К содержанию
РецензированоUZ2025

ILM MA’RIFATGA INTILISH VA UNING FAZILATLARI

Umarkulov Aminjon · Часть–_ Мая –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Bu maqolada dunyoviy va islom dini nuqtai nazaridan ilmning o‘rni, uning fazilatlari va musulmon insonning unga bo‘lgan munosabati yoritilgan. Qur’oni Karim oyatlari va Rasululloh(s.av)ning muborak hadislari asosida ilm egalarining Alloh taolo huzuridagi yuksak maqomi, jaholatning oqibatlari hamda ilm orqali erishiladigan dunyo va oxirat saodati haqida. Kalit so’zlar: ilm, bilim, dindagi roli, hadis Ilm — aql nuridir. U insonlarni borliqni his etish, voqelikni idrok etish, ma’naviy va moddiy olamni anglashga, tafakkurini shakllantirishga undaydi. Ilm yashash chirog‘idir. U insonlarga baxt keltiradi, yorug‘likka chorlaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi. Ziyoli insonlar jamiyatning yetakchilari hisoblanadi. Har bir mamlakatning, jamiyatning taraqqiyoti u yerda ilmu fanning naqadar rivoj topgani bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmga va uni o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor o‘sha davlatning ertangi kunini belgilab beradi.[1] Islomda ilm juda ulug’lanadi hattoki ilm olish farz deb belgilangan, Ilm insonni bezaydi. Islom dini ilmga katta eʼtibor bergan. Chunki ilim boʻlmasa, namoz, roʻza, zakot, haj va boshqa amallarni oʻrganish ado etish ham mumkin emas.“Ilm” soʻzi lugʻatda bir narsani voqealikdagi idrok etishni bildiradi. Islom dinichalik ilmni ulugʻlangan din, tuzum yoki falsafa yoʻq. Har har bir shaxsga ilm talab qilish faqat islomda bor xolos. Qurʼoni Karimda ilm va ulamolar eng oliy maqomga qoʻyilgan.[2] Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir», deya marhamat qilganlar. Beshikdan to qabrgacha ilm https://scientific-jl.org/obr 1 0 5 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 egallashga intilish mo‘min kishining hayot tarzi bo‘lishi kerak. Bilim to‘g‘risida xalqimizning ham juda ko‘p maqol va iboralari mavjud. Bilim olishning erta-kechi bo‘lmaydi, deydi dono xalqimiz. “Ilm olish igna bilan quduq qazish”, deb bekorga ta’kidlamaydi. Ilm cheksiz olam, tubsiz quduqdir. U chek-chegarasiz, uni to‘liq egallashga umrlar yetmaydi, keragini o‘qish ilm sohibining mahoratiga, tajribasiga, sabr-toqatiga va albatta ustozu muallimlar ko‘rsatmalariga bog‘liqdir.Ma’rifatga ega bo‘lmay turib maqtanish bu jaholatdir. Shuning uchun donolar aytadiki, ilm egarlangan otdir, bilganga do‘st, bilmaganga dushmandir.Ta’kidlash kerakki, tarixda ham ilmsizlik oqibatida yuzaga kelayotgan barcha munosabatlar nizolarga aylanib, jamiyatning taraqqiyotiga rahna solgan. Ilmli insonlar yashaydigan, istiqomat qiladigan, faoliyat yuritadigan makonlar charog‘on hisoblansa, ma’rifatsizlar makoni, ularning istiqomat manzili zimistondir. Ular ilmli insonlarga hamisha xasad ko‘zi bilan boqadi, ularni orasiga turli nifoqlar solib, obro‘ va manfaat topishga harakat qilishadi.Ilmli insonning so‘zi ravon, aniq va tushunarli bo‘ladi, ilmsiz odamda ishonchsizlik kuchli bo‘lib, nutqida mavhumlik ko‘proq bo‘ladi. Johil kimsa aniq bir manfaatni ko‘zlab ilm yo‘lida yursa-da, manfaatga erishganidan so‘ng shu ilmga sodiqlikni yo‘qotadi, ilmning sof fazilatlarini soxtalashtirib, yangi foyda sari odimlaydi. Bunday insonlardan barcha yiroqda yurishni lozim deb biladi.[1]. Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran https://scientific-jl.org/obr 1 0 6 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir»[3.21B] buyerda ilm o’rganmoq va ta’lim haqida. “Ta’lim” arabcha “allama” fe’lidan olingan Masdar bo’lib. Bir narsaning haqiqatini batafsil va yaxshilab bildirish ma’nosini anglatadi. Il mesa bir narsani voqealikda qanday bo’lsa, ishomch ila o’shanday idrok qilishdir. Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farz ekanligini bildik. Anas ibn Molik (r.a) rivoyat qiladi: “Rasululoh(s.a.v):”Im talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir”dedilar”. Imom Ahmad va Ibn Mojalar rivoyat qilishgan: Demak , har bir musulmon ilm talab qilishni o’zi uchun farz deb bilishi kerak.Islomda ilm talab qilish beshikdan to qabrgacha farz qilingan.Farz

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada dunyoviy va islom dini nuqtai nazaridan ilmning o‘rni, uning fazilatlari va musulmon insonning unga bo‘lgan munosabati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada dunyoviy va islom dini nuqtai nazaridan ilmning o‘rni, uning fazilatlari va musulmon insonning unga bo‘lgan munosabati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bilim, dindagi roli, ilm, hadis
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники