Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDAGI EPIGRAFLAR ORQALI ASAR G‘OYALARINING OCHILISHI
ASAR G‘OYALARINING OCHILISHI · Usmonova Odina Siddikovna · Xamidullayeva Ruxshona Qilichbek qizi (Andijon Davlat chet tillari instituti o‘qituvchisi) · Часть–_ Мая – (Andijon Davlat chet tillari instituti)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek hikoyanavisi Abdulla Qahhorning hikoyalarida foydalanilgan epigraflar haqida so‘z yuritiladi. Adibning hikoyalaridan ko‘zlangan asosiy g‘oyalarni qisqa tarzda ifoda etgan epigraflarning mohirona qo‘llanilganligi bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: epigraf, Abdulla Qahhor, hikoya, maqol, she'r, xalq og‘zaki ijodi, g'oya, mazmun. Aннотация. В данной статье речь пойдет об эпиграфах, использованных в рассказах узбекского новеллиста Абдуллы Каххара. Будет отмечено мастерское применение эпиграфов, кратко выражающих основные идеи, заложенные в рассказах писателя. Ключевые слова: эпиграф, Абдулла Каххар, рассказ, пословица, стихотворение, устное народное творчество, идея, содержание. https://scientific-jl.org/obr 2 5 4 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Аnnotation. This paper will discuss the epigraphs used in the short stories of the Uzbek short story writer Abdulla Kahhar. It will highlight the skillful use of epigraphs that concisely express the main ideas intended in the writer's stories. Keywords: epigraph, Abdulla Kahhar, short story, proverb, poem, oral folklore, idea, meaning Adabiyotimizning yirik vakili, o‘zbek professional prozasining oyoqqa turishida tinimsiz mehnat qilgan yozuvchi Abdulla Qahhor ijodi necha o‘n yillardan buyon xalqimizning ongu shuurini band etib kelmoqda. Adibning badiiy mukammal hikoyalari, qaytarilmas xarakterlar talqini joy olgan qissa, roman va pyesalari, aforizm darajasidagi tesha tegmagan fikrlari hali uzoq yillar ko‘p avlodlar uchun mulohaza obyekti bo‘lib qolishi shubhasizdir1. Abdulla Qahhorni bejizga “O‘zbek Chexovi” deb atamaymiz, chunki o‘zbek hikoyanavisligini Abdulla Qahhor ijodisiz tasavvur qilish mumkin emas. Qisqa hikoyalar bilan xalq hayotini, undagi kamchiliklarni tasvirlagan adib badiiy so‘z ustasi sifatida o‘z hikoyalaridagi asosiy g‘oyani ochib beruvchi epigraflarni ustomonlik bilan qo‘llagan. Epigraf - asarning boshlanishida sarlavhadan keyinoq yoki uning bo‘lim (bob, fasl) lari boshida keltiriluvchi qisqa, odatda, e’tiborli manbalardan olingan ko‘chirma (xalq og'zaki ijodi, mashhur insonlarning purhikmat so‘zlari), sitataning bir ko‘rinishi2. Ko‘p hollarda epigraf o‘zining aforistik mazmuni bilan asar mohiyatini ochib beradi. Masalan, Abdulla Qahhorning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan "O‘g‘ri" hikoyasiga epigraf sifatida “Otning o‘limi - itning bayrami” maqoli epigraf qilib olingan. Ushbu hikoyada oddiy dehqonning o‘g‘irlangan ho‘kizini topish uchun o‘z davrining amaldorlariga (ellikboshi, amin, azayimxon) anchagina pul sarf qilgani va 1 Rahmon Qo‘chqor. Men bilan munozara qilsangiz... –T.: “Maʼnaviyat”, 1998, 4-bet. 2 D. Quronov, S. Mamajonov, M. Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug'ati. "Akademnashr", 2013, 366-bet. https://scientific-jl.org/obr 2 5 5 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 ko‘p vaqti ketgani, boshqacha qilib aytganda, talon-taroj qilingani bayon qilinadi. Ya’ni ayrim pulga uchgan insonlar boshiga musibat kelganlarning fursatini poylab, ulardan foydalanib qolishi aks ettirilgan. Shu sababli ham ushbu g‘oyani aniq ochib berish uchun xalq og‘zaki ijodidan “Otning o‘limi - itning bayrami” maqoli ishlatilgan. “Dahshat” hikoyasida Unsin obrazida o‘zbek ayolining erk uchun kurashi aks ettirilgan. Ushbu hikoya uchun Abdulla Qahhor To‘raxon oyi, ya’ni rus-tuzem davridagi chirkinliklarni ko‘rgan ayolning so‘zlarini epigraf qilib tanlaydi: “Xotin- qizlarning burungi zamonda ko‘rgan kunini bilmaysizlar, qizlarim, aytgan bilan ishonmaysizlar!. ..”. Hikoya nomidan va uning epigrafidan bilsa bo‘ladiki, o‘tgan davrlarda ayollarga nisbatan qilingan adolatsizliklar va noo‘rin ishlar avj pallasiga chiqqan. “Mahalla” nomli hikoyada keksa odamning ayoli o‘lib qolgani, uning janozasiga kelgan odamlar, ya’ni tirikligida kampirning suhbatini olgan, o‘sha ayol bilan yaqin bo‘lib qolgan odamlar mahallaga sig‘may ketgani haqida so‘z boradi (“... Kampir onam dunyoga kelib odam ekkan ekanlar. Dunyoga kelgan odam avvalboshi odam ekishi kerak ekan. Men ibrat oldim...“). Abdulla Qahhor ushbu hikoya uchun Erkin Vohidovning ushbu she’riy parchasini epigraf qilib olgan: Inson bilan tirikdir inson, Muhabbatdir hayotning boshi. Odamzodga baxsh etadi jon, Odamlarning mehr quyoshi. “Tomoshabog” hikoyasida epirgaf sifatida ushbu baytdan foydalanilgan: Ey bus-butun ayolati vayron o‘lon vatan, Har go‘shasi zamonada zindon o‘lon vatan. https://scientific-jl.org/obr 2 5 6 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ushbu hikoyada “rusiya to‘raxonlarining istirohatgohlariga” do‘stini olib kirgan bog‘ qorovulining jazolanishi ko‘rsatilgan. Shu orqali o‘z vatanining bir parcha yeriga sig‘magan oddiy odamning obrazi gavdalanadi. Abdulla Qahhorning har bir hikoyasida o‘zbek xalqini qiynab kelgan masalalar, dolzarb bo‘lgan mavzular yuzaga chiqadi. Bunday nuqsonlarni bir-ikki sahifali hikoyaga ixchamlab yozish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek hikoyanavisi Abdulla Qahhorning hikoyalarida foydalanilgan epigraflar haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek hikoyanavisi Abdulla Qahhorning hikoyalarida foydalanilgan epigraflar haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epigraph, Abdulla Kahhar, short story, proverb, poem, oral folklore, Abdulla Qahhor, mazmun., she'r, maqol, epigraf, hikoya, g'oya, xalq og‘zaki ijodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014