Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAYOTIDA O‘YINNING AHAMIYATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI · Umarova Havasxon Isroiljonovna · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье обсуждается важность игры в жизни детей дошкольного возраста. Рассматриваются типы игр и их организация. Ключевые слова: игры, игрушки, сюжетные и ролевые игры, дидактические игры, игры-действия или игры, основанные на правилах, смешанные игры, игры по строительству и поделкам Maktabgacha yosh davrida faoliyatning yetakchi turi - o‘yin faoliyatidir. O‘yin bola psixikasida sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bu faoliyat asosida keyingi davrda yetakchilik rolini bajaruvchi o‘qish faoliyatining asoslari quriladi. O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda bolalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, narsalar haqida fikr yuritish ham, san’at, xayol qilish, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlangandir. Mana shu jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida namoyon bo‘ladi hamda bolalar talab qilayotgan darajadagi to‘laqonli hayotni ta’min eta oladi. O‘yinning bolalarni maftun etuvchi tomoni ana https://scientific-jl.org/obr 3 4 6 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 shunda. O‘yin faqat tashqi muhitdagi, narsa va hodisalarni bilish vositasi bo‘libgina qolmay, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. 0‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo‘lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalaming bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bolaning yoshi ulg‘aya borishi bilan o‘yinning muddati ham uzayib boradi. Mazkur jarayonni tadqiq qilgan A.P.Usovaning ma’lumotiga ko‘ra, 3 -4 yoshli bolalarning o‘yin faoliyati 10-15 daqiqa, 4 -5 yoshli bolalarning o‘yin faoliyati 40-50 daqiqa, katta maktabgacha yoshidagilaming o‘yin faoliyati bir necha soatgacha cho‘zilishi mumkin. Maktabgacha yoshi bolalarni о‘yini xilma-xildir. Ularni о‘yin turlarini asosan quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin. 1) syujetli va rollarga bо‘lib о‘ynaladigan о‘yinlar; 2) Didaktik о‘yinlar; 3) Harakatli yoki qoidali о‘yinlar; 4) Aralashtirilgan о‘yinlar; 5) Qurish va yasash о‘yinlari. https://scientific-jl.org/obr 3 4 7 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Syujetli va rollarga bо‘lib о‘ynaladigan maktabgacha yoshi bolalarni eng asosiy о‘yin formasidir. Masalan: «bog‘cha-bog‘cha», «poyezd-poyezd» kabi qiziqarli bо‘lgan о‘yinlar о‘ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning о‘yinlari bir xil bо‘lsa ham syujeti har xil bо‘ladi. Masalan: kichik guruh bolalari «bog‘cha-bog‘cha» о‘yinini o‘ynar ekan ular peshinga ovqat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Hamma kesilgan non qо‘g‘irchoqlarga berilmaydi, pishirilgan ovqat tarelkaga suzilmaydi. Bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik о‘yinlarni roli katta. Didaktik о‘yinlar bog‘chada maxsus programma asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli о‘tkazishga yordam, katta guruh bolalarini maktabdagi о‘qish faoliyatiga katta yordam beradi. Maktabgacha yoshi davrida bolalar о‘yinlari ichida harakatli yoki qoidali о‘yinlar ham muhimdir. Chunki harakli о‘yinlar bolalarni jismoniy jihatdan chiniqtiradi, ularni dadil, qо‘rqmas, epchil bо‘lishga undaydi. Bolalarga tashabbuskorlik, kollektivizm, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim birinchi», «koptok», «oq quyoncha» о‘tiribdi «yetib ol» о‘yinlari kiradi. Harakatli о‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida о‘tkaziladi. Drammalashtirilgan о‘yinlarni ham bolalar sevib o‘ynaydilar. Bu о‘yinlar turli xil ertak va hikoyalar sahnaga qo‘yiladi, rollarni esa bevosita bolalarni о‘zlari ijro etadilar. Masalan: «Qizil shapkacha», «Sholg‘om» drammali о‘yinlar bolalarni nutqi xayol va qobiliyatlarini tarkib toptiradi. Maktabgacha yoshi bolalari о‘yinlari orasida qurish, yasash о‘yinlari hammaga ma’lum bir maqsadga qaratilgan bо‘ladi. О‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda о‘rganish imkonini beradi. Ayrim bolalar jamoa bо‘lib о‘ynashni yoqtiradilar bu psixologik bolani umumiy taraqqiyotiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyachilar jamoa о‘yinlarga tortishlari kerak. Bu yoshdagi bolalar о‘yinlari quyidagi psixologik xususiyatga ega. 1) Bolalar о‘yinlari mazmuni xaddan tashqari boyligidadir. Bolalar hayotining sermazmunligi buning asosiy sababidir. https://scientific-jl.org/obr 3 4 8 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 2) Bolarlar о‘yinlarini doimo jamoa tusda ekanligi. 3) Xususiyat о‘yin jarayonida vatanparvarlik tuyg‘ularini namoyon bo‘lganligidadir. О‘rta va katta maktabgacha yoshidagi bolalar О‘zbekistonning poytaxtini juda yaxshi biladilar va uni sevadilar, shu tufayli о‘yinchoqlardan zo‘r maroq va g‘urur yasaydilar. Bundan tashqari
Доказательный фрагмент
«В данной статье обсуждается важность игры в жизни детей дошкольного возраста.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье обсуждается важность игры в жизни детей дошкольного возраста. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- games, toys, story and role-playing games, didactic games, action or, o‘yinchoqlar, o‘yin, didaktik о‘yinlar, harakatli yoki qoidali о‘yinlar, qurish va yasash о‘yinlari, aralashtirilgan о‘yinlar, syujetli va roll о‘yinlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024