К содержанию
РецензированоUZ2025

NAJMIDDIN ABU HAFS UMAR NASAFIYNING HAYOT YO’LI

SCIENCE SHINE · Fazildinov Saydburxon

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Movarounnahr ilmiy-ma’naviy hayotida chuqur iz qoldirgan buyuk mutafakkir va olim Najmiddin Abu Hafs Umar an-Nasafiyning hayoti, ilmiy faoliyati va ilmiy merosi borasida kengroq ma’lumot berilgan. Maqolada olimning to‘liq nasabi, laqab va unvonlari, tavallud joyi, tahsil olgan ilmiy markazlari, ustozlari va shogirdlari, safarlari hamda asarlari haqida mufassal ma’lumotlar berilgan. Nasafiy hijriy 461 yilda Nasafda tavallud topgan bo‘lib, fiqh, hadis, aqida, kalom, tafsir va adabiyot sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lgan, hanafiylik va Maturidiya aqidaviy maktabining yirik namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. U ilm talabida Movarounnahr, Bag‘dod, Makka va Madina kabi yirik ilm markazlarida sayohat qilgan, yuzlab mashhur olimlardan saboq olgan va o‘z zamonasining eng yetuk muhaddislaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Maqolada Nasafiyning ilmiy faoliyatining asosiy markazi — Samarqand shahri, xususan, “Dor al-juzjoniya” ilm dargohidagi faoliyati yoritilgan. Olimning mashhur asarlaridan biri — “Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand” nomli biografik lug‘at bo‘lib, u o‘z yurti olimlari haqida muhim ma’lumotlar jamlangan noyob manba hisoblanadi. Shuningdek, Nasafiyning hadis ilmidagi ustozlari va rivoyat silsilalari, uning mashhur shogirdlari, xususan, o‘g‘li Abul Lays Ahmad ibn Umar haqidagi tafsilotlar ham berilgan. Mazkur ishda zamonaviy biografik yondashuv asosida Nasafiyning ilmiy- avlodiy maktabi, uning islom ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy- madaniy muhitdagi o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Ushbu ilmiy ishda Nasafiy haqida zamondoshlari, xususan, Abu Sa’d as-Sam’oniy tomonidan yozilgan manbalarga tayanilgan holda ilmiy tavsiflar taqdim etiladi. Kalit so’zlar: Ismlar va Laqablar: Najmuddin Abu Hafs Umar an-Nasafiy, Sirojuddin, Shayxul-Islom, Muftiy as-Saqolayn, as-Samarqandiy, al-Hanafiy, an- Naxshabiy. Tug‘ilgan va Yashagan Hududlar: Nasaf (Naxshab), Samarqand, Buxoro, Bag‘dod, Marv, Makka, Madina, Bistom 218 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 Ilmiy Unvonlar va Fazilatlar: al-Hofiz, al-Faqih, az-Zohid, Imom, Muhaddis, Fozil, Voiz Ilmiy Faoliyati va Sohalari: Qur’on, Hadis, Fiqh, Aqida, Kalom, Tafsir, She’riyat, Tasavvuf Madrasalar va Ilmiy Markazlar: Dor al-Juzjoniya, Xumor-tegin madrasasi, Chokardiza qabristoni, Zuqoq Abu Hafs Umar ibn Muhammad Nasafiy Asarlar Nomi: Kitob al-qand fi zikri ‘ulama-i Samarqand, Tatvil al-asfor li-tahsil al-axbor, al-Jomi‘ as-sag‘ir (nazmiy) Mashhur Ustozlari: Abu Muhammad Ismoil ibn Muhammad an-Nuhiy, Abul Yusr al-Pazdaviy, Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiy, Abul Qosim ibn Bayon, Abul Abbos al-Kudaymiy, Abul Fadl as-Soig‘iy Mashhur Shogirdlari: Abul Lays Ahmad ibn Umar (o‘g‘li, “al-Majd”), Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali an-Nasafiy, Abul Qosim Muhammad ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu Bakr Muhammad ibn al-Hasan an-Nasafiy, Abu Muhammad al- Hasan ibn Ahmad as-Samarqandiy, Abu Nasr Ahmad ibn Abdurrahmon ar- Rig‘damuniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ibrohim an-Nurbashtiy Manbalar va Tarixchilar: Abu Sa’d as-Sam‘oniy, Ibn an-Najjor Oʻrta asrlarda turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda kengaytirilgan holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an- Nasafiy as-Samarqandiy22 bo‘lib, Abu Hafs kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Mazhab jihatidan al-Hanafiy, tavallud topgan yurtiga nisbatan an-Nasafiy, keyinchalik ko‘chib borib istiqomat qilgan shahriga nisbatan as-Samarqandiy nisbalari bilan tanilgan. Umar Nasafiy hijriy 461 (mil. 1068, ba’zi manbalarda 1069) yilda Nasafda23 tug‘ilgan. U ilm talabida ko‘plab o‘lkalarga safar qilgan va juda ko‘p shayxlardan tahsil olgan. Najmuddin (dinning yulduzi), Sirojuddin (dinning chirog‘i), Muftiy as- saqolayn (inson va jin toifasining muftisi), Shayxul-Islom (Islom shayxi) kabi unvonlar bilan laqablangan. „Najmuddin“ („Dinning yulduzi“) laqabining berilishiga sabab uning islom ilmida koʻrsatgan xizmatlarining katta boʻlganligini koʻrsatadi. Imom Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, sheʼriyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va sheʼriyatga doir koʻplab 22 Umar Nasafiy. At-taysir fit-tafsir. – Istanbul: Dorul-lubob, 2019. J. 1. – B. 12. 23 Nasaf Naxshab deb ham atalgan. U qadimda Jayhun (Amudaryo) bilan Samarqand o‘rtasida joylashgan (hozirgi Qarshi shahri atrofiga to‘g‘ri keladi), aholisi ko‘p, obod shahar bo‘lgan. U yerdan ko‘plab yirik ulamolar yetishib chiqqan. Yoqut al-Himaviy. Mu’jam al-buldon, 5-juz, 285-286 sahifa. 219 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025 asarlarni meros qoldirgan. Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Nasaf kabi, shuningdek, Bagʻdod, Marv kabi ilm markazlarida koʻplab olimlardan dars olgan va qator shogirdlarga dars bergan. Olim oʻz davrida hadis ilmini bilimdoni sifatida „al-Hofiz“, fiqh olimi sifatida „al

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Movarounnahr ilmiy-ma’naviy hayotida chuqur iz qoldirgan buyuk mutafakkir va olim Najmiddin Abu Hafs Umar an-Nasafiyning hayoti, ilmiy faoliyati va ilmiy merosi borasida kengroq ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Movarounnahr ilmiy-ma’naviy hayotida chuqur iz qoldirgan buyuk mutafakkir va olim Najmiddin Abu Hafs Umar an-Nasafiyning hayoti, ilmiy faoliyati va ilmiy merosi borasida kengroq ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
abu hafs, ibn muhammad, muhammad ibn, hafs umar, ahmad ibn, abu muhammad, ilmiy faoliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники