Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOMOQ STREPTOKOKK YARALARINI EKSPRESS DIAGNOSTIKASINING KLINIK AHAMIYATI
Muallif: Axmadjonov Davlatbek · Ilmiy maslahatchi: t.f.n. E.M. Usmanova
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Maqolada A guruhi β-gemolitik streptokokklari (Streptococcus pyogenes) bilan bog‘liq infeksiyalarning yosh bolalarda kechishiga xos klinik ko‘rinishlar, diagnostika usullari, asoratlari va ularni oldini olish choralari keng yoritilgan. Tahlil jarayonida bolalarning immun tizimidagi xususiyatlar, zamonaviy ekspress diagnostika usullarining samaradorligi hamda davo tamoyillarining asoslangan tahlili olib borildi. Maqola xalqaro ilmiy manbalar asosida tayyorlangan. Kalit so‘zlar: Streptococcus pyogenes, bolalar, streptokokk infeksiya, RADT, glomerulonefrit, revmatik isitma. Dolzarbligi A guruhi β-gemolitik streptokokklari (Streptococcus pyogenes) nafaqat o‘tkir yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi, balki ularning kech asoratlari – xususan, revmatik isitma va glomerulonefrit kabi immun kompleksli holatlarni chaqiradi. Yosh bolalar orasida ayniqsa 5-15 yoshdagi guruh infeksiyaga eng ko‘p uchraydi. JSST (WHO) ma'lumotlariga ko‘ra, har yili 600 milliondan ortiq bola streptokokkli angina bilan kasallanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish yoki kechikkan tashxis ko‘plab asoratlarning omiliga aylanmoqda. Shu boisdan https://scientific-jl.org/obr 3 9 7 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 streptokok infeksiyalarni erta tashxislash va to‘g‘ri davolash bugungi kundagi eng muhim dolzarb tibbiy vazifalardan biridir. Tadqiqot maqsadi Streptokok infeksiyalarining yosh bolalarda qanday klinik kechishini, immunologik javoblarini va davo taktikalarini zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida chuqur tahlil qilish. Materiallar va usullar Ushbu ilmiy maqola uchun PubMed, WHO, CDC, Scopus va Google Scholar platformalaridagi oxirgi 15 yil ichidagi maqolalar tahlil qilindi. Tanlangan manbalar streptokokk infeksiyalarining epidemiologiyasi, klinik kechishi, laborator diagnostikasi va immunologik aspektlarini yoritadi. Shuningdek, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardagi pediatriya amaliyotida qo‘llanilayotgan diagnostika va davo usullari tahlil qilindi. Natijalar va muhokama Yosh bolalarda Streptococcus pyogenes bilan bog‘liq kasalliklar odatda o‘tkir boshlanadi. Bolalarda immun tizim hali to‘liq shakllanmaganligi sababli, kasallik klinik jihatdan og‘irroq kechadi: yuqori harorat (39°C va undan yuqori), bo‘g‘im og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, qusish, palatin bodomsimon bezlarning yallig‘lanishi va oq dog‘lar bilan namoyon bo‘ladi. Skarlatina bilan og‘rigan bolalarda teri ustida toshmalar, 'malina tili' sindromi ko‘rinadi. O‘z vaqtida aniqlanmagan yoki noto‘g‘ri davolangan holatlarda immun tizim streptokokk antigenlariga javoban avtoimmun javob hosil qiladi. Bu esa yurak klapanlariga va buyrak glomerulalariga zarba beradi – ya’ni, revmatik isitma va glomerulonefritning sababi bo‘ladi. Bu asoratlar bolaning hayot sifati va umri davomiyligiga sezilarli ta’sir qiladi. https://scientific-jl.org/obr 3 9 8 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Zamonaviy diagnostika usullaridan biri bu – streptokokk antigenini aniqlovchi tezkor testlar (Rapid Antigen Detection Test, RADT). Ular bir necha daqiqa ichida natija beradi va antibiotik buyurish zaruratini aniqlashda yordam beradi. RADT testlari yuqori sezuvchanlik (85–95%) va spetsifiklik (95–100%) ko‘rsatkichlariga ega. Laboratoriyada tasdiqlovchi testlar bilan birga qo‘llansa, tashxis aniqligi oshadi. Antibiotiklar bilan erta davolash asoratlar xavfini kamaytiradi. JSST tavsiyalariga ko‘ra, penitsillin yoki amoksitsillin bolalar uchun birinchi tanlov bo‘lib qolmoqda. Makrolidlar esa β-laktam allergiyasi bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etiladi. Davolash kursi odatda 10 kun davom etadi. Xulosa Yosh bolalarda streptokokklarga bog‘liq infeksiyalar og‘ir kechishi, ko‘plab asoratlar bilan yakunlanishi mumkin. Zamonaviy diagnostika vositalaridan – xususan, tezkor testlardan foydalanish orqali bu infeksiyalarni erta aniqlash va antibiotiklar bilan to‘g‘ri davolash kasallik natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Pediatrik amaliyotda streptokokk infektsiyalariga e’tibor kuchaytirilishi, asoratlarni kamaytirish va bolalar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. World Health Organization. Streptococcal sore throat and rheumatic heart disease. Fact Sheet. 2023. 2. Carapetis JR, Steer AC, Mulholland EK, Weber M. The global burden of group A streptococcal diseases. Lancet Infect Dis. 2005. 3. Shulman ST, Bisno AL, et al. Clinical Practice Guideline for the Diagnosis and Management of Group A Streptococcal Pharyngitis. Clin Infect Dis. 2012. 4. Cunningham MW. Pathogenesis of group A streptococcal infections. Clin Microbiol Rev. 2000. 5. Gerber MA, Baltimore RS, Eaton CB, Gewitz M, Rowley AH. Prevention of Rheumatic Fever. Pediatrics. 2009. https://scientific-jl.org/obr 3 9 9 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 6. Special Writing Group of the Committee on Rheumatic
Доказательный фрагмент
«Maqolada A guruhi β-gemolitik streptokokklari (Streptococcus pyogenes) bilan bog‘liq infeksiyalarning yosh bolalarda kechishiga xos klinik ko‘rinishlar, diagnostika usullari, asoratlari va ularni oldini olish choralar…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada A guruhi β-gemolitik streptokokklari (Streptococcus pyogenes) bilan bog‘liq infeksiyalarning yosh bolalarda kechishiga xos klinik ko‘rinishlar, diagnostika usullari, asoratlari va ularni oldini olish choralar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘tkir tonzillit, Streptococcus pyogenes, palatin bodomsimon bezlar., A guruhi β-gemolitik streptokokklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024