Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM SHEVALARI LEKSIKASIDAGI ARXAIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI · Allaberganova Sevinchoy · Часть–_ Мая –
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tilning jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi, ijtimoiy- siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarning tilga, xususan, uning leksik qatlamiga ta’siri yoritilgan. Ayniqsa, shevalar tizimidagi arxaizmlar va istorizmlar til tarixini, xalqning turmush tarzini, madaniyatini o‘rganishda muhim manba ekanligi ta’kidlanadi. Xorazm o‘g‘uz lahjasida uchraydigan ayrim eskirgan so‘zlar misolida ularning semantik mazmuni, leksik va funksional xususiyatlari tahlil etiladi. Ushbu maqola shevalardagi arxaik birliklarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish zaruratini asoslaydi va bu borada olib borilayotgan davlat siyosati yoritiladi. Kalit so‘zlar: Til va jamiyat, arxaizm, istorizm, Xorazm shevalari, o‘zbek tili, dialektologiya, leksik qatlam, tildagi o‘zgarishlar, madaniy meros, lahja tadqiqoti. Til - ijtimoiy hodisa. Shu sababdan ham, ayni bir til oʻzining isteʼmolchilari boʻlgan jamiyat bilan mavjud va jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy, umuman, har qanday oʻzgarish tilda oʻz aksini topadi. Ayniqsa, bunday oʻzgarishlar tilning leksik qatlamida eng koʻp namoyon boʻladi: yangi soʻzlar isteʼmolga kiradi va ayrim soʻzlar eskirib, muomaladan chiqa boshlaydi. Bu holat nafaqat adabiy til uchun, balki shevalar uchun ham xos. Shu sababdan tilni o`rganish jarayonidagi asosiy bosqich shevalarni tadqiq qilishdir. Bugungi kunda Prezidentimiz SH. Mirziyoyev tomonidan yurtimizda til siyosatini takomillashtirishda va shevalarni o`rganishni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan bir qator hujjatlar imzolangan. Jumladan, yurtboshimizning “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi va “Mamlakatimizda o`zbek tilini https://scientific-jl.org/obr 1 3 3 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 yanada rivojlantirish va til siyoysatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonlari dialektologik tadqiqotlar salmog`ini yanada kengaytirishda, bu borada qilinayotgan ishlar sur’atini oshirishda asos vazifasini bajarmoqda. Shevalarni tadqiq qilish jarayonida har bir shevaning o`ziga xos jihatlari: leksik, semantik, fonetik va morfologik xususiyatlari namoyon bo`ladi. Shevalarni o`rganishda har bir qatlam alohida ahamiyatga ega. Biroq arxaizm va istorizmlar (qoʻllanilish davriga koʻra, eskirgan soʻzlar) bu jarayonda o`ta darajada sezilarli o`rin tutadi. Negaki ular tildagi so`zlarning qanday paydo bo`lganligi, kelib chiqishi, qanday ma’no anglatishidan tortib, xalqning madaniyati, moddiy holati, diniy va siyosiy jarayonlar haqida ma’lumot beruvchi eng muhim manbadir. Bu borada Xorazm shevalari O‘zbekistonning boy dialektal tizimlaridan biri bo`lib, o`ziga xos lug`aviy tarkib va semantik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Xorazm shevalaridagi ayrim eskirgan soʻzlarni tahlilga tortamiz. Arxaizmlar – tilda faol foydalanilmaydigan, tarixiy jarayonlar natijasida eskirgan yoki biror so`z bilan almashtirilgan leksik birliklardir. Maʼlumki, tildagi yangi soʻzlar hamisha ham yangi tushunchalarni anglatmaydi, aksincha, tilda mavjud biror tushunchaning yangi nomi sifatida muomalaga kirishi mumkin. Shundan soʻng, bu tildan foydalanuvchi jamiyat ayni tushuncha uchun qaysi soʻzni koʻproq maʼqul deb bilsa, yaʼni muloqotda koʻp foydalansa, shu soʻz tilda qoladi, boshqasi esa sekin-asta isteʼmoldan chiqib ketadi. Xorazm oʻgʻuz lahjalariga taalluqli arxaizmlar voha tarixi, tili, madaniyati, xalq hayoti, iqtisodiy, siyosiy, diniy vaziyatlar haqida to`liq ma’lumot olishga yordam beradi. Bu jihatdan ularni ham lingvistika, ham etnografiya, ham etimologiya sohasining muhim manbasi deb atay olamiz. Quyida Xorazm o`g`uz lahjalariga taalluqli bir nechta so`zlar izohini e’tiboringizga havola qilamiz. ⎯ Axtïxanā – molxona. Bu so`z Xorazmda qishda chorva mollari saqlanadigan, paxsadan yoki xom (pishgan) g`ishtdan qurilgan, bir yoki ikki xonali imoratga nisbatan qo`llangan. Ma’lumki, Xorazm ob-havosi juda quruq va yog`ingarchilik kam. Shu boisdan qishda havo qattiq sovuq, yozda esa juda issiq bo`ladi. Bunday paytlarda chorva mollarini ochiq havoda qoldirish xavfli https://scientific-jl.org/obr 1 3 4 Выпуск журнала №-69 Часть–3_ Мая –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 bo`lganligi sababli aholi ularni maxsus molxonalarda boqishgan. Ba’zan bunday joylarda kuzgi hosil: sabzavotlar, poliz ekinlari va hatto mevalar ham saqlangan (Güzäkdä kärtişkänï ziyadïnï axtïxanāğa gïrïzvädik, baharäçä heç özgärmäyän axïr). ⎯ Liku – likopcha. Ovqat tortiladigan idishlar qadimda ham hozirgi kabi katta-kichikligiga qarab turlicha nomlangan. “Liku” – bu hajm jihatdan badyä (adabiy tilda “lagan”) dan kichik bo`lgan, cheti biroz ko`tarilgan, tubi keng, yassi oshxona idishiga nisbatan ishlatilgan. Bu so`z Xorazmning ayrim hududlarida keksa avlod nutqida hali ham uchrab turadi, biroq juda kam. (Anavï boş likunï uzat maňa, etini saljaqman). ⎯ Käşkat – oʻroq. Dehqonlar va hunarmand ustalar nutqida qo`llangan bu so`z turl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilning jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi, ijtimoiy- siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarning tilga, xususan, uning leksik qatlamiga ta’siri yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilning jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi, ijtimoiy- siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarning tilga, xususan, uning leksik qatlamiga ta’siri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tildagi o‘zgarishlar, Xorazm shevalari, dialektologiya, lahja tadqiqoti., arxaizm, leksik qatlam, istorizm, Til va jamiyat, madaniy meros, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024