Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOSHKENT VILOYATI REKREATSIYASINING RIVOJLANISH PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Djurayeva Lobar Vaxitovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Maqolada Toshkent viloyating rekreatsion salohiyati ,tabiiy va madaniy turizm imkoniyatlari, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron kabi tumanlarda ekoturizm va tog‘ turizmi haqida malumotlar, 2024-2027 yillarda sayyohlar oqimi prognozi sonini ,uzgarish denamikasining pragnoz tahlili. urganilib ma’lumotlar berildi Kalit soʻzlar: prognoz tahlili ,Infratuzilma,investitsiyalar, sayyohlar oqimi , ekoturizm. rekreatsiya, barqaror rivojlanish, iqtisodiy tahlil, ekologik resurslar. Rekreatsiya inson faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida turmush sifati, sog‘liq va ruhiy holatni tiklashda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy urbanizatsiya, sanoatlashuv va ekologik muammolar fonida rekreatsion hududlarga bo‘lgan talab jadal oshib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston sharoitida bu jarayonlar turizm sohasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ayniqsa Toshkent viloyatida bu yo‘nalishdagi rivojlanish o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Toshkent viloyati geoiqtisodiy va geosiyosiy jihatdan qulay hudud hisoblanib, u yerda joylashgan tabiiy landshaftlar, tog‘li zonalar, tarixiy obidalar va ekologik tozaligi bilan ajralib turuvchi hududlar rekreatsion faoliyat uchun katta salohiyatga ega. Toshkent viloyatida rekreatsion turizm rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari avvalom bor rekreatsion salohiyat bilan chambarchas bog‘liqdir Rekreatsion salohiyat Rekreatsion salohiyat nima va uning asosiy tarkibiy qismlari .Rekreatsion salohiyat – bu muayyan hududning odamlarning dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi va turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini belgilovchi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy resurslar majmuasidir. Rekreatsion salohiyatning asosiy tarkibiy qismlari Tabiiy rekreatsion resurslar Tog‘lar, o‘rmonlar, daryolar, ko‘llar va boshqa tabiiy landshaftlar. Iqlim sharoiti (qulay harorat, toza havo, quyoshli kunlar soni).Mineralli suv manbalari va balneologik salohiyat. Madaniy-tarixiy resurslar Qadimiy me’moriy yodgorliklar, madaniy obidalar. Muzeylar, milliy festivallar va an’anaviy san’at turlari. Mahalliy oshxona va gastronomik turizm imkoniyatlari. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar Turizm infratuzilmasi (mehmonxonalar, sanatoriyalar, dam olish maskanlari).Transport tizimi (yo‘llar, aeroportlar, jamoat transporti).Xavfsizlik, tibbiy xizmat va boshqa qulayliklar.Ekologik omillar Hududning ekologik holati va tabiiy muhitning saqlanganl Ekoturizm imkoniyatlari va yashil turizm loyihalari.Qayta tiklanadigan energiya manbalari va ekologik toza dam olish joylari.Rekreatsion salohiyat hududning turizm imkoniyatlarini belgilab beradi va uning barqaror rivojlanishiga asos bo‘ladi. Toshkent viloyati tabiiy va madaniy turizm imkoniyatlari jihatidan boy hududlari Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron kabi tumanlarda ekoturizm va tog‘ turizmi jadal rivojlanmoqda. Bo‘stonliq tumani hududi togʻli relyefga ega bo‘lib, bu yerni shimoli-g‘arbiy Tyan-Shan tog‘ining Pskom va Ugom tizmalari o‘rab turadi. Hudud Tyan-Shan togʼ tizimidagi Ugom, Pskom, qisman Qorjontov (shimoli-sharqda), Chotqol (janubiy gʼarbda) tizmalari oraligʼida joylashgan. Togʼ oldi va togʼ etaklarining balandligi 600–800, uning eng baland nuqtasi (Beshtor togʼi) 4291 metrni tashkil etadi. 82 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Mintaqaning asosiy tizmalari orasidan Pskom daryosi oqib o‘tgan bo‘lib, u Chotqol bilan qoʻshilib, Chirchiq daryosini hosil qiladi. Pskom va Chotqol daryolari qoʼshilgan joyda elektr stansiyalari hamda Chorvoq suv ombori va gidrouzeli (toʼgʼoni), Gʻazalkent hamda Xo‘jakent GESlari barpo etilgan. Tizmalar kesib o‘tgan vodiylarida ko‘plab aholi punktlari joylashganbo‘lib iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy salohiyati yuqori tumanlaridan biridir.. Uning aholisi 142,9 ming (2000 yil holatiga ko‘ra) kishidan iborat. Tuman markazi – Gʻazalkent shahridir (Toshkent shahri bialn oraliq masofa 58 kmni tashkil etadi). Boʻstonliq tumanining iqlimi togʻli hududlarga xos bolib, uning shimoli sharqiy qismida, ayniqsa, yogʻingarchilik, koʻproq (1500–2000 mm) yog‘adi. Qishi sovuq, yozi esa salqin, sernam, yillik yogʻin miqdori tog‘ning pastki qismida 600 mm dan, yuqori qismida esa 1200–2000 mmga ortadi. Yanvar oyining oʼrtacha harorati 9°–15°sovuq, iyul oyiniki 17°– 21°issiqni tashkil etadi. O‘simlik dunyosi. Bo‘stonliq tumani adir (togʼ oldi) va tog‘ tizmalaridan iborat bo‘lib, tog‘ oldi hududlarining rel’efi notekis joylashgan.toshloq yerlarda butalardan qo‘shyaproq, zirk, naʼmatak; daraxtlardan bodom, ayrim joylarda pista hamda do‘lana o‘sadi. Do‘lananing mevasi qand va yog‘ga boy, unda olma kislotasi ham mavjudligi uchun u konditer sanoatida keng foydalaniladi. Uning po‘stlog‘i va bargidan boʼyoq olinib, undan to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi .Tog‘ tizmalarida asosan olma, tog‘olcha, yong‘oq, bodom, doʼlana kabi mevali daraxtlar va, shuningdek, bir necha tur zarang, terak, tol, qayin, chetan kabilar oʼsadi. Bargli oʼrmonlarda yongʼoqzorlar keng tarqalgan. Qorjantog‘, Ugom, Pskom, Chotqol tog‘ tizmalarida 900–1500 metr balandlikdagi sernam yonbag‘irlarda ancha qalin tabiiy yo
Доказательный фрагмент
«Maqolada Toshkent viloyating rekreatsion salohiyati ,tabiiy va madaniy turizm imkoniyatlari, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron kabi tumanlarda ekoturizm va tog‘ turizmi haqida malumotlar, 2024-2027 yillarda sayyohlar oqi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Toshkent viloyating rekreatsion salohiyati ,tabiiy va madaniy turizm imkoniyatlari, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron kabi tumanlarda ekoturizm va tog‘ turizmi haqida malumotlar, 2024-2027 yillarda sayyohlar oqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqtisodiy tahlil, sayyohlar oqimi, ekologik resurslar., investitsiyalar, Infratuzilma, barqaror rivojlanish, prognoz tahlili, ekoturizm. rekreatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026