Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GAGARIN SHAHAR - TARIX VA BUGUNGI HAYOT
Danayev D. A. · Keldibekova R.I.
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola O‘zbekistonniтg Jizzax viloyatida joylashgan Gagarin shahritarixi,geografik joylashuvi, iqsodiy va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Shaharning paydo bo‘lishi, nomlanishi va hududiy o‘zgarishlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, Gаgarinning bugungi kundagi infratuzilmasi aholisi va mintaqaviy nahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Gagarin shahri, Jizzax viloyati, Yuriy Gagarin, Sovet davri nomlari, Kosmonavtika merosi, Shahar tarixi, Shahar infratuzulmasi. O‘zbekistonning har bir shahri o‘ziga hos tarixiy va madaniy merosiga ega. Shunday shaharlar qatoriga Jizzax viloyatida joylashgan Gagarin shahriham muhim o‘rinni egallaydi. Bu nafaqat geografik joylashuvi, balki nomi va tarixiy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Ggarin shahri Sovet davrining mashhur kosmanavti Yuriy A.Gagarin nomi bilan atalgan bo‘lib, bu orqali uning nomi abadiylashtirilgan. Gagarin shahri O‘zbekiston Respubliksi Jizzax viloyatining shimoliy qismida ya’ni Jizzax shahridan 72 km. uzoqda joylashgan. Gagarin shahri Mirzacho‘l tumani markazi hisoblanadi. Gagarin shahri aholisining umumiy soni 20 200 tani tashkil etadi. Shahar UTC+5 vaqt mitaqasida joylashgan. Geografik koordinatasi 40o.39´ shimoliy kenglik 68 o 10´ shqarqiy uzoqlikni ni tasahkil etadi. Iqlimi chala cho‘l iqlimga ega: yoz fasli issiq va quruq, qish esa nisbattan mo‘tadil sovuq bo‘ladi. Hayvonot dunyosi asosan cho‘l zonasida istiqomat qiladigan hayvonlardan iborat. Shaharning tarixi. Gagarin shahri 1974-yil tashkil topgan. Ungacha esa shahar hududi yaylov uchun hudud sifatida ko‘rilgan. Unda ma’lum bir hududni vaqtincha foydalanishga berishni nazarda tutilgan. Gagarin shahri bundan avval Janubuy Qozozg‘istonning Bo‘standiq tuman yerlari tarkibiga kirgan.1936-1937-yillarda O‘zbekiston SSRga vaqtincha foydalanish uchun berilgan. Keyinchalik 1950-yillar O‘zbekistonga to‘liq o‘tkazish bo‘ycha muzokaralar boshlandi va 1956-yil 21-yanvarda Qozozg‘iston SSR Oliy Kengashi qarori bilan qariyb 5 ming km2 bo‘lgan qism O‘zbekistonga berildi. So‘ng 1963-yil 19-sentabrda SSSR Oliy Kengash Prezidiumidagi ,,Qozog‘iston SSR va O‘zbekiston SSR o‘rtasidagi chegaralarni qisman o‘zgartirishva aniq tavsiflash’’ to‘g‘risidagi farmoyishi bilan Qozog‘iztonning 36630 km2 va shahar qozoq aholisi bo‘lgan Yerjar tipidagi aholi punkti va unga qisman tutash yerlar O‘zbekistonga berildi. Ijtimoiy infratuzilma va aholi turmushi. Bugungi kunda shahar o‘z infratuzilmasi bilan viloyatdagi muhim aholi punktlaridan biri hisoblanadi. Shaharda bir nechta maktablar, bolalar bog‘chasi, muzeylar, kutubxonalar, tibbiyot muassasalari faoliyat yuritmoqda. Shahar viloyat markazi bilan avtomobil va temir yo‘llar orqali bo‘g;langan. Shahar aholisi asosan qishloq xo‘jaligi, savdo, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan band. Hududda kichik sanoat korxonalari faoliyat yuritadi. Shaharda yoshlar uchun ko‘plab sport maydonlari, kutubxona va musiqa maktablari mavjud bo‘lib, aholi farovonligiga xizmat qiladi. Bundan tashqari Gagarin shahrida Kosmonavtlar muzeyi mavjud. Bu muzey bejiz emas, Gagarin shahri nomi va undagi kosmonavtika bilan bog‘liq obidalar hududning kosmik tadqiqotlar 80 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” tarixini aks etirib beradi. Muzeyda O‘zbekistonning kosmonavtika sohasidagi tarixini o‘rganish va tushunish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shaharda Gagarinning Markaziy Osiyodagi eng katta haykali o‘rnatilgan. Haykal Gagarin shahrining tarixiy ramzi hisoblanadi. Bundan yashqari shahar ko‘plab madaniy tadbirlar, xalq bayramlari, yoshlarga oid forumlar o‘tkazib turadi. Ayniqsa, Mustaqillik kuni, Navro‘z, Yangi yil bayramlari keng nishonlanadi. So‘ngi yillarda Gagarin shahrida turli o‘zgarishlar va yangiliklar kuzatilmoqda. 2024-yil aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatini ijtimoy-iqsodiy rivojlantirish bo‘ycha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda o‘rta korxonalar sonini oshirish, yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish va Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida turizm halqa yaratish bo‘ycha tashabbuslar muhokama qilindi. Hozirgi kunda shahar kundan kunga obodonlashtirilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xudoyberganov, R. O‘zbekiston shaharlar tarixi. (2010). 2. O‘zbekiston statistika qo‘mitasi. (2024). 3. Gagarin, Y.(1961). Kosmosga parvoz. Moskva: 1965y 4. Wikipedia (2024). Gagarin shahri (O‘zbekiston) 81
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola O‘zbekistonniтg Jizzax viloyatida joylashgan Gagarin shahritarixi,geografik joylashuvi, iqsodiy va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola O‘zbekistonniтg Jizzax viloyatida joylashgan Gagarin shahritarixi,geografik joylashuvi, iqsodiy va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kosmonavtika merosi, Yuriy Gagarin, Shahar tarixi, Sovet davri nomlari, Gagarin shahri, Jizzax viloyati, Shahar infratuzulmasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014