Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NUTQ FAOLIYATI TURLARINI O’RGANISH
Ilmiy rahbar: Qodirova Nargiza
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается понятие речевой деятельности, её психологические и социальные основы, а также основные виды: говорение, слушание, чтение и письмо. Подробно анализируется каждая форма речевой деятельности, освещается их взаимосвязь и значение в процессе обучения языку. Также рассматривается роль речевой деятельности в лингвистике, психологии и педагогике. Ключевые слова: Речь, речевая деятельность, говорение, слушание, чтение, письмо, лингвистика, психология, коммуникация, общение. Annotation: This article explores the concept of speech activity, its psychological and social foundations, and its main types: speaking, listening, reading, and writing. Each form of speech activity is thoroughly analyzed, with emphasis on their https://scientific-jl.org/obr 1 4 7 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 interconnection and role in language learning. The study also highlights the importance of speech activity in linguistics, psychology, and pedagogy. Keywords: Speech, speech activity, speaking, listening, reading, writing, linguistics, psychology, communication, interaction. Nutq — insonning ijtimoiy-tarixiy faoliyati natijasida vujudga kelgan til vositalari orqali fikrini bayon etish jarayonidir. Nutq faoliyati esa insonning fikrlash va muloqot jarayonida tilni qo‘llashidir. Bu faoliyat til bilimiga asoslangan holda ro‘y beradi va inson tafakkuri, hissiyotlari, ijtimoiy mavqei bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Nutq faoliyati turlarini o‘rganish tilshunoslik, psixologiya, pedagogika va kommunikatsiya sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq faoliyati inson tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lib, u tildan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Til – bu fikrni ifodalash vositasi bo‘lsa, nutq – bu til vositalarining bevosita qo‘llanilishidir. Nutq faoliyati og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Nutq jarayonida inson fikrini ifodalash, tushunish, baholash va javob qaytarish kabi psixik funksiyalarni bajargan bo‘ladi. Nutq faoliyati ikki asosiy yo‘nalishda yuzaga chiqadi: ekspressiv (fikrni ifodalovchi) va impressiv (boshqalar nutqini tushunishga qaratilgan) faoliyat. Har bir nutqiy faoliyatda ma’naviy-ruhiy, psixologik va madaniy omillar faol ishtirok etadi. Nutq faoliyatining asosiy turlari to‘rtga bo‘linadi: gapirish, eshitish, o’qish, yozish Gapirish – insonning og‘zaki ravishda fikrini bayon etish jarayonidir. Bu faoliyat davomida inson o‘zida mavjud bo‘lgan bilim, axborot va mulohazalarni boshqalarga yetkazadi. Gapirish faqat til bilimini emas, balki ijtimoiy-madaniy kompetensiyani ham talab etadi. Gapirish ikki shaklda namoyon bo‘ladi: Monologik nutq – bir inson tomonidan uzluksiz ravishda ifodalangan nutq (leksiya, ma’ruza, bayon). Dialogik nutq – ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokidagi suhbat tarzidagi nutq (savol-javob, suhbat, munozara). https://scientific-jl.org/obr 1 4 8 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Monologik nutqda rejalilik, izchillik va mantiqiy bog‘liqlik kuchli bo‘lsa, dialogik nutqda esa tabiiylik, ekspromtlik va vaziyatga moslashuv muhim o‘rinni egallaydi. Eshitish – bu boshqalar tomonidan ifoda etilgan nutqni qabul qilish va tushunish faoliyatidir. Bu jarayon faol aqliy jarayon bo‘lib, e’tibor, xotira, diqqat va tajribaga tayanadi. Eshitish orqali inson boshqa odamlarning fikrini anglaydi, munosabat bildiradi va muloqotni davom ettiradi. Eshitish faoliyati ham ikki yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: Faol eshitish – suhbatdoshning fikrini tushunishga, unga munosabat bildirishga yo‘naltirilgan eshitish jarayoni. Passiv eshitish – e’tiborsizlik, qiziqishning yetishmasligi natijasida yuzaga kelgan, samarasiz eshitish shakli. Faol eshitish kommunikatsiyaning eng muhim bosqichidir, chunki u faqat tinglash emas, balki tushunish va tahlil qilishni ham o‘z ichiga oladi. O‘qish – yozma nutqni ko‘z orqali qabul qilish va tushunish jarayonidir. O‘qish orqali inson yozma matnni anglaydi, mazmunini tushunadi, fikr yuritadi. O‘qish faoliyatida quyidagi komponentlar ishtirok etadi: Grafemalarni tanib olish So‘z, gap va matnni anglash Fikrni tahlil qilish Baholash va xulosa chiqarish O‘qish faqat bilim olish vositasi emas, balki shaxsiy rivojlanish, estetik zavq olish va madaniy yuksalish vositasi hamdir. https://scientific-jl.org/obr 1 4 9 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Yozish – fikrni yozma shaklda ifodalash faoliyatidir. Yozish nutqi yozuv vositalari orqali amalga oshadi va bu faoliyat ko‘plab psixologik, lingvistik hamda mantiqiy qobiliyatlarni talab qiladi. Yozma nutqni yaratishda inson maqsadni belgilaydi, reja tuzadi, matnni tuzadi, tahrir qiladi, yakuniy variantni ifodalaydi. Yozma nutq rasmiy, adabiy, ilmiy, badiiy yoki kundalik bo‘lishi mumkin. Har bir janr o‘ziga xos stilistik va mantiqiy qurilmani talab qiladi. Nutq faoliyati turlari o‘zaro chambarchas bog‘liq. Masalan, gapirish faoliyati eshitish bilan
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается понятие речевой деятельности, её психологические и социальные основы, а также основные виды: говорение, слушание, чтение и письмо.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается понятие речевой деятельности, её психологические и социальные основы, а также основные виды: говорение, слушание, чтение и письмо. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Speech, speech activity, speaking, listening, reading, writing, nutq faoliyati, tilshunoslik, kommunikatsiya, gapirish, psixologiya, muloqot., eshitish, o‘qish, Nutq, yozish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014