Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH RAHBARLARDA STRESSGA BARDOSHLILIKNI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI VA TEXNIKALARI
talabasi Axrorova Fayoza
Образование наука и инновационные идеи в мире · 1936
Аннотация
Maqolada boshqaruvda stress va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan usullar mohiyati ochib berilgan. Autogen mashqlarni olib borish va stressga bardoshlilik kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar asoslab berilgan. Tayanch sо‘zlar: stress darajasini optimallashtirish, psixo-emotsional stress korreksiyasi, stressni oldini olish, stressga qarshi usullar, stressni boshqarish, jismoniy stressni kamaytirish usullari, stressni biokimyoviy kamaytirish usullari, stressni kamaytirishning fiziologik usullari, psixologik stressni kamaytirish usullari. XX asr boshlarida, amerikalik fiziolog U. B. Kennon tashqi ta’sirlarga javoban tananing fiziologik doimiyligini saqlab qolish qobiliyati sifatida ta’riflanadigan ―gomeostazis‖ tushunchasini terminologiyaga kiritdi. Shu bilan birga sovet fiziologi I. P. Pavlov organizmning muhitga moslashuvining yaxlitligi va uzluksizligi haqida fikr bildirdi, tez orada uning gipotezasi eksperimental yо‘l bilan tasdiqlandi[9]. 1936 yilda fiziologlarning oldingi tadqiqotlari asosida umumiy moslashuv sindromi konsepsiyasini birinchi bо‘lib kanadalik fiziolog G. Selye ishlab chiqib, mashhurlikka erishadi, tez orada ―umumiy moslashuv sindromi‖ atamasi ―stress‖ bilan almashtiriladi [16].Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni kо‘rsatdiki, rahbarlarning kasbiy faoliyatida stressga bardoshlilikni о‘rganish bо‘yicha kо‘p tadqiqotlar tо‘plangan [5]. Lekin shu bilan birga kо‘p mualliflar ushbu psixologik hodisani о‘rganishda konseptual va metodologik asoslarning murakkabligi, nomuvofiqligi va kamligini qayd etadilar. https://scientific-jl.org/obr 1 3 0 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 R.Lazarus nazariyasiga kо‘ra, stress fiziologik va psixologik bо‘lishi mumkin, bunda fiziologik stress tananing gomeostatik jarayonlarida, psixologik stress esa shaxsning atrofmuhit bilan о‘zaro munosabatlarida ifodalanadi. Keyinchalik R.Lazarusning g‘oyalari asosida stress turlarini tushunishga zamonaviy yondashuvlar ishlab chiqildi, bu yondashuvlarda psixologik stress quyidagilarga bо‘linadi [14]: hissiy (emotsional) stress, axborot stressi, tashkiliy stress. Diqqatimiz stressning sо‘ngi turi – tashkiliy stressga kо‘proq qaratilgan. Shunday qilib, Milliy shimoli-g‘arbiy sug‘urta kompaniyasi tomonidan xodimlar о‘rtasida о‘tkazilgan sо‘rov natijalariga kо‘ra, ularning tо‘rtdan bir qismi hayotlarida stressning asosiy manbai deb ishni hisoblashlari kо‘rsatilgan, tо‘rtdan uch qismi esa ishdagi stress ta’sirining intensivligi yil sayin ortib borishini ta’kidlagan [15]. Holat nazoratining eng samarali vositasi – bu ruhiy holatni optimallashtirishning turli usullari va texnikalaridir. Hozirgi vaqtda psixoemotsional stressni korreksiyalashning kо‘plab usullari va texnikalari mavjud bо‘lib, asosiy masala bir tomondan, yosh rahbarlarning individual xususiyatlariga, boshqa tomondan, ma’lum bir sharoitda mavjud bо‘lgan shu yerda va shu damdagi real sharoitlarga mos keladiganlarni usul va texnikalarini tanlashdadir. Kо‘pgina yosh rahbarlar stressni kamaytirish texnikasi haqida bilimlarga ega bо‘lishlariga qaramasdan, о‘z hayotlarida stressni boshdan kechirishadi. Bilimlar past samaradorlik bilan tartibsiz qо‘llaniladi, harakatning mexanizmlari va tamoyillari tizimli va chuqur tarzda anglanilmaydi. Kasbiy stressga alohida e’tibor (ingl. – ―occupational stress‖) bir qator sabablarga ega, bu birinchi navbatda, aholining faol qismi orasida nogironlikka olib keladigan kasalliklar va stress etiologiyasi buzilishi sonining ortishidir [4], bundan tashqari, ―inson-inson‖ tizimi kasblari [15], xususan rahbarlar uchun xos bо‘lgan kasbiy zо‘riqish paydo bо‘ladi. Psixologiyada kasbiy stressning ta’riflaridan biriga kо‘ra, bu – insonning mehnat faoliyatidagi turli xil stressli vaziyatlarga ruhiy va jismoniy reaksiya shaklida ifodalangan turli xil fenomendir [30]. https://scientific-jl.org/obr 1 3 1 Выпуск журнала №-69 Часть–2_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Zamonaviy psixologiyada kо‘plab konsepsiyalar va kasbiy stressning mos modellari mavjud. Kasbiy stressning kо‘pgina konsepsiyalarining ishlanganlik darajasi stress reaksiyalarining rivojlanishida ishtirok etadigan vositachilik omillarini yoki shaxsiy fazilatlarni о‘rganish zaruriyati bilan bog‘liq. Asosiy modellar orasida J.R. Oldxem va J. Xakmanning mehnatning subyektiv tarkibiy qismlarining addiktiv modeli, K. Parkesning shaxsiy moderatorlar modeli, R. A. Karasekning mas’uliyat va nazoratning ikki omilli modeli, Y. Zigristning harakatlar va kuchlarning nomutanosiblik modeli va boshqalarni ajratib kо‘rsatish mumkin [1]. Shubhasiz, bu fenomenning kо‘plab konsepsiyalari va ta’riflari noaniqlik taassurotini va hatto ―stress‖ tushunchasining mazmunan xiralashishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, kasbiy stress mehnat faoliyatidagi qiyin vaziyatlarda inson hayotidagi о‘zgarishlar bilan bog‘liq faktlar va kuzatishlarni ifodalash uchun ―yorliq‖ vazifasini о‘tovchi psixo
Доказательный фрагмент
«Maqolada boshqaruvda stress va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan usullar mohiyati ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada boshqaruvda stress va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan usullar mohiyati ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik stressni kamaytirish usullari., stressni oldini olish, jismoniy stressni kamaytirish usullari, psixo-emotsional stress korreksiyasi, stressni biokimyoviy kamaytirish usullari, stress darajasini optimallashtirish, stressni kamaytirishning fiziologik usullari, stressga qarshi usullar, stressni boshqarish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025