Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIY-GEOGRAFIK BAHOLASHNING AYRIM NAZARIY MASALALARI
Doʻsbekov Sirojiddin Komiljon oʻgʻli
Современная наука и исследования · 42-55 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tibbiy-geografik baholashning ayrim nazariy-metodologik jihatlari va bu yo‘nalishi doirasida tadqiqot olib borgan olimlarning ishlari qisqacha yoritilgan.Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarning nazariy asoslari bayon etilgan va mamlakatimizda tibbiy-geografik baholash ishlari yoritilgan. Kalit soʻzlar: Tibbiy-geografik baholash mezonlari, aholi salomatligi va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar, tibbiy-geografik monitoring, matematik va statistik formulalar. Hozirgi vaqtda tibbiy geografiyaning eng faol rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri — tibbiy-geografik tahlil bo‘lib, bu turli mintaqa va ma’muriy birliklar darajasidagi hududlarni tibbiy- geografik jihatdan baholash o‘tkazish orqali amalga oshiriladi [1,19 b.] Dastavval tibbiy-geografik baholash o‘tkaziladigan hududning chegaralariga aniqlik kiritish, tadqiqotning aniq maqsadlari, hududning geografik jihatdan o‘rganilganlik darajasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Global miqyosdagi tibbiy-geografik tadqiqotlar eng katta geografik komplekslar (tabiiy geografik qobiq, tabiat zonalari, tabiiy geografik o‘lkalar) misolida amalga oshiriladi [2,197 с.], yoki davlatlar chegaralarida [3, 42- 55 b.] Ma’lum bir mintaqaviy darajada tibbiy geografik baholash o‘tkazish orqali esa aholi salomatligi va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar mavjud ekanligini bilib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. Tibbiy-geografik baholash jarayonida statistik va kartografik ma’lumotlarga asoslanib, hududning tibbiy-geografik holatini yoritib beruvchi mavzuli xaritalar yaratish va statistik hisoblash formulalari, matematik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Mintaqalar doirasidagi tibbiy-geografik baholash ishlari bir qator hududlar bo‘yicha tadrijiy ravishta olib borilgan. Moldova Respublikasining kompleks tibbiy-geografik baholanishi E.S. Feldman tomonidan 1977-yilda amalga oshirilgan bo‘lsa, Belarus Respublikasini tibbiy-geografik jihatdan baholash ishlari S.I. Belov va N.S. Ratobilskiylar tomidan 1977-yilda chop etilgan monografiyasi alohida e’tiborga loyiq hisoblanadi. Nozogeografik majmualar bo‘yicha tibbiy- geografik baholash muammolariga K.N. Tokarevich, B.V. Vertinskiy, P.P. Perfilev (1975) [4,168 b.], V.V. Kucheruk (1976; 2006) [5,306 b.], E.V. Rotshild (1978) [6,192 b.], S.A. Kurolap (2000) [7, 52-58 b.] va boshqa soha tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ishlar shular jumlasidandir. XXI asr boshlarida mintaqalar darajasidagi tibbiy-geografik tahlilni amalga oshirishda baholash, ekologik ekspertiza,tibbiy-geografik monitoring va rayonlashtirish kabi usullar orqali tadqiqotlar davom etmoqda. S.M. Malxazova (2001) tomonidan aholi salomatligini kompleks baholash modeli ishlab chiqilgan bo‘lib , bu model tibbiy-geografik mezonlarga asoslangan bo‘lib, ekologik holati inqirozli vaziyatdagi hududlarni aniqlash,chora tadbirlar ,tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Baholash metodologiyasining asosiy xususiyatlari muammoni bosqichma-bosqich o‘rganib chiqish va “inson salomatligi - atrof-muhit” aloqadorligi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha tabiiy,iqtisodiy-ijtimoiy,ekologik omillarni kompleks tizimli tahlil qilish hamda yakuniy 86 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” natijalarni xaritalar ishlab chiqqan holda ishni yakunlash imkonini beradi. Butun dunyoda ekologik inqirozli vaziyatlarning asosiy sababi sifatida atrof-muhitning ifloslanishi ko‘rsatiladi. [8,400 b.] Shuning uchun antropogen omillarni tahlil qilishga tadqiqot ishlarida kengroq e'tibor qaratiladi. S.M. Malxazova va V.S.Tikunovlarning TGB ishlarida ikki hil yondashuvlarni guvohi bo‘lish mumkin. Birinchi yondashuv 1993-yilda Dog‘iston Respublikasi umumiy ekologik holatining juda keskin holatda ekanligi va aholining kasallanish darajasi juda yuqori darajasi qayd etishida umumiy omillar batafsil tahlil etilgan. Ikkinchi holatda esa alohida obyektning ya’ni Volga pasttekisligidagi Astraxan gaz-kondensat majmuasining aholi salomatliga ta’siri baholangan. Tadqiqotimiz davomida TGB ni amalga oshirishda birinchi yondashuvni asos qilib olishni ma’qul topildi.Bunday TGB ni o‘tkazish uchun quyidagi sxemada berilgan omillarni tahlil qilish zarur deb hisoblandi. Yuqorida TGB haqida so‘z yuritar ekanmiz, hududning nozogeografik holatiga ta’sir etuvchi tabiiy,iqtisodiy-ijtimoiy,ekologik omillarni kengroq o‘rganish va shu asosida TGB baholash olib borishni asosiy zamonaviy tadqiqotlarning pirovard maqsadi hisoblanadi. Respublikamizda nozogeografik omillarni tavsiflash, ma’muriy-hududiy birliklar va mintaqalar bo‘yicha omillarning o‘zgaruvchanligi hamda omillar tahlili yuzasidan tadqiqotlar olib borishda N.Q. Komilova ning ishlari salmoqliligi bilan ajralib turadi. N.Q. Komilova tomonidan ishlab chiqilgan nozogeografik vaziyatga tasir etuvchi omillar ko‘plab tadqiqotchilar uchun ilmiy- metodologik asos sifatida xizmat qilib kelmoqda. N.Q. Komilovaning takidlashicha, Oʻzbekiston Respu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tibbiy-geografik baholashning ayrim nazariy-metodologik jihatlari va bu yo‘nalishi doirasida tadqiqot olib borgan olimlarning ishlari qisqacha yoritilgan.Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy ish…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tibbiy-geografik baholashning ayrim nazariy-metodologik jihatlari va bu yo‘nalishi doirasida tadqiqot olib borgan olimlarning ishlari qisqacha yoritilgan.Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy ish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tibbiy-geografik baholash mezonlari, tibbiy-geografik monitoring, matematik va statistik formulalar., aholi salomatligi va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025