Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOLIQ TIZIMINING MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISHNING MUMKIN BOʻLGAN ISTIQBOLLARI, TIZIMDAGI SO’NGGI YILLARDAGI O’ZGARISHLAR.
MUMKIN BOʻLGAN ISTIQBOLLARI · Turdialiyeva Otikaxon Umidjon qizi · Bozorboyeva Barnoxon Farxodjon qizi · Ilmiy rahbar: G’oziyev Murodjon Shokiraliyevich
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
In today's article, we will learn about the implementation of tax reforms in Uzbekistan, changes and results in the tax system, types of taxes, their amounts, and their application to individuals and legal entities. Keywords: tax benefits, tax concept, tax system, individuals and legal entities, pension fund, insurance contributions. Soliq tizimi davlatning moliyaviy bazasini shakllantiruvchi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi va ijtimoiy adolatni ta’minlovchi asosiy vositadir. Davlatlarning soliq siyosati soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek soliq organlarining vakolatlarini belgilaydi. O‘zbekiston soliq tizimi so‘nggi yillarda tubdan islohot qilinmoqda, bu jarayon qonunchilikning xalqaro standartlarga moslashtirilishi, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va soliq imtiyozlarining differensiallashtirilishi orqali amalga oshirilmoqda. Barcha mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlanishida soliqlar byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan belgilangan https://scientific-jl.org/obr 1 2 7 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 majburiy to’lovlar bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi. Hozirgi davrda respublikamizda quyidagi soliqlar –foyda solig’i, daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qilmoqda. Soliqlardan tashqari majburiy to’lovlar – ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (yagona ijtimoiy to’lov, Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari va majburiy ajratmalar), Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar (majburiy ajratmalar va yig’imlar), davlat boji, bojxona to’lovlari, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar ham amal qiladi.Jamiyat rivojlana boshlagan sari soliq tizimi ham rivojlanib, takomillashtirilib boriladi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining muhim strategik yo’nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari sifatida belgilab olindi. Hozirgi kunda respublikamizda mavjud yuridik shaxslarning faqatgina 3 foizi qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydigan tadbirkorlar hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, qo’shimcha qiymat solig’ining iqtisodiyotdagi ko’rsatkichi qisqartirilishiga, ishlab chiqaruvchidan tortib sotib oluvchigacha bo’lgan uzviylik yo’qolishiga olib kelayotgan edi. Chunki qolgan 97 fozi yuridik shaxslar, tadbirkorlar, biznes vakillari yagona soliq tizimiga o’tib ketgandi. Agar bunga iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak, bu yalpi ichki https://scientific-jl.org/obr 1 2 8 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 mahsulotning ham qisqargan holda ko’rsatilishiga va soliq to’lanadigan bazaning kamayishiga olib keladi. 2021-yil uchun soliq imtiyozlari summasi 42,1 trln soʻmni, jumladan, Soliq kodeksiga muvofiq 33 trln soʻmni (78,4%) tashkil etdi. Soliq imtiyozlarining umumiy hajmida QQS ulushiga 35,7 trln soʻm, shu jumladan QQS boʻyicha nol darajali stavka (eksport, хalqaro tashishlar, qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish) - 15,3 trln soʻm toʻgʻri keladi. Soliq kodeksiga muvofiq QQS boʻyicha imtiyozlarni tijorat banklari moliyaviy хizmatlar boʻyicha, sugʻurta tashkilotlari - sugʻurta хizmatlari boʻyicha qoʻllaydi. 2021 yilda mazkur institutlarga berilgan imtiyozlar summasi 9,1 trln soʻmni tashkil etdi. Quyidagilar taklif etilmoqda: - tovarlarni (ishlarni) eksport qilishda taqdim etiladigan imtiyozlarni imtiyozlar roʻyхatidan chiqarib tashlash. Ya’ni, bu istisnolar saqlanib qoladi va imtiyozlar hisoblanmaydi; - qonuniylashtirish - imtiyozlar hukumat qarorlari bilan faqat foyda soligʻi va bojхona boji boʻyicha va faqat tegishli stavkalarni kamaytirish boʻyicha berilishi mumkin. O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligi o‘zining budjetnomasida 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan soliq va bojxona siyosatining asosiy yo‘nalishlarini taqdim qildi. 2024-yil uchun daromad solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), ijtimoiy soliq (budjet t
Доказательный фрагмент
«In today's article, we will learn about the implementation of tax reforms in Uzbekistan, changes and results in the tax system, types of taxes, their amounts, and their application to individuals and legal entities.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn today's article, we will learn about the implementation of tax reforms in Uzbekistan, changes and results in the tax system, types of taxes, their amounts, and their application to individuals and legal entities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tax benefits, tax concept, tax system, individuals and legal entities, jismoniy va yuridik shaxslar, pensiya jamg’armasi, sug’urta badallar., soliq konsepsiyasi, soliq imtiyozlari, soliq tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025