К содержанию
РецензированоUZ2025

SUN’IY OQSIL OZUQA MODDALARINING ISHLAB CHIQARILISHI VA KELGUSIDAGI IMKONIYATLARI.

VA KELGUSIDAGI IMKONIYATLARI. · Abdumannonova Sevinch Sherzod qizi · Ilmiy rahbar. Kiyamova Dilfuza Shrifovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 151 · 2025

Аннотация

Oqsillar inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan asosiy ozuqa moddalaridan biri bo‘lib, ularning biologik rolini hech bir ozuqa modda to‘ldira olmaydi. Biroq, dunyoda aholi sonining ortishi va atrof-muhitga bo‘lgan ta’sir tufayli oqsil manbalarining ishlab chiqarilishi va ulardan foydalanish o‘zgacha yechimlarni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan sun’iy oqsil ishlab chiqarish texnologiyasi oziq- ovqat sanoatida katta qiziqish uyg‘otmoqda va u kelajakda an’anaviy oqsil manbalariga o‘z o‘rnini topishi mumkin. Kalitli so’zlar: Sun’iy oqsil, fermentatsiya, biomuhandislik, genetik, modifikatsiya. Kirish: Sun’iy oqsil ishlab chiqarish – texnologik rivojlanish asosida sintetik yoki fermentativ usullar yordamida ozuqaviy oqsil moddasini ishlab chiqarishni anglatadi. Bu turdagi oqsil, asosan, qishloq xo’jaligiga yukni kamaytirish, oziq-ovqat yetishmovchiligini kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida rivojlantirilmoqda Maqsad: Sun’iy oqsillar ishlab chiqarish ko’pincha yuqori darajadagi energiya talab qiladi, bu esa ko’mir yoki boshqa energiya manbalaridan foydalanishni o’rganish. Shu bilan birga, ba’zi laboratoriya sharoitida ishlab chiqariladigan sun’iy oqsillar ishlab chiqarish jarayonida ko’plab chiqindilar hosil qiladi. Bu chiqindilardan foydali mahsulotlar olish . https://scientific-jl.org/obr 1 6 6 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Laboratoriya tajribasi va natijasi: Tabbiy oqsilli ozuqalar – o’simliklar va hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan, tarkibida protein koʻp boʻlgan yem-xashak. Koʻpchilik mollar uchun yem-xashak ozuqalar — koʻkoʻt, pichan, don va don chiqitlari, kunjara va boshqa proteinning asosiy manbai hisoblanadi. Koʻk ozuqalar orasida yosh dukkakli oʻsimliklar oʻtida xom protein, ayniqsa, koʻp. Mas, bedaning 1 ozuqa birli-gida 200 g, xashaki dukkakli usimliklarning 1 ozuqa birligida 320 g gacha xom protein bor. Shuningdek, ularning sifati qam gʻoyat yuqori boʻlib, tez hazm boʻlishiga yordam beradigan suvda eruvchi va tuzda eruvchi oqsillar, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar koʻp. Shuningdek, dukkakli ekinlar doni ham proteinga boy: noʻxat va vika 1 ozuqa birligi donida 200 g gacha, soyada 256 g gacha protein bor. Aminokislotalar tarkibi boʻyicha kunjara (1 ozuka birligida 270—340) va shrotlar (300— 370 g) proteinlari ham toʻla qimmatli yemish hisoblanadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan yemlarda protein miqdori koʻp va yuqori biologik qimmatga ega. Goʻsht unining 1 ozuqa birligida 570 g, baliq unining eng yaxshi navlarida 600 g dan ortiq, quruq qon kukuni 1 ozuqa birligida 550 g protein bor. Pivo, non va ozuqa achitqilari ham tarkibida oqsilning koʻpligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, achitqi hamirturush V guruhidagi vitaminlar va mikroelementlar manbaidir. -Sun’iy oqsillar ishlab chiqarish jarayoni murakkab va ko’pincha qimmat. Shu sababli, bu mahsulotlar bozorda tabiiy oqsillarga nisbatan yuqori narxga ega bo’lishi mumkin, bu esa ular ommaviy miqyosda arzon alternativ bo’la olmasligini anglatadi. Kichik iqtisodiyoti bo’lgan davlatlarda yoki rivojlanayotgan hududlarda bu texnologiya ommaviy qabul qilinishi uchun iqtisodiy jihatdan qiyinchilik tug’dirishi mumkin. -Ba’zi jamiyatlar yoki diniy e’tiqodlar sun’iy mahsulotlarni iste’mol qilishni qabul qilmasligi mumkin. Sun’iy oqsillarni iste’mol qilishning madaniy jihatdan qabul qilinishi ayrim mamlakatlarda qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Shuningdek, ayrim iste’molchilar sun’iy ravishda yaratilgan yoki genetik modifikatsiyalangan mahsulotlarga nisbatan shubha bilan qarashlari mumkin. https://scientific-jl.org/obr 1 6 7 Выпуск журнала №-69 Часть–1_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 -Sun’iy oqsillar tabiiy oqsillarda mavjud bo‘lgan barcha muhim aminokislotalar, vitaminlar va minerallar bilan to‘ldirilishi kerak. Texnologiyalar yordamida bu mahsulotlarning oziqaviy qiymati yaxshilanib, ularning to‘liq va muvozanatli oqsil manbai sifatida ishlatilishi mumkin. Yaxshi ozuqaviy tarkibga ega bo‘lish uchun, ishlab chiqaruvchilar sun’iy oqsillarga tabiiy vitaminlar, minerallar va boshqa muhim ozuqa moddalarini qo‘shishlari mumkin. -Ishlab chiqarish jarayonida qat’iy gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunga xomashyo tanlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish, sterilizatsiya va sifatni nazorat qilish kiradi. Ishchi xodimlar va mahsulot iste’molchilari uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish va standartlarni joriy qilish orqali, zararli ta’sirlarni kamaytirish mumkin. -Genetik modifikatsiyalangan sun’iy oqsillarni ishlab chiqarishda ehtiyotkorlik bilan ishlash lozim. Genetik modifikatsiyalar jarayonida inson salomatligi uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qat’iy sinov va sertifikatsiya talab qilinadi. Barcha kimyoviy moddalar va fermentlar aniq nazorat qilinishi va ular faqat sog’liq va xavfsizlik standartlariga javob bergan taqdirda qo‘llanilishi kerak. Masalan hozirgi kunda keng tarqalga

Доказательный фрагмент

«Oqsillar inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan asosiy ozuqa moddalaridan biri bo‘lib, ularning biologik rolini hech bir ozuqa modda to‘ldira olmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oqsillar inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan asosiy ozuqa moddalaridan biri bo‘lib, ularning biologik rolini hech bir ozuqa modda to‘ldira olmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modifikatsiya., genetik, Sun’iy oqsil, biomuhandislik, fermentatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники