritaning masshtabi, mazmuni, maqsadi, matematik asosi, davri, nashr qilingan joyi, yili, tili va boshqa xususiyatlari asos qilib olinishi mumkin. Lekin koʻrsatilgan belgilardan geografik xaritalarni mazmuni va harakterini belgilovchi dastlabki toʻrtta belgi ancha muhimdir. Geografik (umumgeografik) xaritalar masshtabining yirik-maydaligiga qarab qoʻyidagi 3 ta guruh xaritalarga boʻlinadi. - yirik masshtabli (masshtabi 1:100 000 va undan yirik). - oʻrta masshtabli (masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha). - mayda masshtabli (masshtabi 1:1 000 000 dan mayda). Xaritalar ularda tasvirlangan hudud maydoniga koʻra: Dunyo, yarim sharlar, materiklar (qit’alar), okeanlardengizlar va alohida davlatlar xaritalari va boshqa xaritalarga boʻlinadi. Tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va ma’muriy-hududiy tamoyillarga (boʻlinishga) koʻra har bir davlat yoki materik xaritalarini yana guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, materiklarning tabiiy geografik rayonlari xaritasi, alohida davlatlarning tabiiy-geografik rayonlari xaritasi bunga misol boʻla oladi. Fargʻona, Chirchiq-Ohangaron, Mirzachoʻl, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qizilqum, Ustyurt va Quyi Amudaryoning xaritalarini Oʻzbekistonning tabiiy-geografik rayonlari xaritalariga misol qilib koʻrsatish mumkin. Toshkent, Mirzachoʻl, Samarqand, Fargʻona, Buxoro- Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Quyi Amudaryoning xaritalarini Oʻzbekistonning iqtisodiy- geografik rayonlari xaritalariga misol qilib koʻrsatish mumkin. Dunyo okeani xaritalari ham dastlab okeanlar yoki ularni havzalari va soʻngra alohida- dengizlar, qoʻltiqlar va boʻgʻozlar xaritalariga boʻlinadi. Alohida davlatning ma’muriy-hududiy boʻlinishi xaritalariga misol qilib Oʻzbekiston Respublikasi, Qor
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 7-sinf geografiya fanidagi xaritalar mavzusini yoritish, xaritalarning xususiyati haqida ma’lumotlar berish va xaritalarning tasniflanishi haqida ma’lumotlar berilib,…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 7-sinf geografiya fanidagi xaritalar mavzusini yoritish, xaritalarning xususiyati haqida ma’lumotlar berish va xaritalarning tasniflanishi haqida ma’lumotlar berilib,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xaritalarning xususiyati, koordinata, xaritaning turlari va tasniflanishi., daraja toʻri, legenda, xarita, geografik xarita, masshtab
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025