Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIY VILOYATI CHO‘L QISMINING NOZOGEOGRAFIK VAZIYATIGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR VA ULARNING HUDUDIY JIHATLARI
Chimiyeva Diyora Abduvahob qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada navoiy viloyati cho‘l qismining nozogeografik vaziyatiga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy hamda ekologik omillar alohida e’tirof etilgan. Jumladan cho‘l kasalliklari, Navoiy viloyati aholisi orasida nafas olish a’zolarining shamollashi bilan bog‘liq yuqumli kasalliklar, Poliartrit, havo-tomchi yuqumli kasalliklar (grip, bolalar yuqumli kasalliklari) yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ko‘p uchraydi. Kalit so‘zlar: Tabiiy va iqrisodiy- ijtimoiy, ekologik omillar, oshqozon ichak, yuqumli parazitar kasalliklar,nafas olish tizimi,ichimlik suvi sifati. Kirish: Atrof-muhitning tozaligi ko‘p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga joyning tabiiy geografik muhitiga bog‘liq bo‘lgan elementlar xususan, shamol (havodagi chang miqdorining ortib ketishiga olib keladi) sellar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va h.k. kiritishimiz mumkin.Har bir hududning mahalliy tabiiy-geografik sharoiti inson salomatligiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Viloyatda shakilangan nozogeografik vaziyatga tabiiy omillarning ta’siri. Navoiy viloyati tabiiy geografik jihatdan asosiy qismini qizilqum tabiiy geografik o‘lkasiga kiradi va Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shaharlari to‘laligicha qizilqumda joylashgan.Qizilqum iqlimi kontinental bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq, quruq, serquyoshdir.Qishning iliq kelishi oqibatida aholi orasida shu fasl bilan bog‘liq kasalliklar (shamollashlar) kamaysa-da, biroq bahor kelishi bilan yuqumli kasalliklar keskin ortadi. Qish faslida Navoiy viloyati aholisi orasida nafas olish a’zolarining shamollashi bilan bog‘liq yuqumli kasalliklar, Poliartrit, havo-tomchi yuqumli kasalliklar (grip, bolalar yuqumli kasalliklari) yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ko‘p uchraydi (Ermakova L.N., Tolmacheva N.I., 2006) Bizning izlanishlarimiz shuni ko‘rsatadiki haqiqatdanda Uchquduq, Tomdi tumanlari qishloq va ovullarida hamda Zarafshon shahari aholi orasida asab kasalliklari birmuncha yuqori ko‘rsatgichga ega. Doimiy shamol va qattiq sovuq hukum surgan o‘lkalarda qon bosimining pastligi va nafas olishning qiyinligi kuzatiladi, bu holat muayyan xastaliklarni keltirib chiqaradi (Avsin A.P., Javaronkov A.A., Marachayev A.G., 1985) bunday ko‘rsatgichlar qishda navoiy viloyatida kuzatishimiz mumkin.Jahon Miqyosida davrlar o‘tishi bilan ko‘plab yuqumli va boshqa turdagi kasalliklar yo‘qolib, ular o‘rnida yangi turdagi kasalliklar avj olib bormoqda. Bunday turdagi kasalliklar orasida ayniqsa saraton, endokrin, sil, alergik va zaharlanish hamda irsiy kasalliklar keskin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar ko‘pincha taraqqiyot kasalliklari ham deyiladi. Iqtisodiy-ijtimoiy omillar Inson salomatligini belgilovchi tabiiy omillar bilan bir qatorda iqtisodiy-ijtimoiy omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy viloyatining Nurota, Konimex, Tomdi tumanlarida aholi orasida brusellyoz kasalliklari sezilarli darajada ko‘p uchraydi. Buning asosiy sababi avvalo mazkur hududlarda chorvachillikning keng yo‘lga qo‘yilganligi bilan birga, 77 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL ushbu mintaqalar tabiiy sharoitining aynan mana shu kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulayligidir.Umuman olganda, qishloq joylarda ichimlik suvi bilan bog‘liq tarzda oshqozon-ichak va yuqumli parazitar kasalliklar keng uchraydi. So‘ngi vaqtlarda qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalarning meyoridan ortiq holda qo‘llanishi ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi kishilar orasida yuqoridagi kasalliklar bilan bir qatorda, jigar xastaliklari, nafas yo‘llari kasalliklari avj olib borayotgani ham sir emas.Haqiqatdan biz olib borgan tatqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Navoiy shahri va uning atrofida aholining yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar bilan kasallanish salmog‘i Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlariga nisbatan ancha yuqori. Shuningdek Navoiy shahri qon va qon hosil qiluvchi azolar bilan og‘riganlar soni ham ko‘proq kuzatiladi.Aholi salomatligi tasiri etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar orasida hududlarning transport omillarini tasiri katta. Viloyatda shakilangan nozogeografik vaziyatga ekologik omillarning tasiri. Aholi salomatligi ular orasida uchraydigan kasalliklar ko‘p jihatdan atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib, uning ifloslanishi kishilar salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Atrofimizni o‘rab turgan tabiiy-muhit biz insonlarning xo‘jalik faoliyatimiz tufayli asrlar davomida ifloslanib kelmoqda. Ayniksa, sunggi yillarda tabiiy tizimlarning degradatsiyasi butun biosferaning zaxarlanishiga, uning tabiiy muvozanatini butunlay izdan chiqishiga sabab boʻlmoqda. So‘ngi yillarda O‘zbekistoning aksariyat mintaqalarida, jumladan Navoiy viloyatida antropogen va texnogen omillar tasirida tabiiy muhitning ifloslanishi, atmosfera havosing turli hil chiqindilar, jumladan is gazlari bilan zaharlanishi, buning oqibatida kesin geoekologi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada navoiy viloyati cho‘l qismining nozogeografik vaziyatiga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy hamda ekologik omillar alohida e’tirof etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada navoiy viloyati cho‘l qismining nozogeografik vaziyatiga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy hamda ekologik omillar alohida e’tirof etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nafas olish tizimi, ekologik omillar, oshqozon ichak, ichimlik suvi sifati., yuqumli parazitar kasalliklar, Tabiiy va iqrisodiy- ijtimoiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024