Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RO‘ZA VA AQLIY FAOLIYAT: OVQATLANISH TARTIBINING KOGNITIV FAOLLIKKA TA’SIRI
KOGNITIV FAOLLIKKA TA’SIRI · Abdullayeva D.G · Talaba Xaytbayeva Z.M.
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article analyzes the impact of fasting on nutrition, sleep, cognitive activity, https://scientific-jl.org/obr 2 8 4 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 and energy levels. The research findings reveal the relationship between consumed foods, sleep duration, and attention changes among fasting students. Most students pay attention to rational nutrition during fasting; however, energy decline and sleep pattern changes affect cognitive activity differently. Some studies indicate a connection between sleep quality and cognitive function during fasting [1], while others highlight the direct effect of dietary patterns on mental performance [2]. Additionally, individual differences in stress and nervous tension levels are considered, and the relationship between fasting and psychological stability is examined. Based on the study results, recommendations have been developed for effective nutrition, optimal sleep schedules, and maintaining focus during fasting. This research serves as a foundation for further studies on the effects of fasting on physical and mental health [3,4]. Keywords: Fasting, nutrition, sleep, energy levels, cognitive functions, stress, attention, psychological stability, student health. To‘g‘ri ovqatlanish talabalar kognitiv samaradorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, tibbiyot talabalari murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, tahlil qilish va amaliy qo‘llash jarayonida yuqori kognitiv yuklamaga duch kelishadi. Shu sababli, ularning ovqatlanish tartibi va ratsioni bevosita aqliy ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin [5]. Ro‘za vaqtida organizmda turli fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, energiya manbalarining taqsimlanishi o‘zgaradi va bu jarayon miya faoliyatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Hozirgacha ko‘plab tadqiqotlar ro‘zaning umumiy salomatlik va metabolizmga ta’sirini o‘rgangan bo‘lsa-da, uning talabalar orasidagi kognitiv samaradorlikka ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan. Shu bois, ushbu mavzu ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi [6]. Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 92% talaba Ramazon oyida ro‘za tutadi. Ushbu tadqiqot aynan shu talabalar orasida o‘tkazilgan bo‘lib, so‘rovnomada 50 nafar respondent ishtirok etdi. Tadqiqot 2025- yil mart oyida o‘tkazildi va ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 22 yoshni tashkil etdi. https://scientific-jl.org/obr 2 8 5 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Dunyo bo‘ylab kognitiv samaradorlikni oshirish bo‘yicha ovqatlanish strategiyalariga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani sababli, ro‘zaning talabalar kognitiv qobiliyatiga ta’sirini tushunish muhimdir. Shu bilan birga, Kanadaning Vankuver shahrida o‘tkazilgan tadqiqotlar ro‘zaning kognitiv faoliyatga ta’siri turli ekologik omillar, turmush tarzi va ovqatlanish odatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu esa ro‘zaning aqliy faoliyatga ta’sirini o‘rganishda mintaqaviy va global tadqiqotlarni muhim qiladi [7]. Ushbu tadqiqot natijalari ro‘za tutuvchi talabalar uchun qanday ovqatlanish odatlari aqliy samaradorlikni saqlashga yordam berishini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, bu natijalar kelajakda ovqatlanish, tibbiyot va psixologiya sohalarida olib boriladigan tadqiqotlar uchun muhim asos bo‘lishi mumkin [8]. Tadqiqotning maqsadi Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – Ramazon oyida ro‘za tutuvchi talabalar orasida ovqatlanish tartibi va aqliy faoliyat samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdir. Tadqiqot doirasida qaysi turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish aqliy faoliyatga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilindi. Tadqiqotning vazifalari Tadqiqot quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi: 1. Ro‘za tutuvchi talabalar orasida keng tarqalgan ovqatlanish odatlarini aniqlash; 2. Ovqatlanish turiga qarab talabalarning aqliy faoliyatidagi o‘zgarishlarni baholash; 3. Ro‘za davrida aqliy faoliyatda qiynalgan va qiynalmagan talabalarni ovqatlanish tartibiga qarab solishtirish; 4. Olingan natijalar asosida muhim xulosalar chiqarish va kelgusida ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqot 2025-yil mart oyida Toshkent Tibbiyot Akademiyasining bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalari orasida o‘tkazildi. So‘rovnomada https://scientific-jl.org/obr 2 8 6 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 50 nafar respondent qatnashdi, ularning o‘rtacha yoshi 22 yoshni tashkil etdi. Tadqiqot doirasida talabalar Google Forms platformasi orqali so‘rovnomadan o‘tkazildi. Natijalar statistik tahlil qilinib, ovqatlanish turi va aqliy faoliyat samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. 1-rasm. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari orasida ro‘za tutish ko‘rsatgichi(%) Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim oluvchi talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the impact of fasting on nutrition, sleep, cognitive activity, https://scientific-jl.org/obr 2 8 4 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 a…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the impact of fasting on nutrition, sleep, cognitive activity, https://scientific-jl.org/obr 2 8 4 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fasting, nutrition, sleep, energy levels, cognitive functions, stress, optimal uyqu rejimi va diqqatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy izlanish kelajakda ro‘za tutishning jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’sirini chuqurroq o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi [3, 4]., stress va asabiylik darajasining individual farqlariga e’tibor qaratilib, ro‘za tutishning psixologik barqarorlik bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari asosida ro‘za davrida samarali ovqatlanish, Shuningdek
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024