К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARNING OVQATLANISH ODATLARI VA ULARNING RUHIY SALOMATLIKKA TA’SIRI

RUHIY SALOMATLIKKA TA’SIRI · Xaytbayeva Z.M.

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article examines the diet of students in Uzbekistan and its impact on mental health. The consumption of fast food, margarine, bread and bakery products, fruits and vegetables, salt, sugar, and water was studied. The findings indicate that unhealthy eating habits can contribute to depression, anxiety, stress, and cognitive decline. Fast food and trans fats may exacerbate mood swings, while excessive sugar intake can lead to irritability and depression. On the other hand, adequate hydration and vitamin-rich foods support cognitive function and help reduce stress levels. The article provides recommendations for students on maintaining a healthy diet. Key words: nutrition, mental health, fast food, depression, anxiety, stress, cognitive functions, trans fats, margarine, sugar, hydration https://scientific-jl.org/obr 1 6 8 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Dolzarbligi. Bugungi kunda ovqatlanish nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik uchun ham muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda 10,7 million kishi sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaydi, aholining 16,5 foizi tamaki mahsulotlarini, 4,7 foizi esa spirtli ichimliklarni iste’mol qiladi. 16 foiz odam kuniga tavsiya etilgan 400 grammdan kam meva va sabzavot iste’mol qiladi. Ushbu omillar nafaqat yurak- qon tomir kasalliklari, balki depressiya va xavotir kabi ruhiy buzilishlarning rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. 2023-yilgi tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda talabalar soni 1 milliondan oshgan bo‘lib, bu mamlakat aholisining 7 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Ko‘pchilik talabalar nosog‘lom ovqatlanish odatlariga ega bo‘lib, bu ularning diqqat-e’tibor darajasiga, o‘quv faoliyatiga va umumiy psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Fast fud va transyog‘lar kayfiyat o‘zgarishlariga olib kelishi, yuqori miqdorda shakar iste’moli esa asabiylashish va tushkunlikka sabab bo‘lishi aniqlangan. Yetarli miqdorda suv va vitaminlar iste’mol qilmaslik esa charchoq, diqqatni jamlay olmaslik va stress darajasining ortishiga olib keladi. Shu sababli, talabalarning ovqatlanish odatlari va ularning ruhiy salomatlik bilan bog‘liqligini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda talabalarning ovqatlanish xususiyatlari tahlil qilinib, psixik salomatlikka ta’siri o‘rganildi. Maqsad va vazifalar. 1. O‘zbekiston talabalari orasida sog‘lom va nosog‘lom mahsul otlar iste’molini o‘rganish. 2. Ovqatlanishning psixik salomatlikka ta’sirini tahlil qilish. 3. Talabalarga ovqatlanish odatlarining ruhiy holatga ta’siri ha qida tavsiyalar berish. Tekshirish obyekti va usullari. https://scientific-jl.org/obr 1 6 9 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Tadqiqot Toshkent shahri, Toshkent tibbiyot akademiyasi 8-TTJda istiqomat qilu vchi, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar talaba orasida o‘tkazildi. Elektron so ‘rovnoma natijalari asosida ovqatlanish odatlari va ularning psixik holat bilan bog‘liql igi tahlil qilindi. Natijalar. Tez tayyor bo‘luvchi ovqatlar, ya’ni fast fudlar, talabalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, ularning arzonligi va tez tayyorlanishi bilan ajralib turadi. Ushbu mahsulotlar tarkibida transyog‘, kraxmal va yuqori miqdordagi uglevodlar mavjud bo‘lib, ular nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik uchun ham xavf tug‘diradi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalar orasida fast fud iste’moli juda yuqori bo‘lib, 52% talaba muntazam ravishda bu mahsulotlarni iste’mol qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fast fud va yuqori kaloriyali mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish depressiya, stress va tashvish buzilishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Sababi, bunday ovqatlar organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini qo‘zg‘atadi va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yallig‘lanish markerlarini faollashtiradi. Bundan tashqari, fast fud mahsulotlari o‘z tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari va triptofan kabi ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi moddalarni kam miqdorda saqlaydi, bu esa serotonin darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Serotonin esa kayfiyat va hissiy barqarorlik uchun asosiy neyrotransmitterlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, fast fud iste’moli bilan Alsgeymer kasalligi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan. Amerika Ovqatlanish Kolleji jurnali (Journal of the American College of Nutrition)da chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, doimiy ravishda yog‘li va yuqori kaloriyali mahsulotlar iste’mol qilgan odamlarning kognitiv qobiliyatlari tezroq pasayadi. Bu esa xotira buzilishi, fikrlash qiyinlashuvi va qaror qabul qilish qobiliyatining yomonlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, fast fud iste’moli bilan bog‘liq glyukoza va insulin darajasining o‘zgarishi ham miyada neyrodegenerativ jarayonlarni tezlashtirib, demensiya xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, fast fud iste’moli uyqu sifatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Uning tarkibidagi yuqori miqdordagi natriy va https://scientific-jl.org/obr 1 7 0 Выпуск журнала №-69

Доказательный фрагмент

«This article examines the diet of students in Uzbekistan and its impact on mental health.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the diet of students in Uzbekistan and its impact on mental health. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nutrition, mental health, fast food, depression, anxiety, stress, margarin, kognitiv funksiyalar, Ovqatlanish, depressiya, transyog‘, ruhiy salomatlik, fast fud, gidratatsiya., xavotir, shakar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники