Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILIDA KO‘PLIK SHAKLINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Usmonova Odina Siddikovna · Akbarova Faridaxon Botirali qizi (Andijon davlat chet tillari instituti)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье анализируются грамматическая форма суффикса множественного числа в узбекском языке и его семантические особенности с примерами. Ключевые слова: Грамматическая форма, контекст, семантическая особенность, стилистическое значение, категория числа. Annotation: This article analyzes the grammatical form of the plural suffix in the Uzbek language and its semantic features with the help of examples. Key words: grammatical form, context, semantic feature, stylistic meaning, category of number. Ko‘plik shakli har qanday tabiiy tilda mavjud bo‘lgan asosiy grammatik kategoriyalardan biri bo‘lib, u o‘zbek tilida ham grammatik birlik sifatida muhim o‘rin egallaydi. Biroq ko‘plik shakli ba’zida grammatik ko‘plikni emas, boshqa ma’no tuslarini bildirishi bilan o‘rinlidir. O‘zbek tilida ko‘plik asosan -lar qo‘shimchasi orqali ifodalanadi va u grammatik jihatdan predmet yoki hodisaning sonini bildiradi. Ammo ko‘plik shaklining vazifasi faqatgina sonni ifodalash bilangina cheklanib qolmaydi. U https://scientific-jl.org/obr 3 3 7 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 turli kontekstlarda hurmat, noaniqlik, turlilik, umumlashtirish, emotsional yoki uslubiy ma’nolarni ham anglatadi, shuning uchun ham ko‘plik shakllarini tahlil qilish nafaqat grammatik jihatdan, balki semantik, pragmatik va stilistik nuqtayi nazardan ham muhimdir. O‘zbek tilida ko‘plik ma’nosinining ifodalanishiga doir tadqiqotlarda ot kategoriya talqini keng o‘rin egallaydi.1 Xususan, ko‘plikning -lar morfologik ko‘rsatkichi orqali ifodalanishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosiy qismni tashkil etadi. O‘zbek tilshunosligida ham son kategoriyasi tahliliga doir tadqiqotlarning aksariyati ko‘plikni ifodalash turlariga bag‘ishlangan. “O‘zbek tiliga nisbatan “faqat birlikda ishlatiluvchi otlar”, “faqat ko‘plikda ishlatiluvchi otlar” haqida emas, balki -lar affiksini oluvchi va -lar olmaydigan otlar haqida, bularning o‘z ichki ma’no guruhlanishi haqida gapirish ma’qul.2 -lar affiksining tarixiy kelib chiqishi va shakllanishi haqida turli qarashlar ham mavjud: “-lar affiksining boshqa barcha funksiyalarini son kategoriyasi doirasida izohlash ham o‘rinli emas. Son kategoriyasida beriladigan talqinlar orasidan -lar affiksining egalik va tuslovchi tarkibida qatnashuvini chiqarib tashlash lozim: bular son kategoriyasining shakli emas, balki -lar ko‘rsatkichining boshqa grammatik kategoriyalarning formalari tarkibida qatnashuvidir.3 Holbuki, o‘zbek tilida son turkumida grammatik (formal) son mavjud emas. Barcha sifatning grammatik songa daxli yoq. Ulardan ba’zisi (yolg‘iz, talay) lug‘aviy sonni anglatadi. A.G‘ulomovning “O‘zbek tilida ko’plik kategoriyasi” asarida -lar shakli ifodalaydigan ma’nolar mufassal tahlil qilinadi: «Ko‘plik formasiga kirgan ot bilan ifodalanadigan ma’nolar turlichadir. Bu turlilik, asosan, ko‘plikni qabul qiluvchi so‘zning leksik ma’nosiga qarab boladi, ba’zi o‘rinlarda uni kontekstgina aniqlaydi». Muallif -lar shakli ifodalaydigan ma’nolar quyidagi o‘n uch turdan iborat deb ko‘rsatadi: 1) predmet sonining ortiqligi: musofirlar, daraxtlar, yigitlar, mehmonlar. 1 G‘ulomov A. O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan, 1994. -56 b. 2 O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan, 1975. -126 b. 3 “O‘zbek tili grammatikasi”, 1975: 126-127 b. https://scientific-jl.org/obr 3 3 8 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 2) tur ma’nosi: suvlar, unlar, yog‘lar. 3) to‘dalarning ko‘pligi: xalqlar, ellar. 4) hurmat: dadamlar, oyimlar, opamlar, tog‘amlar. 5) mazax: O‘zlari kelibdilar-da? 6) ma’noni kuchaytirish: yuraklarim, uyqularim, tuyg‘ulari, sevinchlaring. 7) belgi ma’nosini aniqlashtirish: Tabiat go‘zalliklarini tomosha qildim. Tartibsizliklar kundan kunga ortib bormoqda. 8) umumlashtirish: Tiyonshon, Kazbek, Hindiqushlar buyuk tog‘dir. Botir, Aziz, Otabeklar bir bo‘lib dushmanga qarshi kurashdilar. 9) ish-harakatning uzoq davom etishi, yo takrori, «marta»: Qadam tashlashlar unga tanish edi. Bunday yelib-yugurishlar samarasiz ekanligini mana endi tushundi. 10) «yaqinlari» ma’nosi: bu choq -lar atoqli otlarga qo‘shilgan bo‘ladi: Ahmadlar, Malohatxonlar, Quvalar, Samarqandlar. 11) taxmin: o‘n-o‘n ikki yoshlardagi, yettilarda. 12) chegaralash: non (umuman) — nonlar (qism, shundan bir necha tur). 13) ko‘plikni ta’kidlash (ikki koplik): bizlar, sizlar, ular, ko‘p odamlar. Bu ma’nolar o‘z ichida bir necha ko‘rinishga ega. Bu ma’nolarning barchasini ham son kategoriyasi doirasiga kiritib bo‘lmaydi. Jumladan, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, to‘qqizinchi va o‘n birinchi tur ma’no «ko‘plik shakli»ning semantik mazmuni tarkibiga kirmaydi.4 A.G‘ulomov oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti uchun yozgan darsligida ham son kategoriyasini sof grammatik (formal, sintaktik) hodisa sifatida talqin qiladi.5 Bunda -lar, -(i)sh faqat ko‘plik, ularni olmagan shakl faqat birlik bildiradi deb hisoblab, ular sintaktik
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются грамматическая форма суффикса множественного числа в узбекском языке и его семантические особенности с примерами.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются грамматическая форма суффикса множественного числа в узбекском языке и его семантические особенности с примерами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grammatical form, context, semantic feature, stylistic meaning, uslubiy ma’no, grammatik shakl, kontekst, son kategoriyasi., semantik xususiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025