Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OVQATLANISH, RUHIY SALOMATLIK VA UZOQ UMR: OKINAVA DIETASI MISOLIDA
DIETASI MISOLIDA · Talaba Xaytbayeva Z.M. · Mirzayeva F.A.
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article explores the traditional diet of Japan’s Okinawa Prefecture, a region known for its high life expectancy, along with the unique Japanese concept of Hara Hachi – the principle of eating in moderation for longevity. It discusses the impact of antioxidants and essential nutrients in slowing down aging processes, as well as the link between nutrition and mental health. The core components of the Okinawa diet – omega-3 fatty acids, antioxidants, and plant-based foods – contribute to enhanced neuroplasticity, resilience to stress, and reduced risk of depression. The study provides a comparative analysis of life expectancy and psychological well-being in Japan and Uzbekistan based on dietary habits. The article also examines civilization-related diseases (diabetes, obesity, cardiovascular diseases) and their connection to stress and psychological strain. The https://scientific-jl.org/obr 4 0 0 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 effects of national dietary habits on psychological stability and brain function are analyzed. Furthermore, it is emphasized that moderate eating not only supports longevity but also reduces cognitive load on the brain, helping to prevent dementia, Alzheimer’s disease, and depressive disorders. Keywords: life expectancy, obesity, diabetes, Okinawa diet, antioxidants, Hara Hachi, hormesis, cognitive functions, stress, depression, psychological stability. Muammoning dolzarbligi Hozirgi davrda butun dunyo bo‘ylab uzoq va sog‘lom umr ko‘rishga asosiy to‘siq bu ortiqcha vazn, yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabet bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, zamonaviy jamiyatda stress, depressiya va kognitiv buzilishlar ham sog‘lom umr ko‘rishga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, noto‘g‘ri ovqatlanish nafaqat jismoniy kasalliklar, balki ruhiy salomatlik muammolari, jumladan, depressiya va xavotirning ortishiga ham sabab bo‘ladi. O‘zbekistonda vaziyat sezilarli darajada jiddiy: so‘nggi statistikalarga qaraganda, aholining yarmi ortiqcha vaznga ega, 20 foizi esa semizlikka duchor bo‘lgan [1]. Yurak ishemik kasalliklari natijasida o‘lim darajasi 43,19% ni tashkil etib, mamlakat dunyoda 3-o‘rinda turadi [2]. Bundan tashqari, qandli diabet ham keng tarqalgan bo‘lib, ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra uning tarqalish darajasi 9,1% gacha yetgan. Bunday kasalliklar ruhiy holatga ham jiddiy ta’sir o‘tkazib, stress, charchoq va depressiyani kuchaytiradi. Bunday muammolarning asosiy sabablari orasida o‘tirgan holatda ishlash, kamharakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish va surunkali stress kabilar tilga olinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori yog‘ va shakarli mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish miyada neyroinflamatsiyani keltirib chiqarib, depressiya va xavotir rivojlanish xavfini oshiradi.[3] https://scientific-jl.org/obr 4 0 1 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Uzoq yillardan beri eng ko‘p uzoq umr ko‘ruvchi aholi Yaponiya, xususan Okinava provinsiyasi aholisi hisoblanadi (83,8 yosh). Yaponiyada yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim darajasi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, aynan Okinavada bu daraja yanada pastligi kuzatilgan. Bunda nafaqat ularning jismoniy sog‘lig‘ini mustahkamlovchi ovqatlanish tarzi, balki ruhiy salomatlikni barqarorlashtiruvchi oziq- ovqat tarkibi ham muhim rol o‘ynaydi. Okinavaliklarning uzoq umr siri nimada? O‘zbekistonliklar ham ularning qaysi odatlarini qo‘llash orqali nafaqat umr ko‘rishni uzaytirish, balki depressiya, xavotir va stressdan himoyalanishi mumkin? Ular nimalarni qanday iste’mol qiladilar va bu ularning ruhiy salomatligiga qanday ta’sir qiladi? Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Okinava Yaponiya hukumatining kuniga 10 grammdan kam tuz iste'mol qilish tavsiyasiga rioya qilgan yagona yetakchi provinsiyadir. Tuz miqdorining kamaytirilishi esa arterial bosimni pasaytirish bilan birga, stress va asabiylashish darajasini ham kamaytirishga yordam beradi. Natijalar va tahlil Hozirda umr ko‘rish ko‘rsatgichi bo‘yicha O‘zbekiston 127-o‘rinda turadi, ya’ni ayollar uchun 74 yil, erkaklar uchun 69 yil, o‘rtacha esa 72 yilni tashkil etadi [4]. Ushbu ko‘rsatkichning past bo‘lishiga nafaqat jismoniy kasalliklar, balki ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar ham sabab bo‘lishi mumkin. 1-rasm. O‘zbekiston umr ko‘rish davomiyligi (yillar kesimida) [5] Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya dunyodagi umr ko‘rish davomiyligi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biridir. O‘rtacha yosh ko‘rsatkichlari erkaklar uchun 82 yil, ayollar uchun esa 88 yil. Bundan tashqari, u dunyodagi 100 yoshdan ortiq yashovchi kishilarning eng yuqori nisbatiga ega: har million kishidan 520 dan ortig‘i 100 yoshdan oshgan (2023-yil holatiga ko‘ra). https://scientific-jl.org/obr 4 0 2 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 2-rasm. Dunyo bo‘yicha eng uzoq umr ko‘ruvchi mamlakatlar statisti
Доказательный фрагмент
«This article explores the traditional diet of Japan’s Okinawa Prefecture, a region known for its high life expectancy, along with the unique Japanese concept of Hara Hachi – the principle of eating in moderation for l…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the traditional diet of Japan’s Okinawa Prefecture, a region known for its high life expectancy, along with the unique Japanese concept of Hara Hachi – the principle of eating in moderation for l… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- life expectancy, obesity, diabetes, Okinawa diet, antioxidants, Hara, ovqatlanish va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan., antioksidantlar va o‘simlik mahsulotlari – miyaning neyroplastikligini oshirish, stressga bardoshlilikni kuchaytirish va depressiya xavfini kamaytirish bilan bog‘liq. Shuningdek, Okinava dietasining asosiy komponentlari – omega-3 yog‘ kislotalari, Yaponiya va O‘zbekiston sharoitida umr kechirish davomiyligi qiyosiy tarzda o‘rganilib
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025