Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ERTA TURMUSH QURISHNING SALBIY OQIBATLARI”
Mavlyanova Surayo Sultanaliyevna · Toshkent Amaliy Fanlar · Saidaxmedova Dilnoza
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada yoshlar orasida erta turmush qurishnig salbiy oqibatlari va uning oldini olish masalalari yoritib berilgan. Maqola davomida qizlarni oilaga tayyorlashning psixologik omillariga va ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tilgan. 18-25 yosh o‘sish va rivojlanish, o‘z-o‘zini kashf qilish, o‘qish va o‘rganish uchun eng munosib yosh hisoblanadi. Ammo ba’zi erta turmush qurgan qizlar 20 yoshda bola- chaqa, ro‘zg‘or tashvishlari bilan bo‘lib qolib, hayotlarining eng go‘zal davrini boy berishadi. Yoshlar uchun oila qurishning eng ideal davri 23-24 yosh hisoblanadi. Qizlar bu yoshda nima xohlashini yaxshi bilishadi, o‘zlarini xafa qildirib qo‘yishmaydi, qo‘llarida kasblari bo‘ladi va bu bilan o‘zlarini ta’minlay oladilar va eng asosiysi, ham ma’nan, ham jismonan tayyor bo‘ladilar. Kalit so’zlari: Balog’at davr, erta turmush, oila, kasallik, nikoh, turmush yoshi, Homila, qonun. Erta turmush qurgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari erta turmush qurishning asosiy sabablari ota-onaning maslahati yoki talabi (49,1%), qarindoshlarning maslahati yoki talabi hisoblanadi. Erta nikohlar ko‘p hollarda ota- onalarning xohishi va talabi bilan tuzilayotganligiga oid fikrni 49,8 foiz respondent qo‘llab-quvvatlagan. Ularning 17,2 foizi mazkur fikrga qarshi ovoz bergan. Respondentlarning 42,3 foiz ota-onalar farzandlarini turli nojo‘ya ta’sirlardan himoya qilish maqsadida ularni erta turmushga beradilar degan fikrga to‘liq qo‘shilgan, 33,7 foiz qisman qo‘shilgan va 16,3 foizi bu fikrga qo‘shilmasligini birdirgan. https://scientific-jl.org/obr 4 2 8 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi KQ-105-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni ijro etish holati o‘rganildi. O‘rganish natijalari mazkur sohada muayyan ishlar amalga oshirilganini ko‘rsatdi. JSSTning 2012-yil 65 sessiyasida „Oʻsmir yoshdagi homiladorlik va ularning salbiy oqibatlari“ toʻgʻrisida seminar oʻtkazildi. Erta turmush qurish muammolari koʻrib chiqildi. Unga koʻra jahonning rivojlangan va rivojlanib borayotgan davlatlar aholisining turmush darajasi, ularda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam, turmush qurishning yosh chegarasi belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur tashkilot tomonidan erta turmush qurish va uning salbiy oqibatlari haqidagi maʼlumotlar asosida ish olib borishadi.. Sh.Mirziyayevning 2023-yil, Namanganda bo’lib o’tgan seminarida qizlarni erta turmush qurush masalasini ham olib chiqqan. Ularning fikricha “Qizlarning maktabni tugatgach yana 3 yil tahsilni davom ettirishlari maqsadga muvofiqdir. U kasb-hunar kollejlarida o‘qib, kasb-hunar egallashlarini, shunda ular boshqa oilaga boshlarini baland ko‘tarib kirib borishlarini, 19-20 yoshda erta turmushga bermasliklarini “ aytib o’tganlar. Yangi qurilayotgan oilaning kelajagi ota-onalarning, shuningdek yoshlarning o'zini ham qiziqtiradi. Bunday ma'suliyatli damda yuzaga kelayotgan oila kelajagi qanday bo'lishini bilish uchun ota-onalar, bo'lg'usi kelin-kuyovlar quyidagi nikoh oldi omillariga e'tibor berishi lozim. Nikoh oldi omillari: oilaviy hayotga yetukligi, ularning oila qurish sabablari, ularning oila qurishgunga qadar bir-birini tanishlik muddati shart- sharoitlari, ularning bo'lg'usi hayot haqida tasavvurlarini kiritish mumkin. Mutaxassislar tomonidan qizlarning 16-18 yoshlarda ona bo‘lishi jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Ko‘p hollarda bunday yoshdagi qizlarning sog‘lom farzandni dunyoga keltirishida turli muammolar kelib chiqadi. Qizlarning jismonan va ruhan onalikka tayyor bo‘lmasdan oila qurishi https://scientific-jl.org/obr 4 2 9 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 ko‘pincha tug‘ruq jarayonida o‘lim xavfi ortishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, erta homiladorlik yosh ona hamda bo‘lajak farzand uchun har tomonlama xavflidir. Ba'zi insonlar Islom dini qizlarni barvaqt uzatishga chaqiradi, degan noto'g'ri tushunchada yuradilar. Bu – asossiz gap. Islomda hali balog'atga yetmagan, turmushga tayyor bo'lmagan o'smir qizlarni uzatish yoki nikohlash lozim, degan gap yo'q. Hatto balog'atga yetgan, jismoniy tarafdan turmushga tayyor yigit, agar oilani boqa olmasa, uning uylanishi shart emasligi aytiladi. Erta turmushning salbiy oqibatlari Psixologik rivojlanishning to‘xtashi: Yoshlarning o‘zini anglash va shaxsiy rivojlanish jarayoni kechikishi mumkin. Ta'lim va kasbga tayyorgarlikning cheklanishi: Erta turmush yoshlarning ta'lim olish va kasb egallash imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Sog‘liq muammolari: Erta tug‘ruq va reproduktiv salomatlikka ta'siri tufayli sog‘liq muammolari yuzaga kelishi mumkin. Oilaviy zo‘ravonlik xavfi: Erta turmushda oilaviy zo‘ravonlik holatlarini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yoshlar orasida erta turmush qurishnig salbiy oqibatlari va uning oldini olish masalalari yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yoshlar orasida erta turmush qurishnig salbiy oqibatlari va uning oldini olish masalalari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nikoh, Homila, kasallik, turmush yoshi, oila, Balog’at davr, erta turmush, qonun.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025