К содержанию
РецензированоUZ2022

1HAKAMLIK SUDLARINING VA IQTISODIY SUDLARNING IQTISODIY ISHLARNI KO’RIB CHIQISHDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

Xursanov Furqat Alisher o’g’li · Allayorova Muattar Choriyorovna · Часть–_ Мая –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2022

Аннотация

Hakamlik sudlarining iqtisodiy ishlarni ko’rib chiqishdagi o’ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy va hakamlik sudlarining ishni ko’rishdagi o’xshash va farqli jihatlari, hakamlik sudlarini yanada rivojlantirish bo’yicha takliflar. Kalit so’zlar: hakamlik sudi, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi hakamlik sudlari, hakamlik bitimi, hakamlik muhokamasi, hakamlik sudlari prinsiplari, iqtisodiy sudlar prinsiplari, hakamlik sudlari hal etadigan nizolar, iqtisodiy nizolar, hakamlik sudyalari, hakamlik sudi va iqtisodiy sud xarajatlari, hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish, davlat boji, yig’im, gonorar Hakamlik sudlari asosan, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda muhim rol o’ynaydi. Bu sudning qiladigan ishlari bir tomondan iqtisodiy sudga o’xshab ketsada, ba’zi bir jihatlari va tomonlari bilan tubdan farq qiladi. Hakamlik sudlarining iqtisodiy sudlardan birinchi o’rinda o’xshash jihati sifatida ikkala sud ham iqtisodiy 1 Iqtisodiy protsessual huquq darslik 2022-yil – 416-bet https://scientific-jl.org/obr 1 5 9 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 munosabatlarga doir ishlarni ko’rishidir.Misol tariqasida tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq iqtisodiy nizolar ham hakamlik sudida, ham iqtisodiy sudda ko’riladi. Bir- biridan farq qiladigan tomoni shundaki bu ikkala sudning, iqtisodiy sud davlat organi sifatida gavdalanadi. Lekin hakamlik sudi nodavlat organdir. Hakamlik sudini tashkil etishda davlat bevosita ishtirok etmaydi. Aynan shuning uchun ham bu sud umumyurisdiksiya sudlaridan farq qiladi. Hakamlik sudi uchun alohida qonun qabul qilingan va bu qonun “Hakamlik sudlari to’g’risidagi” qonun hisoblanadi. Bu qonun asosan hakamlik sudlarini tashkil etish va uning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tashkil etadi. Bu sudlardagi ishni ko’rish bilan bog’liq jarayonlarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiy sudlar tashkil etilishi bilanoq, ular domiy faoliyat asosida ish olib boradi. Iqtisodiy sudlarning faoliyati muayyan muddat bilan cheklab qo’yilmagan. Lekin, hakamlik sudlarining faoliyati muayyan muddat bilan cheklab qo’yilishi mumkin.2 . Masalan, muvaqqat hakamlik sudi o’z faoliyatini bajarib bo’lgach, tugatiladi, hakamlik bitimi taraflari o’rtasida nizo kelib chiqadi va buni hal etish uchun ular tomonidan bu sud tashkil etiladi va nizo ko’rib chiqilgandan keyin muvaqqat hakamlik sudi tugaydi. Iqtisodiy sudlarda esa bunday jarayon yo’q. Iqtisodiy sudlar bitta nizoni ko’rib chiqqach, o’z faoliyatini tugatmaydi, o’z faoliyatini davom ettiraveradi. Lekin, iqtisodiy sudlarga o’xshab, hakamlik sudida ham o’z faoliyatini doimiy ravishda amalga oshiradigan doimiy hakamlik sudlari ham mavjud. Doimiy hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan tashkil etiladi. Iqtisodiy sudlar esa davlat tomonidan tashkil etiladi va uning budjetidan moliyalashtirib boriladi. Eng muhim jihati shundaki, iqtisodiy sudlar davlat organi hisoblansa, hakamlik sudi nodavlat organi bo’lib, yuridik shaxs hisoblanmaydi, farqli jihati ham shunda. Davlat hokimiyati organlari hakamlik sudini tashkil etishda umuman ishtirok etmaydi. Hakamlik bitimi tuzilayotganda ham yuridik va jismoniy shaxslar unda taraf bo’lib ishtirok etsa, davlat hokimiyat organlari ishtirok etmaydi, lekin bu organlar iqtisodiy sudda ishtirok etishlari mumkin. Iqtisodiy sudga yuridik va jismoniy shaxslar va davlat organlari da’vo arizalar va arizalar bilan murojaat qilishi iqtisodiy sudda ishni qo’zg’atish va ko’rib chiqishga asos bo’ladi, lekin 2 Iqtisodiy protsessual huquq darslik Toshkent TDYU, 2019- 524-bet https://scientific-jl.org/obr 1 6 0 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 hakamlik sudida ish yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bir-biri bilan hakamlik bitimi tuzadi va shunga muvofiq ish ko’rib chiqiladi. Iqtisodiy sudlarda esa bunday hakamlik bitimi tuzish talab etilmaydi. Yuridik va jismoniy shaxslar ishni hakamlik sudida ko’rish uchun o’zaro kelishuv asosida ushbu hujjatni tuzadilar. Hakamlik sudida ishni ko’rish bilan bog’liq jarayon hakamlik muhokamasi deb nomlansa, iqtisodiy sudlardan bu jarayon “sud muhokamasi, muzokarasi” deb nomlanadi. Hakamlik muhokamasi jarayonida taraflar da’vogarlar va javobgarlar bo’lsa, iqtisodiy sudlarda ham xuddi shunday deb nomlanadi, lekin iqtisodiy sudlarda ba’zi ishlar alohida tartibda yuritilganda, taraflar arizachi va javobgar sifatida ishtirok etadi. Hakamlik sudi va iqtisodiy sudlarda ishtirok etadigan taraflar bo’yicha birmuncha o’xshashlik bor. Iqtisodiy sudlarda nizoni tartibga solish, unga murojaat qilish, sudyalarni saylash va tayinlash, sudning tartib- taomillarini “Sudlar to’g’risidagi’ qonun va Iqtisodiy- protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi ko’proq. Hakamlik sudlarida esa “Hakamlik muhokamasi qoidalari” muhim o’rin tutadi. . Hakamlik sudyasini saylash va tayinlashda ham iqtisodiy sudlarga nisbatan juda katta farq qiladigan tomoni shundaki,hakamlik sudyasi hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylanishi yoki t

Доказательный фрагмент

«Hakamlik sudlarining iqtisodiy ishlarni ko’rib chiqishdagi o’ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy va hakamlik sudlarining ishni ko’rishdagi o’xshash va farqli jihatlari, hakamlik sudlarini yanada rivojlantirish bo’yicha…»

Образец извлечения

Демо-превью

Hakamlik sudlarining iqtisodiy ishlarni ko’rib chiqishdagi o’ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy va hakamlik sudlarining ishni ko’rishdagi o’xshash va farqli jihatlari, hakamlik sudlarini yanada rivojlantirish bo’yicha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy sudlar prinsiplari, hakamlik sudyalari, hakamlik sudlari hal etadigan nizolar, hakamlik sudlari prinsiplari, iqtisodiy nizolar, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi hakamlik sudlari, hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish, hakamlik muhokamasi, davlat boji, gonorar, hakamlik bitimi, yig’im, hakamlik sudi, hakamlik sudi va iqtisodiy sud xarajatlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники