К содержанию
РецензированоUZ2025

BRONXIAL ASTMA KASALLIGIDA BEMORLARGA TAVSIYALAR VA HAMSHIRALIK PARVARISHI.

VA HAMSHIRALIK PARVARISHI. · Qulmurodova Farog‘at Axatovna · Ishmuratova Munavvar Qorjovovna · Часть–_ Мая –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada hozirgi vaqtda butun dunyoda ko‘p uchrayotgan bronxial astma kasalligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: surunkali obstruktiv bronxit, bronxial astma, Krushman spirallari, SHarko-Leyden kristallari, cho‘ntak ingalyatori, pikfloumetr. Bronxial astma kasalligida bemorlarga tavsiyalar va hamshiralik parvarishi. Nafas olish tizimi bilan bog‘liq kasalliklar unchalik xavfli ko‘rinmasada, aslida o‘lim xavfi juda yuqori kasalliklar guruhiga kiradi. Hozirgi paytda aholi orasida uchraydigan nafas a‘zolari kasalliklarining asosiy qismini bronxial astma, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va pnevmoniya tashkil kiladi. Masalan, dunyo statistikasi bo‘yicha bronxial astma kasalligi aholi orasida o‘rtacha 5 foiz hollarda uchraydi, bu ko‘rsatgich bolalar orasida yanada ko‘proq uchrab, o‘rtacha 10 foizni tashkil qiladi. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi dunyo bo‘yicha kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining asosiy sabablaridan biriga aylanib bormoqda. Bu o‘z o‘rnida iqtisodiy va ijtimoiy muoammolarni yuzaga keltiradi. Infeksion kasalliklar orasida o‘lim sabablari ko‘rsatkichi bo‘yicha pnevmoniya birinchi o‘rinni va umumiy o‘lim ko‘rsatkichi sabablari bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallaydi. https://scientific-jl.org/obr 3 6 1 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 O‘zbekiston keskin kontinental iqlim mintaqasiga kiradi. Ayniqsa, Orol fojiasi, so‘nggi yillardagi iqlimiy o‘zgarishlar mintaqa aholisining nafas olish organlari kasallanishlari darajasini oshirib yubordi. Yurtimizda aholi orasida kasallanishlar ko‘rsatkichi bo‘yicha nafas a‘zolari kasalliklari yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Nafas a‘zolari kasalliklari o‘lim sababi ko‘rsatkichi buyicha beshinchi o‘rinni, bolalar orasida esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. Nafas a’zolari kasalliklari orasida katta muammolarga sabab bo‘luvchi yana bir nechta kasalliklar bor. Bularga o‘pkaning interstitsial kasalliklari, mukovissidoz, nafas yetishmovchiligi, uyqu apnoe sindromi, o‘pka sili va yuqori nafas a‘zolari kasalliklari kiradi. Bronxial astma. Bronxial astma infektsion - allergik kasallik bo‘lib, bronxlar spazmi natijasida odamning nafasi qisib, bo’g’ilib qolishi, yo’tal, yopishqoq balg‘am ajralishi bilan xarakterlanadi. Sog’lom nafas yo’llari Bronxial astma Sabablari: 1.Noinfektsion omillar: uy changlari, hayvon va o‘simlik allergenlari, ovqat mahsulotlari, ba ‘zi dori-darmonlar, kimyoviy va toksik moddalar. https://scientific-jl.org/obr 3 6 2 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 2.Infektsion omillar: turli xil bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, gelmintlar, sodda hayvonlar kiradi. Juda ko‘p xollarda yuqori nafas yo ‘llari, bronx, o‘pka kasalliklari, irsiy omillar sabab bo‘ladi. Bronxial astma kelib chiqishida markaziy nerv sistemasining ahamiyati ham katta. Jismoniy va ruxiy zo‘riqish, sovuq havoda nafas olish, klimaks davri kasallik xurujiga olib keladi. Klinikasi. Kasallikni asosiy klinik belgisi nafas qisishi, yo‘tal,nafas olishning qiyinlashuvi,xansirash,tunda axvolning yomonlashishi,bo‘g‘ilish xurujidir. Bemorlar nafas chiqarishga qiynaladilar. Nafas olish shovqinli, xushtaksimon, masofadan ham eshitiladi. Kasallik xuruji tutib qolgan mahalda bemor qo‘llari bilan tizzalariga tayangan, yelkalari ko‘tarilgan, biroz oldinga chiqqan holda o‘tirib majburiy nafas ola boshlaydilar.O‘pka auskul‘tatsiyasida nafas chiqarishning cho‘zilganligi, juda ko‘p quruq hirillashlar eshitiladi. Perkussiya qilinganda quticha tovushi eshitiladi, o‘pka xarakatlari chegaralangan, pastki chegaralari kengayganligi aniqlanadi. Bu o‘pka emfizemasi deyiladi va yurak faoliyatini qiyinlashtiradi, pulsni tezlashishiga sabab bo’ladi. Xurujning avvalida balg‘am ajralmaydi, keyinchalik yo‘tal tutib shilimshiq yopishqoq balg‘am ko‘chadi. Balg‘am o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, unda ko‘p miqdorda eozinofillar, Krushman spirallari, SHarko-Leyden kristallari aniqlanadi. Umumiy qon taxlilida eozinofillar ortadi. EKG da 2- va 3 - standart ulashda R- tishcha yuqori bo’ladi. Bronxial astmaning uzoq vaqt tutib turishi astmatik holat yoki astmatik status deb ataladi. Xuruj oralig’ida bemorlar o’zlarini yaxshi his qiladilar, xirillashlar eshitilmaydi. Nafas olish a‘zolari kasalliklarida zamonaviy tekshiruv usullari: 1. Pikfloumetriya 2. Pulsoksimetriya 3. Spirometriya https://scientific-jl.org/obr 3 6 3 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 4.Rentgenografiya 5. Kompyuterli tomografiya 6. Bronxoskopiya 7. Bronxografiya 8. MRT 9. MSKT Pikfloumetriyani qo‘llash texnikasi ▪ O‘pka faoliyatini baholash, bronx va nafas yo‘llarining obstruksiyasini aniqlab, kasallik kechishini monitoring qilishga yordam beradi. ▪ Bronxlar obstruksiyasi darajasini aniqlash uchun ikkita usuldan foydalaniladi. Pikfloumetriya yordamida nafas chiqarishning eng yuqori tezligi (NChEYuT) aniqlansa, spirometriya yordamida bir soniyada chiqariluvchi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada hozirgi vaqtda butun dunyoda ko‘p uchrayotgan bronxial astma kasalligi to‘g‘risida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada hozirgi vaqtda butun dunyoda ko‘p uchrayotgan bronxial astma kasalligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
SHarko-Leyden kristallari, bronxial astma, Krushman spirallari, cho‘ntak ingalyatori, pikfloumetr., surunkali obstruktiv bronxit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники