К содержанию
РецензированоEN2025

NUTQ FAOLIYATI TURLARINI O'RGATISH

Ilmiy rahbar: Qodirova Nargiza (Andijon davlat chet tillari instituti)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article examines the importance and methods of teaching speech activity types. It emphasizes the necessity of learning speech activities such as listening, reading, writing, and speaking in the language learning process. Each type of activity is analyzed individually, and the article demonstrates the benefits of using modern methods and technologies, including communicative approaches, interactive methods, and online tools to teach them effectively. The importance of considering cultural differences in improving students' language learning skills is also discussed. Effective teaching of speech activities plays a crucial role in mastering the language and developing students' skills to use the language in practice. Keywords: Types of speech activities, listening, reading, writing, speaking, language learning, communicative approach, interactive methods, modern technologies, cultural differences. Nutq faoliyati turlarini o‘rgatish til o‘rgatish jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki tilni faqat grammatika yoki leksika nuqtai nazaridan o‘rganish yetarli emas. Nutq faoliyati turlari – bu tilni to‘liq o‘zlashtirishda zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Nutq faoliyati turlariga eshitish, o‘qish, yozish va suhbatlashish kiradi, har bir turi til o‘rganish jarayonida o‘ziga xos ahamiyatga ega. https://scientific-jl.org/obr 1 3 4 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Eshitish – til o‘rganishning boshlang‘ich bosqichlarida juda muhimdir. Talabalar eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali yangi so‘zlar, iboralar, grammatik tuzilmalar va talaffuzni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganadilar. Esitish jarayonida talabalar tilning tabiiy tovushlarini eshitishadi va o‘zlariga yangi grammatik va leksik strukturalarni eshitish orqali to‘g‘ri aniqlashni o‘rganadilar. Esitish mashqlari, asosan, turli audio materiallar, suhbatlar, intervyular va boshqa nutq shakllarini tinglashni o‘z ichiga oladi. Bular tilni amaliyotda ishlatish imkoniyatini beradi va tilni to‘g‘ri anglashda yordam beradi. O‘qish esa tilni o‘zlashtirishda eng muhim faoliyatlardan biridir. O‘qish orqali talaba matnni tushunib, grammatik va leksik ko‘nikmalarini takomillashtiradi. O‘qish, shuningdek, talaffuzni yaxshilash, yangi so‘zlarni o‘rganish va matnning umumiy mazmunini anglash imkoniyatini yaratadi. O‘qish jarayonida talaba tilda qanday qilib fikrlar aniq va ravon ifodalanganini ko‘rishi, til strukturalarini o‘rganishi, shuningdek, badiiy, ilmiy yoki jurnalistik matnlardagi uslubiy farqlarni tushunishi mumkin. O‘qish o‘rganishning birinchi bosqichlarida talabalarga asosiy grammatika va so‘z boyligini o‘rganishga yordam beradi. Yozish ko‘nikmasi tilni o‘rganishda samarali vosita hisoblanadi, chunki yozish jarayonida talaba fikrlarni aniq va ravon tarzda ifodalashga, to‘g‘ri grammatika va stilistik qoidalarni qo‘llashga o‘rgatiladi. Yozishning ahamiyati shundaki, bu faoliyat o‘rganuvchining tilni yaxshilab o‘zlashtirishi uchun ularning ijodiy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Yozish orqali talabalar matnlarni yaratish, yangi iboralarni o‘rganish va tilda aniq va to‘g‘ri ifodalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Yozish mashqlarida muhim jihatlardan biri – talabaning imlo, tinish belgilari va grammatikani to‘g‘ri qo‘llashga e'tibor qaratishdir. Suhbatlashish, bu til o‘rganishning eng amaliy jihatlaridan biridir. O‘rganuvchi tilni muloqotda ishlatish orqali o‘z fikrlarini aniq, to‘g‘ri va tez ifodalashni o‘rganadi. Suhbatlashish jarayonida talabalar real vaziyatlarda tilni qo‘llashni o‘rganadilar. Bu, https://scientific-jl.org/obr 1 3 5 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 ayniqsa, xalqaro yoki ko‘p tilli muloqotlarda juda muhimdir. Suhbatlashish mashqlarida tilni muloqotda qo‘llash, intonatsiya va talaffuzni to‘g‘ri ifodalash talab etiladi. Suhbatlashish orqali talabalar, shuningdek, o‘z nutqini rivojlantirishda va boshqa til o‘rganuvchilar bilan tezkor muloqot qilishda yordam beradi. Nutq faoliyati turlarini o‘rgatishda zamonaviy metodlar va usullarni qo‘llash muhimdir. Kommunikativ yondashuv til o‘rganishda samarali metodlardan biridir. Ushbu yondashuv o‘rganilayotgan tilni real hayotdagi muloqot vaziyatlariga nisbatan qo‘llashni maqsad qiladi. Kommunikativ yondashuv orqali talabalar, tilni real vaziyatlarda ishlatishni o‘rganadilar va o‘z fikrlarini aniq, lo‘nda va samarali tarzda ifodalashadi. Interfaol metodlar, masalan, rolli o‘yinlar, guruhli ishlash va boshqa metodlar, talabalarning nutq faoliyatini rivojlantirishda samarali qo‘llaniladi. Bu metodlar talabalarni faol ishtirok etishga undaydi va ular tilni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar. Bundan tashqari, texnologiyalardan foydalanish ham nutq faoliyatini o‘rgatishda muhim rol o‘ynaydi. Audio va video materiallari, onlayn mashqlar va til o‘rganish ilovalari talabalar uchun tilni o‘rganishni yanada samarali va qiziqarli qiladi. Bunday vositalar ta

Доказательный фрагмент

«This article examines the importance and methods of teaching speech activity types.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the importance and methods of teaching speech activity types. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Types of speech activities, listening, reading, writing, speaking, til o‘rganish, suhbatlashish, eshitish, o‘qish, Nutq faoliyati turlari, kommunikativ yondashuv. interfaol metodlar, madaniy tafovutlar, zamonaviy texnologiyalar, yozish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники